19-Mavzu: O`zbek bolalar shoirlari
O‘quv mashg`ulotining o`qitish texnologiyasi modeli
Vaqt: 80 daqiqa
|
Ta’lim oluvchilar soni______
|
O`quv mashg`uloti shakli va turi
|
Nazariy/Amaliy
|
O`quv mashg`uloti rejasi
|
1. Turli yosh guruhlar boyicha o`zbek bolalar shoirlarning she’rlarini ifodali o`qish.
2. “Ilk qadam “ o’quv dasturida belgilangan sherlardan o’qish
3. O’qilgan asarlarni tahlil qilish
|
O‘quv mashg`ulotining maqsadi: O`zbek bolalar shoirlari haqida yangi bilim, ko`nikma va malaka berish.
|
O‘qitish natijasi
|
Ushbu mavzuni o`zlashtirish natijasida o‘quvchida shakllanadigan asosiy bilim, ko`nikma yoki kompetensiyalar
|
Pedagogik vazifalar
1. O`zbek bolalar shoirlari haqida ma`lumot beradi;
2. O`zbek bolalar shoirlari haqida tushuntiradi:
3. O`zbek bolalar shoirlari mavzusini ochib beradi.
|
O‘quv faoliyat natijalari;
1. O`zbek bolalar shoirlari haqida tushunchaga ega bo`ladilar.
2. O`zbek bolalar shoirlari haqida biladdilar:
3. O`zbek bolalar shoirlari farqi mazmunini bilib oladilar.
|
O‘qitish metodlari
|
Kichik axborotli ma’ruza, xikoya, tushuntirish, ko`rsatma berish, namoyish.Ko`rsatish, video usul, kitob bilan ishlash, insert, mashq, suxbat, baxs-munozara, aqliy xujum ,ta’limiy o`yinlar, BBB, Ven diogrammasi, va boshqalar (quyidagilardan maqsadga ko`ra tanlab olinadi).
|
O‘qitish vositalari
|
Matnlar, yozuv taxtasi, slaydlar, proektor, kompyuter, videofilm, grafikli organizatorlar, chizma, grafiklar, na`munalar, televizor, rasmlar…
|
O`quv faoliyatini tashkil etish shakli
|
Ommaviy, jamoaviy, guruxli, juftlikda, yakka tartibda
|
O`qitish sharoiti
|
Maxsus texnik vositalar bilan jixozlangan
guruxlarda ishlashga mo`ljallangan xona
|
Qayta aloqaning usul va vositalari
|
Tezkor-so`rov, savol-javob, mashg’ulot ishlanmalar,variativ dasturlar tuzish, amaliy topshiriqlarni baxolash
|
O‘quv mashg‘ulotining texnologik xaritasi
Ish
bosqichlari va vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
O‘qituvchi
|
Ta’lim oluvchi
|
1-O‘quv mashg`ulotiga kirish (5daq.)
|
Tashkiliy qism:
1. O‘quvchilarni mashg`ulotga tayyorgarligi va davomatini tekshiradi
|
Mashg‘ulotga
tayyorlanadilar
|
2-bosqich.
Asosiy
(65 daq.)
|
Tayanch bilimlarni faollashtirish:
1. Uyga berilgan vazifani nazorat qiladi hamda o`tilgan mavzu bo`yicha o‘quvchilarga savollar beradi, ularni baxolaydi.
Maqsad va vazifani belgilanishi:
1. Mashg`ulotning nomi, rejasi, maqsad va o`qitish natijalar bilan tanishtiradi. 2.Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar bilan tanishtiradi; 3. O‘quv mashg`ulotida o‘quv ishlarini baxolash mezoni va ko`rsatkichlari bilan tanishtiradi
Ta’lim oluvchilar bilimini faollashtirish:
1. Tezkor – so`rov, savol - javob, aqliy xujum, amaliy ish bajarish,“o`ylang va juftlik-da fikr almashing”, va boshqa texnikalar orqali bilimlarni faol-lashtiradi.
Yangi o‘quv materiali bayoni:
1. Amaliy mashg`ulotning rejasi va tuzilishiga muvofiq, o‘qitish jarayonini tashkil etish bo`yicha harakatlar tartibini bayon etadi. Asosiy xolatlarni yozdiradi;
2. Slaydlarni Power Point tartibida namoyish va sharxlash bilan mavzu bo`yicha asosiy nazariy xolatlarni bayon qiladi
Yangi o‘quv materialini mustaxkamlash:
1. Mustaxkamlash uchun amaliy ish taqdimoti bajariladi Jarayon kichik guruxlarda davom etishini ma’lum qiladi;
2. Kichik guruxlarga bo`ladi, kichik guruxda ishlash qoidasi bilan tanishtiradi xar bir guruxga topshiriq beradi va baxolash mezoni bilan tanishtiradi.Ishni bajarish yo`riqnomasini beradi;
3. Guruxlarda ishlarni boshlashga ruxsat beradi. Xar bir kichik gurux ishtirokchisi vazifani bajarish tartibini tushunganligini aniqlash maqsadida qaytar aloqa o‘tkazadi. Bajarish jarayonini kuzatadi, maslahatlar beradi.
4. Ishga ajratilgan vaqt tugaganini ma’lum qiladi, guruxlar taqdimotini tashkil etadi. Guruh a’zolariga diqqat bilan eshitish -larini va savollar berishlarini, shu bilan birga o`zaro bir-birlarini baxolashlarini eslatadi.Javoblarni to`ldiradi va qisqacha xulosalar qiladi;
5. Guruhlar ishini o`zaro baxolashni o`tkazadi, mavzuning xar bir qismi bo`yicha xulosalar qiladi, eng asosiylariga e’tibor qaratadi, berilayotgan ma’lumotlarni daftarga qayd etishlarini eslatadi. Mavzuning kasbiy faoliyatlaridagi ahamiyati bilan bog`lab mavzuni yakunlaydi.
|
Uy vazifasini taqdim etadilar.
Savollarga javob
beradilar.
Mavzu nomi va rejasini yozib oladilar.
Diqqat qiladilar.
Savollarga javob beradilar.
Topshiriqni bajaradilar.
Kichik guruhlarga bo‘linadilar.
Kichik guruhda ishlash qoidasi bilan tanishadilar.
Xar bir gurux o`z topshiriq va ishlari bo`yicha faoliyatini
boshlaydi.
Xar bir guruh sardorlari chiqib o`z ishlarini taqdim qilishlarini aytadi.
Berilgan qo`shimcha savollarga javob beradilar.
Guruh ish natijalarini o`zaro baholaydilar.
Ma’lumotlarni daftarga qayd qiladilar
|
3-bosqich Yakuniy (10 daq.)
|
Mashg`ulot yakuni:
1. Barcha o‘quvchilarni amaliy bajargan ishlarini izoxlab baxolaydi va rag’batlantiradi.
Uyga vazifani berilishi:
Kelgusi mashg`ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan yuriqnoma beradi
|
Baxolari bilan tanishadilar.
Topshiriqni yozib oladilar
|
Fan o`qituvchisi: M.Abdullayeva
19- Mavzu: O`zbek bolalar shoirlari.
Reja:
1. Turli yosh guruhlar boyicha o`zbek bolalar shoirlarning she’rlarini ifodali o`qish.
2. “Ilk qadam “ o’quv dasturida belgilangan sherlardan o’qish
3. O’qilgan asarlarni tahlil qilish
Kichkintoylarning otaxon kuychisi, atoqli bolalar adibi, O'zbekiston xalq yozuvchisi Hakim Nazir kitob va kitobxonlik haqida to'xtalib shunday degan edi: „Umrim davomida inkor qilolmaydigan haqiqatim shuki, kichkintoylarning hayotda to'g'ri yo'lni topib, dunyoqarashini shakllantirish, axloq- odobini yo'lga solishda kitobdan-da muhimroq vosita yo'q ekan. Shuning uchun ham ota-onalarning birinchi vazifasi o'z farzandiga kitobga mehr uyg'otishi, deb bilaman.XVIII asrning oxiri, XIX asrning boshlarida yashab ijod etgan ikki buyuk shoir Muhammadniyoz Nishotiy va Muhammad Sharif Gulxaniylar ijodi mumtoz adabiyotimiz tarixida alohida ajralib turadi. Nishotiyning xalq og'zaki ijodi asosida yaratgan „Husni dil" dostoni ishq-muhabbat, aql- farosat, odob-axloqqa bag'ishlangan. Shu narsa diqqatga sazovorki, dostonda har biri mustaqil asar bo'la oladigan „Shohboz va bulbul", „Gul va Daf", „Nay va Shamshod", „Binafsha va Chang" kabi masallar ham berilgan. Bu masallarning barchasi el-yurtga foyda keltirish, maqtanchoq bo'lmaslik, ortiqcha kibr-havoning zarari kabi mavzularning yoritilishi jihatidan bolalar uchun ibratlidir.Gulxaniy ham „Zarbulmasal" asarida o'zining muhim ijtimoiy qarashlarini, el-ulus taqdiriga munosabatini hayotiy timsollar orqali ifodaladi.Munis mehnatkash xalqning og'ir ahvoliga qattiq achindi, ilm-fan va adabiyot ahlining xor-zorligidan qayg'urdi. Shoir kishilarni bilim olishga, kitob o'qishga, johil va yomonlardan uzoq bo'lishga chaqirdi. Munis „Savodi ta'lim" risolasi orqali bolalarni o'qitish va tarbiyalash ishiga katta hissa qo'shdi. Uning ma'rifatparvarlik g'oyalari Ogahiy, Muqimiy, Furqat, Komil, Zavqiy, Avaz O'tar kabi shoirlarga ham katta ta'sir ko'rsatdi.Bolalar adabiyoti yildan yilga rivojlanib bordi. 30-yillarga kelib she'riyat (Zafar Diyor, Adham Rahmat, Ilyos Muslim, Shukur Sa'dulla, Sulton Jo'ra, Mahmuda Oqilova, Quddus Muhammadiy), nasr (Majid Fayziy, Dorjiya Oppoqova, Hakim Nazir), dramaturgiya (Zafar Diyor, Dorjiya Oppoqova) sohalarida bolalar ijodkorlari yetishib chiqdilar. Sadriddin Ayniy, G'afur G'ulom, Hamid Olimjon, Oybek, Elbek, Shokir Sulaymon va G'ayratiylar ham o'zbek bolalar adabi- yotini yuksaltirish ishiga munosib hissalarini qo'shdilar.O'zbek xalqi azaldan mehnatkash xalq. Ishchanlik bizga ota- bobolarimizdan meros bo'lib qolgan. Q. Muhammadiyning „Etik", „Buvimning hikoyasi", H. Yoqubovning „Sirdaryo oftobi", Shukur Sa'dullaning „Hovlimizning bolalari", „Dastyor qiz", „Bog'bon qiz", Ilyos Muslimning „Oyxon va rayhon", „Ishchan asalarilar", „Sening sovg'ang", Po'lat Mo'minning „Dalalarga qarasam", „Oftob chiqdi olamga", Qudrat Hikmatning „Bobo va nabira", „Jo'jam, yurma laqil- lab", Tolib Yo'ldoshning „Vaqt qadri", Yusuf Shomansurning „Baraka", „Tikuvchi", Tursunboy Adashboyevning „Shanba- lik", Rauf Tolibning „Bobo xursand, Nodira xafa", Q. Otaning „Mehnatdan zavq olaman" she'rlari bevosita mehnat mavzusiga bagishlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |