Namangan pedagogika kolleji



Download 1,48 Mb.
bet53/72
Sana22.03.2022
Hajmi1,48 Mb.
#505669
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   72
Bog'liq
Bolalar adabiyoti

Nazorat savollari:
1.A.S.Pushkin ijodini o’rganish?
2. Baliqchi ham baliq haqida ertak mazmunini tushuntiring?
3.Shoirning hayot yo’lini so’zlang?



Sana: _________________

« T a s d i q l a y m a n »

Guruh
















O`.I.B.D.o`rinbosari

Sana
















___________Sh.Mamadaliyev



22-Mavzu: A.S.Pushkin-mashhur rus ertakchisi.
O‘quv mashg`ulotining o`qitish texnologiyasi modeli



Vaqt: 80 daqiqa

Ta’lim oluvchilar soni______

O`quv mashg`uloti shakli va turi

Nazariy/Amaliy

O`quv mashg`uloti rejasi

1. A.S.Pushkin-mashhur rus ertakchisi.
2. Mashxur rus ertakchisi A.S.Pushkinning bolalar uchun yaratgan ertaklariniifodali o`qish va tahlil qilish.
3.Baliqchi ham baliq haqida ertak



O‘quv mashg`ulotining maqsadi: A.S.Pushkin haqida yangi bilim, ko`nikma va malaka berish.

O‘qitish natijasi

Ushbu mavzuni o`zlashtirish natijasida o‘quvchida shakllanadigan asosiy bilim, ko`nikma yoki kompetensiyalar

Pedagogik vazifalar
1. A.S.Pushkin haqida ma`lumot beradi;
2. A.S.Pushkin haqida tushuntiradi:
3. A.S.Pushkin mavzusini ochib beradi.

O‘quv faoliyat natijalari;
1. A.S.Pushkin haqida tushunchaga ega bo`ladilar.
2. A.S.Pushkin haqida biladdilar:
3. A.S.Pushkin farqi mazmunini bilib oladilar.

O‘qitish metodlari

Kichik axborotli ma’ruza, xikoya, tushuntirish, ko`rsatma berish, namoyish.Ko`rsatish, video usul, kitob bilan ishlash, insert, mashq, suxbat, baxs-munozara, aqliy xujum ,ta’limiy o`yinlar, BBB, Ven diogrammasi, va boshqalar (quyidagilardan maqsadga ko`ra tanlab olinadi).

O‘qitish vositalari

Matnlar, yozuv taxtasi, slaydlar, proektor, kompyuter, videofilm, grafikli organizatorlar, chizma, grafiklar, na`munalar, televizor, rasmlar

O`quv faoliyatini tashkil etish shakli

Ommaviy, jamoaviy, guruxli, juftlikda, yakka tartibda

O`qitish sharoiti

Maxsus texnik vositalar bilan jixozlangan
guruxlarda ishlashga mo`ljallangan xona

Qayta aloqaning usul va vositalari

Tezkor-so`rov, savol-javob, mashg’ulot ishlanmalar,variativ dasturlar tuzish, amaliy topshiriqlarni baxolash

O‘quv mashg‘ulotining texnologik xaritasi

Ish
bosqichlari va vaqti

Faoliyat mazmuni

O‘qituvchi

Ta’lim oluvchi

1-O‘quv mashg`ulotiga kirish (5daq.)

Tashkiliy qism:
1. O‘quvchilarni mashg`ulotga tayyorgarligi va davomatini tekshiradi

Mashg‘ulotga
tayyorlanadilar

2-bosqich.
Asosiy
(65 daq.)

Tayanch bilimlarni faollashtirish:
1. Uyga berilgan vazifani nazorat qiladi hamda o`tilgan mavzu bo`yicha o‘quvchilarga savollar beradi, ularni baxolaydi.
Maqsad va vazifani belgilanishi:
1. Mashg`ulotning nomi, rejasi, maqsad va o`qitish natijalar bilan tanishtiradi. 2.Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar bilan tanishtiradi; 3. O‘quv mashg`ulotida o‘quv ishlarini baxolash mezoni va ko`rsatkichlari bilan tanishtiradi
Ta’lim oluvchilar bilimini faollashtirish:
1. Tezkor – so`rov, savol - javob, aqliy xujum, amaliy ish bajarish,“o`ylang va juftlik-da fikr almashing”, va boshqa texnikalar orqali bilimlarni faol-lashtiradi.
Yangi o‘quv materiali bayoni:
1. Amaliy mashg`ulotning rejasi va tuzilishiga muvofiq, o‘qitish jarayonini tashkil etish bo`yicha harakatlar tartibini bayon etadi. Asosiy xolatlarni yozdiradi;
2. Slaydlarni Power Point tartibida namoyish va sharxlash bilan mavzu bo`yicha asosiy nazariy xolatlarni bayon qiladi
Yangi o‘quv materialini mustaxkamlash:
1. Mustaxkamlash uchun amaliy ish taqdimoti bajariladi Jarayon kichik guruxlarda davom etishini ma’lum qiladi;
2. Kichik guruxlarga bo`ladi, kichik guruxda ishlash qoidasi bilan tanishtiradi xar bir guruxga topshiriq beradi va baxolash mezoni bilan tanishtiradi.Ishni bajarish yo`riqnomasini beradi;
3. Guruxlarda ishlarni boshlashga ruxsat beradi. Xar bir kichik gurux ishtirokchisi vazifani bajarish tartibini tushunganligini aniqlash maqsadida qaytar aloqa o‘tkazadi. Bajarish jarayonini kuzatadi, maslahatlar beradi.
4. Ishga ajratilgan vaqt tugaganini ma’lum qiladi, guruxlar taqdimotini tashkil etadi. Guruh a’zolariga diqqat bilan eshitish -larini va savollar berishlarini, shu bilan birga o`zaro bir-birlarini baxolashlarini eslatadi.Javoblarni to`ldiradi va qisqacha xulosalar qiladi;
5. Guruhlar ishini o`zaro baxolashni o`tkazadi, mavzuning xar bir qismi bo`yicha xulosalar qiladi, eng asosiylariga e’tibor qaratadi, berilayotgan ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi. Mavzuning kasbiy faoliyatlaridagi ahamiyati bilan bog`lab mavzuni yakunlaydi.

Uy vazifasini taqdim etadilar.
Savollarga javob
beradilar.


Mavzu nomi va rejasini yozib oladilar.
Diqqat qiladilar.
Savollarga javob beradilar.
Topshiriqni bajaradilar.
Kichik guruhlarga bo‘linadilar.
Kichik guruhda ishlash qoidasi bilan tanishadilar.
Xar bir gurux o`z topshiriq va ishlari bo`yicha faoliyatini
boshlaydi.
Xar bir guruh sardorlari chiqib o`z ishlarini taqdim qilishlarini aytadi.
Berilgan qo`shimcha savollarga javob beradilar.
Guruh ish natijalarini o`zaro baholaydilar.
Ma’lumotlarni daftarga qayd qiladilar

3-bosqich Yakuniy (10 daq.)

Mashg`ulot yakuni:
1. Barcha o‘quvchilarni amaliy bajargan ishlarini izoxlab baxolaydi va rag’batlantiradi.
Uyga vazifani berilishi:
Kelgusi mashg`ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan yuriqnoma beradi

Baxolari bilan tanishadilar.
Topshiriqni yozib oladilar

Fan o`qituvchisi: M.Abdullayeva
22-Mavzu: A.S.Pushkin-mashhur rus ertakchisi.

Reja:
1. A.S.Pushkin-mashhur rus ertakchisi.


2. Mashxur rus ertakchisi A.S.Pushkinning bolalar uchun yaratgan ertaklariniifodali o`qish va tahlil qilish.
3.Baliqchi ham baliq haqida ertak

A. S. Pushkin oddiy, mehnatkash xalqni yaxshi ko'radi, uni iloji boricha himoya qilishga, yon bosishga harakat qiladi. Shuning uchun ham uning ertak-dostonlarida xalqqa bo'lgan cheksiz hurmat tuyg'usi barq urib turadi.



BALIQCHI HAM BALIQ HAQIDA ERTAK
O'tgan chog'da dengiz bo'yida Chol va kampir umr surgandi. Yerto'lada — eski uyida O'ttiz uch yil birga turgandi. Chol to'r solib ovlarkan baliq, Kampir esa yigirar urchuq. Chol dengizga to'r soldi bir gal, Baqa yaproq ilindi yolg'iz. To'r solganda chol ikkinchi gal, Ilindi-ku dengiz o'lani. To'r solganda chol uchinchi gal, Chiqib keldi bir chavoq baliq, Jo'n baliqmas, naq oltin baliq. Oltin baliq xuddi odamday, Tilga kirib, yolvorib qoldi: „Qo'yib yubor dengizga, bobo, Katta to'lov to'layman senga. Ko'ngling ne tilasa, bergayman". Hayron bo'ldi chol, qo'rqib ketdi, Rosa o'ttiz uch yil ovladi baliq, Ammo baliq so'zlaganin u Eshitmagan edi umrida. Chol baliqni qo'yib yubordi, Shunday dedi unga mehribon: „Oltin baliq, tangri yor bo'lsin, Kerak emas menga to'loving, Mayli tushgil zangor dengizga, Erkin-erkin o'ynab yuraver!" Chol qaytdi-da kampir yoniga, Aytdi shundoq qiziq mo'jiza: „Tutib oldim bugun bir baliq, Jo'n baliqmas, naq oltin baliq. Baliq tilga kirib so'zladi, Ko'p yalindi qo'yib yubor, deb. O'z uyiga — yashil dengizga. Katta to'lov to'layin, dedi. Ne istasang berayin, dedi.
Men olgani botinolmadim, Qo'yvordim zangor dengizga". Cholni qarg'ay boshladi kampir: „Ey tentak chol, go'l, devona chol! Ololmabsan baliqdan to'lov! Hech bo'lmasa bitta tog'ora — So'rab olmaysanmi undan sen, Tog'oramiz teshik-ku axir!" Chol jo'nadi zangor dengizga, Mavj urmoqda dengiz qarasa, Ham chaqirdi baliqni suvdan, Baliq chiqib so'radi undan: „Nima kerak senga, chol bobo?" Ta'zim bilan javob berdi chol: „Podsho baliq, holimga achin, Xo'p urishdi kampirim meni. Tinchlik bermas, qariding demas, Kerak emish yangi tog'ora. Tog'oramiz teshilgan, axir". Oltin baliq aytadi javob: „Qayg'urmagil, tangri yor bo'lsin, Borgil, yangi tog'orang bo'lur!" Chol qaytsaki kampir yoniga, Tog'oralik bo'libdi kampir. Lekin urishdi kampir battarroq: „Ey tentak chol, go'l, devona chol! Kir tog'ora so'rab oldingmi? Kir tog'ora mol bo'larmidi? Jo'na, tentak, baliqqa borgin. Ta'zim qil-u uy so'rab olgin". Chol jo'nadi zangor dengizga, (Zangor dengiz loyqalangandi.) Chaqirdi u baliqni suvdan, Baliq chiqib so'radi undan: „Nima kerak senga, chol bobo?" Ta'zim qilib, shunday dedi chol: „Podsho baliq, holimga achin, Meni kampir qarg'adi battar, Tinchlik bermas, qariding demas,
Jag'i tinmas, uy so'rar nuqul". Oltin baliq aytadi javob: „Qayg'urmagil, tangri yor bo'lsin". Borgil, uy ham bo'ladi nasib!" Yerto'lasi tomon qaytsa chol: Yerto'ladan iz ham qolmabdi. Mo'rilari g'ishtdan, oqlangan, Eman yog'ochidan yasalgan — Darvozali bir uy turibdi, Uy yonida mehmonxona bor. Derazaning yonida esa, O'tiribdi kampir taltayib. Qarg'amoqda cholni battarroq: „Ey tentak chol,go’l, devona chol! Kelib-kelib uy so'rabsan-da! Jo'na darrov baliq yoniga, Ta'zim qilgil unga sen tag'in, Qora dehqon bo'lmayman ortiq. Men begoyim bo'lish istayman!" Chol jo'nadi zangor dengizga, (Dengiz notinch, to'lqin urmoqda.) Chaqirdi u baliqni suvdan. Baliq chiqib so'radi undan: „Nima kerak senga, chol bobo?" Ta'zim qilib, chol shunday dedi: „Podsho baliq, holimga achin, Kampirni jin urdi battarroq. Tinchlik bermas, qariding demas, Qora dehqon bo'lmasmish ortiq, U begoyim bo'lish istarmish!" Oltin baliq aytadi javob: „Qayg'urmagil, tangri yor bo'lsin". Chol qaytdi-ku kampir yoniga, Nima ko'rar? Baland bir saroy, Peshayvonda turar kampiri. Suvsar po'stin uning egnida, Boshida ham alvon dakana. Qator-qator inju bo'ynida, Qo'llarida oltin uzuklar,
Oyog'ida qirmizi etik. Atrofida oqsoch xotinlar, Qoq o'rtada kampir turardi, Sochlaridan sudrab urardi. Kampiriga so'z qotdi chol: „Salom, aslzoda begoyim, Ko'ngling endi to'ldi, shekilli?.." Kampir unga o'shqirdi battar, Otxonada ishlashga soldi. O'tdi hafta ketidan hafta, Kampir tag'in mindi qahriga, Baliq tomon yo'lladi cholni: „Tez bor, ta'zim qilgil baliqqa! Ortiq men begoyim bo'lmayman, Podsho xotin bo'lish xohlayman". Qo'rqib ketdi chol, shunday dedi: „Eshakmiya yedingmi, kampir? Yurish-turish nima, bilmaysan. Podsholik masxara bo'ldimi?" Kampir battar mindi qahriga, Chol yuziga tarsaki urdi: „Qora dehqon, qanday botinding, Kim qo'yibdi senga so'z aytmoq. Menga — menday begoyimga-ya? Yaxshilikcha jo'nab qol, deyman, Jo'natgayman bog'lab, bormasang". Chol dengizga qarab yo'l soldi. (Zangor dengiz qora rang oldi.) Chaqirdi u baliqni suvdan, Baliq chiqib so'radi undan: „Nima kerak senga, chol bobo?" Ta'zim qilib, so'z aytdi chol: „Podsho baliq, holimga achin, Kampir tag'in boshladi g'avg'o Bo'lmas emish ortiq begoyim, Bo'lar emish erkin malika!" Oltin baliq beradi javob: „Qayg'urmagil, tangri yor bo'lsin, Mayli, kampir bo'lar malika" Chol qaytdi tez kampir yoniga, Qarasaki, shohona qasr. Qasr to'rida ko'rinar kampir — O'tirardi malika bo'lib, Xizmatida beklar, amirlar, Asl sharob quyib bermoqda Ham malika quymoq yemoqda. Atrofida talay yasovul, Yelkalarda oyboltalari, O'rab turar juda bahaybat. Buni ko'rib qo'rqib ketdi chol Va so'z aytar yetti bukilib: „Savlatli malika, salomalaykum! Shoyad endi to'lgandir ko'ngling?" Qayrilib ham boqmadi kampir. Tez haydang deb buyurdi, xolos. Sakrab turdi beklar, amirlar, Cholni sudrab, haydab soldilar. Yasovullar eshik yonida Sal bo'lmasa chopa yozdilar. Mazax qilib qoldi olomon: „Qilig'ingdan topding, nodon chol! Bundan keyin bo'lg'usi saboq: O'z ko'rpangga qarab cho'z oyoq!" O'tdi hafta ketidan hafta, Kampir battar mindi qahriga. Erin izlar, chopar yuborib, Cholni topib keldilar axir. Kampir shunday dedi choliga: „Jo'na tag'in baliq yoniga, Ta'zim qilib, o'tingil darrov. Bo'lmagayman ortiq malika Dengiz shohi bo'lish istayman. Dengiz-okeanda yashayman, Xizmatimda tursin baliq ham, Baliq bo'lsin menga xizmatkor". Botinolmas so'z aytishga chol, Bo'la olmas kampir so'zini. Tag'in bordi zangor dengizgaQora quyun ko'rar dengizda. To'lqinlar o'shqirar g'azabkor, Ham to'lg'anar, ham uvlar tinmay. Chaqirdi u baliqni suvdan, Baliq chiqib so'radi undan: „Nima kerak senga, chol bobo?" Ta'zim qilib, shunday dedi chol: „Podsho baliq, holimga achin, Jonga tegdi la'nati kampir, Ortiq bo'lmas emish malika, Dengiz shohi bo'lish istarmish Va dengizda yashash istarmish. Sen ham borarmishsan xizmatga, Bo'larmishsan unga xizmatkor". Bitta so'z ham demadi baliq, Suvga urib dumini faqat G'oyib bo'ldi dengiz tagiga. Javob kutib turdi sho'rlik chol, Uzoq qolib dengiz bo'yida... Qaytdi kampir yoniga axir, Ko'rsa, tag'in o'sha yerto'la. Bo'sag'ada o'tirar kampir, Qarshisida teshik tog'ora.

Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish