Ish
bosqichlari va vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
O‘qituvchi
|
Ta’lim oluvchi
|
1-O‘quv mashg`ulotiga kirish (5daq.)
|
Tashkiliy qism:
1. O‘quvchilarni mashg`ulotga tayyorgarligi va davomatini tekshiradi
|
Mashg‘ulotga
tayyorlanadilar
|
2-bosqich.
Asosiy
(65 daq.)
|
Tayanch bilimlarni faollashtirish:
1. Uyga berilgan vazifani nazorat qiladi hamda o`tilgan mavzu bo`yicha o‘quvchilarga savollar beradi, ularni baxolaydi.
Maqsad va vazifani belgilanishi:
1. Mashg`ulotning nomi, rejasi, maqsad va o`qitish natijalar bilan tanishtiradi. 2.Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar bilan tanishtiradi; 3. O‘quv mashg`ulotida o‘quv ishlarini baxolash mezoni va ko`rsatkichlari bilan tanishtiradi
Ta’lim oluvchilar bilimini faollashtirish:
1. Tezkor – so`rov, savol - javob, aqliy xujum, amaliy ish bajarish,“o`ylang va juftlik-da fikr almashing”, va boshqa texnikalar orqali bilimlarni faol-lashtiradi.
Yangi o‘quv materiali bayoni:
1. Amaliy mashg`ulotning rejasi va tuzilishiga muvofiq, o‘qitish jarayonini tashkil etish bo`yicha harakatlar tartibini bayon etadi. Asosiy xolatlarni yozdiradi;
2. Slaydlarni Power Point tartibida namoyish va sharxlash bilan mavzu bo`yicha asosiy nazariy xolatlarni bayon qiladi
Yangi o‘quv materialini mustaxkamlash:
1. Mustaxkamlash uchun amaliy ish taqdimoti bajariladi Jarayon kichik guruxlarda davom etishini ma’lum qiladi;
2. Kichik guruxlarga bo`ladi, kichik guruxda ishlash qoidasi bilan tanishtiradi xar bir guruxga topshiriq beradi va baxolash mezoni bilan tanishtiradi.Ishni bajarish yo`riqnomasini beradi;
3. Guruxlarda ishlarni boshlashga ruxsat beradi. Xar bir kichik gurux ishtirokchisi vazifani bajarish tartibini tushunganligini aniqlash maqsadida qaytar aloqa o‘tkazadi. Bajarish jarayonini kuzatadi, maslahatlar beradi.
4. Ishga ajratilgan vaqt tugaganini ma’lum qiladi, guruxlar taqdimotini tashkil etadi. Guruh a’zolariga diqqat bilan eshitish -larini va savollar berishlarini, shu bilan birga o`zaro bir-birlarini baxolashlarini eslatadi.Javoblarni to`ldiradi va qisqacha xulosalar qiladi;
5. Guruhlar ishini o`zaro baxolashni o`tkazadi, mavzuning xar bir qismi bo`yicha xulosalar qiladi, eng asosiylariga e’tibor qaratadi, berilayotgan ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi. Mavzuning kasbiy faoliyatlaridagi ahamiyati bilan bog`lab mavzuni yakunlaydi.
|
Uy vazifasini taqdim etadilar.
Savollarga javob
beradilar.
Mavzu nomi va rejasini yozib oladilar.
Diqqat qiladilar.
Savollarga javob beradilar.
Topshiriqni bajaradilar.
Kichik guruhlarga bo‘linadilar.
Kichik guruhda ishlash qoidasi bilan tanishadilar.
Xar bir gurux o`z topshiriq va ishlari bo`yicha faoliyatini
boshlaydi.
Xar bir guruh sardorlari chiqib o`z ishlarini taqdim qilishlarini aytadi.
Berilgan qo`shimcha savollarga javob beradilar.
Guruh ish natijalarini o`zaro baholaydilar.
Ma’lumotlarni daftarga qayd qiladilar
|
3-bosqich Yakuniy (10 daq.)
|
Mashg`ulot yakuni:
1. Barcha o‘quvchilarni amaliy bajargan ishlarini izoxlab baxolaydi va rag’batlantiradi.
Uyga vazifani berilishi:
Kelgusi mashg`ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan yuriqnoma beradi
|
Baxolari bilan tanishadilar.
Topshiriqni yozib oladilar
|
Fan o`qituvchisi: M.Abdullayeva
29-Mavzu: Ifodali o`qish - ijodiy faoliyat jarayonidir.
Reja
1. Ifodali o`qish va hikoyalash haqida tushuncha.
2. Ifodali o`qib berishning maqsad va vazifalari.
3. Diktsiya. Diktsiya haqida ma'lumot.
Tayach iboralar : Ifodali o`qish, nutq tеxnikasi
Bolalarni o’rtacha tempda gapirishga o’rgatish juda muhim. Buning uchun tarbiyachi quyidagi usullardan foydalanishi kerak.Ogohlantirish, masalan,men tushunmadim, senga nima beray, sekinroq ayt.Tarbiyachi she’r yoki hikoyalarni ifodali o’qib berishda nutq texnikasiga e’tibor berishi kerak. Hamma guruhlarda nutq tempini tarbiyalashda ashula asosiy vosita hisoblanadi. Tarbiyachi bolalarga she’r o’qib berishda uni ma’noli, mazmunli va harakatli qilib o’qib berishi zarur.Masalan:Ergash Yondoshning”Qo’g’ichoq” she’ri:
Erkatoyim qo’g’irchoq,
Sochi mayin qo’g’irchoq.
Sovg’a qilib to’yingga
O’lchab mitti bo’yingga.
Tikdim jajji ko’ylakcha,
Avvalgidan bo’lakcha
Tovlanadi xuddi zar,
Kiyib ol,ko’rishsin do’stlar.
She’ri harakatlar ko’rsatish bilan aytib beriladi.
Tarbiyachining ma’noli o’qishida taqlid qilish orqali bolalar badiiy asarlarning ritmini xis etish, ajratishga, ya’ni ertak ohangini,mashqni va boshqalarning ohangini his etishga o’rganadilar.
Tarbiyachi kichik guruhlarda badiiy asarlarni o’qib berishda o’yin usullaridan foydalanishi kerak.
Tarbiyachi bolalarga ifodali qilib she’r yoki ertaklarni aytishda bolalarga ba’zi hollarda baland gapirmaslik kerakligini tushuntiradilar. Tarbiyachi bolalarga yarim ovozda murojar etadi, masalan:” Mushuk va sichqon” harakatli o’yinida bolalarga yarim ovozda ushbu matn aytiladi: Sekin sichqonchalar,
Sekin sichqonchalar,
Mushuk bizning tomanimizda o’tiribdi.
Sichqon, sichqon, ehtiyot bo’l
Mushukka tutilma!
Bolalar badiiy adabiyoti keng tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirishga va bola shaxsini har jihatdan kamol toptirishga yordam beradi.Tarbiyachi bolalarni badiiy asarlar bilan tanishtirar ekan, u bolalarda quyidagi malakalarni shakllantiradi:
1.Badiiy asarlarni tinglash va tushunish.
2.Asarlardagi qaxramonlarning xatti harakatlarini baholash.
3.Insonlardagi ahloqiy sifatlar va nuqsonlarni tartibga solib berish.Tarbiyachi so’zlashganda to’g’ri nafas olish, uni to’g’ri chiqarishi nutqning jarangdor bo’lishiga yordam beradi.Nutq jarayonida to’g’ri nafas olish, chiqarishga yordam beruvchi quyidagi mashqlarni bajarib borishi zarur. Masalan nafas olish va chiqarish mashqi:Burun orqali qisqa havo olib, so’ng og’izdan chiqarish.
Diksiya deganda- sof, aniq, ravon, ravshan nutqni,tovush talaffuzini tushunamiz.Yaxshi diksiyani hosil qilish uchun artikulatsiya apparati azolarining harakatlarini takomillashtirish va mustahkamlash kerak.Nafas olish va chiqarishni rivojlantirish ustida ishlash:Nutq tovushlari hosil qilishning manbayi — bu o'pkadan chiqayotgan uzun havo oqimining kekirdak, hiqildoq, og'iz bo'shlig'i yoki burun bo'shlig'i orqali o'tishi hisoblanadi. Nafas nutq texnikasining muhim qismidir.Nafas ovoz va nutqni tinglovchiga yetkazish, ovoz kuchini tashkil etish vositasidir. Bolaning nafas olishi qancha yaxshi bo'Isa, ovozi ham, nutqi ham shu qadar jarangdor va kuchli bo'ladi. Chiniqqan va mashq qilingan nafas jumlalarni mantiqan yaxlit, o'zaro uzviy bog'liq holda talaffuz etishda muhim rol o'ynaydi. Nutq jarayonida nafas olish va chiqarish nutqsiz nafas olishdan farq qiladi. Nutqsiz nafas olishda havo oqimi burun orqali olinadi va chiqariladi. Nutqsiz nafas olishda burun orqali olinadigan va chiqariladigan havo oqimining davomiyligi bir xilda, ya'ni teng bo'ladi.Nutq jarayonida nafas og'iz orqali olinib, nafas olish tez bo'ladi, nafas chiqarish esa sekinlashadi. Nutqsiz nafasda nafas olishdan so'ng tez nafas chiqarilib, so'ng pauza qilinadi. Nutqiy nafasda esa nafas olishdan so'ng pauza qilinib, keyin bir tekisda nafas chiqariladi. Nutqda to'g'ri nafas olish va chiqarish to'g'ri tovush talaffuzini ta'minlaydi, kerakli bo'lgan nutq balandligini tutib turish uchun sharoit yaratadi, aniq pauzaga rioya qilishni, nutqning bir tekisda bo'lishini va uning intonasion ifodaliligini ta'minlaydi. Nutq jarayonida nafas olish va chiqarishning buzi- lishi sabablari bu organizmning umumiy kuchsizlanishidan (darmonsizlanishi), yurak-tomir kasalliklari va hokazolardir.
Bunday hollarda bolalar so'zlarni to'liq aytolmaydilar, oxirgi jumlalarni pichirlab talaffuz etadilar. Ba'zan bunday bolalar uzun jumlalarni nafas olish vaqtida tugallashga majbur bo'ladilar, buning natijasida nutq noaniq bo'ladi. Nafas chiqarishning qisqa bo'lishi bolalarni mantiqiy pauzalarga amal qilmasdan, shoshilib gapirishga majbur qiladi. Shuning uchun tarbiyachi oldida quyidagi vazifalar turadi: 1) maxsus o'yin mashqlaridan foydalanib, erkin, tekis, uzun havo oqimini hosil qilish; 2) tarbiyachi- pedagog nutqiga taqlid qilish orqali nafasdan to'g'ri, o'rinli foydalanishga (bir nafas chiqarishda uncha katta bo'lmagan jumlalarni aytishga)o’rgatish.
Kishilar bir-birlarini tushunishlari uchun ularning og’zaki nutqi bir xilda bo’lishi kerak. Ko’pincha bolalkar o’z nutqlarida mahalliy (sheva) so’zlarni ishlatadilar, urg’ularni noto’g’ri qo’llaydilar, oddiy so’zlashuvidagi(adabiy til qoidasiga kirmaydigan) so’zlardan foydalanadilar.Tarbiyachining asosiy vazifasi bolalarda ona tili orfoepiya qoidalariga mos madaniy talaffuzni takomillashtirishdan iboratdir.Artikulatsiya apparatini rivojlantirish:Nutq tovushlari og'iz bo'shlig'ida shakllanadi. Og'izning shakli va hajmi artikulatsiya a'zolari (lablar, til, pastki jag', yumshoq tanglay) harakatining holatiga bog'liq bo'ladi. Tovushlarni talaffuz etishda nutq a'zolarining to'g'ri holati va harakati artikulatsiya deb ataladi. Artikulatsiya apparati tuzilishining buzilishi (masalan, til yuganchasining kaltaligi, yuqorigi va pastki tishlarning bir- biriga jipslashmasligi, tanglayning haddan tashqari yuqori yoki past joylashganligi va hokazolar) tovush talaffuzining noto'g'ri shakllanishiga sabab bo'ladigan omillardan biridir. Biroq bolalar artikulatsiya apparati a'zolarining to'g'ri harakatlanishiga, eshituv diqqatining yaxshi rivojlanganligiga qaramay, tovush talaffuzida kamchiliklar mavjud bo'ladi. Bolada artikulatsiya apparati harakatining takomillashganligi (tilning kam harakatchanligi) ham tovushning noto'g'ri talaffuz etilishiga sabab bo'ladi. Shuning uchun tarbiyachi oldida quyidagi vazifalar turadi: I) tilning harakatchanligini rivojlantirish (tilni keng va tor qilish, keng tilni pastki tish orqasida ushlab turish, yuqorigi tishlar orqasiga ko'tarish, og'iz ichkarisiga, orqaga surish va hokazolar); 2) lablarning harakatini rivojlantirish (lablarni oldinga cho'za olishga, dumaloq holga keltirishga, jilmayish holatiga keltirish, pastki lab bilan yuqorigi oldingi tishlar oralig'ida tirqish hosil qilish; 3) pastki jag'ni ma'lum holatda ushlab turishni rivojlantirish.
Diksiya deganda- sof, aniq, ravon, ravshan nutqni,tovush talaffuzini tushunamiz.Yaxshi diksiyani hosil qilish uchun artikulatsiya apparati azolarining harakatlarini takomillashtirish va mustahkamlash kerak.
Intonatsiya — bu ovozning nutq, tovush doirasida va muayyan vaqt birligi davomida turlicha tovlanishidan iborat. Intonatsiya deganda, nutq tovushi tarkibidagi ohangdorlik va jilo tushuniladi. Intonatsiya chinakam emotsional holatning mahsuli bo'lib, u so'zlovchining xohishi, irodasi, niyati, intilishi, ruhiy kechinmasi kabi omillar bilan, ya'ni so'zlovchining jismoniy va ruhiy holati bilan bog'liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |