Maxsus shakldagi yassi elektrodlar. Bir jinsli maydonda razryadlanishni o‘rganish uchun yassi kondensatorning ekvipotensial maydoni bo‘yicha joylashgan chegaralangan o‘lchamli elektrodlar qo‘llaniladi. Bu ko‘rinishdagi elektrodlarning chetlaridagi maydon kuchlanganligi uning markazidagi maydon kuchlanganligiga nisbatan kichik bo‘ladi.
Elektrodlarning minimal o‘lchamini ta’minlash uchun, ular orasidagi masofaning olingan maksimal qiymatida, elektrodlar markazida, ya’ni bir jinsli maydonda razryad kechyapti deb olib, chegaraviy ekvipotensial sirt tanlanadi. Bu holda elektrodlar diametri D elektrodlar orasidagi olingan masofaning maksimal qiymatidan taxminan to‘rt marta katta bo‘ladi. Elektrodlar orasidagi masofa bo‘lsa, razryad elektrodlarning markazida bir jinsli maydonda kechadi. bo‘lganda esa, razryadlanish diskning chetlariga o‘tadi.
Shar-shar ko‘rinishdagi elektrodlar. Ikkala shar uchqun oralig‘i kuchsiz bir jinsli bo‘lmagan maydonga misol bo‘ladi va bir jinsli bo‘lmaslik darajasi sharlar orasidagi masofaning sharlar diametriga nisbati oshishi bilan o‘sib boradi. Sharlar oralig‘i jahon amaliyotida tan olingan o‘zgaruvchan, o‘zgarmas va impuls kuchlanishlarni o‘lchashga mo‘ljallangan asbob hisoblanadi. Sharli razryadlagichni o‘lchash uchqun oralig‘i ko‘rinishida tanlash uning quyidagi xossalari bilan aniqlangan:
a) Sharli oraliqning volt sekund xarakteristikasi (VSX) katta intervalda gorizontal chiziq ko‘rinishida bo‘lganligidan, oraliqning razryadlanish kuchlanishi oraliqqa qo‘yilgan kuchlanishning shakliga va uning ta’sir etishiga bog‘-liq emas.
в) Кuchsiz bir jinsli bo‘lmagan maydonli oraliqlardan, sharli oraliqni bajarish eng oson hisoblanadi.
Shar-shar elektrodli oraliqning razryadlanish kuchlanishi sharlar diametriga D, ular orasidagi masofaga va sharlarning ulanishiga (simmetrik-agar ikkala shar ham kuchlanishga qo‘yilgan bo‘lsa, nosimmetrik - agar sharlardan biri zaminlangan) bog‘liq. Bu tajriba ishida biz nosimmetrik sxemadan foydalanamiz. Sharlar orasidagi masofaga bog‘liq ravishda, ular orasidagi maydon bir jinsli yoki bir jinsli bo‘lmagan maydon bo‘lishi mumkin. Sharlar orasidagi masofa SD bo‘lsa, maydon bir jinsliga yaqin. Mustaqil razryad oraliqning yuqori o‘rtacha gradiyentida boshlanib va uchqunli razryad ko‘rinishida rivojlanadi.
Agar S>2D bo‘lsa, oraliqdagi maydon bir jinsli emas. Agar elektrodlar orasidagi oraliq (S), uning kritik qiymatidan (Skr) katta bo‘lganda uchqunli razryaddan oldin tojlanish bo‘ladi, ammo elektrodlar orasidagi masofani o‘zgartirishning ba’zi hollarida teshilish kuchlanishining noturg‘un qiymatlarini ola-miz. Sharlar orasidagi masofa bilan razryadlanish kuchlanishi orasidagi bog‘lanish birinchi tajribadagi 2.b - rasmda keltirilgan. Tajribadan olingan natijalarni tahlil qilish natijasida quyidagi empirik formula tavsiya qilinadi:
bu ifodada yerning ta’siri e’tiborga olinmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |