3. Sinov savollari 1. Nima uchun keskin bir jinsli bo‘lmagan maydonlarda o‘tkazgichlar orasidagi oraliqning to‘la teshilishidan tojlanish ko‘rinishidagi razryad oldinroq keladi?
2. Tojlanish razryadining paydo bo‘lishini ta’riflang.
3. Vakuumda tojlanish razryadi sodir bo‘lishi mumkinmi?
4. Nima uchun elektr mashinalarida, elektr apparatlarida va kabellarda tojlanishga ruxsat etilmaydi, havo elektr uzatish yo‘llarida esa keskin chegaralanadi?
5. Sizning fikringizcha tojlanishga bo‘layotgan isrofga qarshi kurashish va uni chegaralash yo‘llaridan qaysi biri effektiv hisoblanadi?
6. Bir jinsli emaslik darajasi nimalarga ta’sir ko‘rsatadi?
7. Isrofni aniqlashdagi Pik va Mayra formulalarini tushunti- ring.
6 - tajriba ishi
OSILUVCHAN IZOLYATORLAR SHODASI BO‘YLAB КUCHLANISHNING TAQSIMLANISHI
Ishdan maqsad: ma’lumki, amaliyotda elektr sistemadagi havo elektr uzatish yo‘llarida qo‘llanilayotgan osiluvchan izolyatorlar shodasi bo‘ylab kuchlanishning taqsimlanishini aniqlashning ko‘p usullari mavjud. Bu tajriba ishida kuchlanishning izolyatorlar shodasi bo‘ylab taqsimlanishini shodaga qo‘yilgan to‘la kuchlanishning protsentlarida aniqlash talab etiladi. Qo‘yilgan masala bo‘yicha kuchlanishni o‘lchash o‘zgarmas tirqishli elektrodlar yoki ming‘illab ovoz chiqaruvchi shtanga (ustun) yordamida amalga oshiriladi.
Nazariy qism
Elektr uzatish yo‘llarining o‘tkazgichlari o‘zaro va yerga nisbatan havo oralig‘i yordamida izolyatsiyalanadi. Buning uchun o‘tkazgich izolyator yordamida tayanchlarga ma’lum masofada osiladi. Elektr uzatish yo‘lining izolyatsiyasiga ta’sir etadigan ichki va tashqi o‘ta kuchlanishlar biror tayanchlar oralig‘ida (prolyotda) yoki biror tayanchda izolyatsiyasining elektr mustahkamligining buzilishi xavfini tug‘diradi va bu o‘z navbatida uning avariya holatida o‘chirilishiga olib keladi. Izolyatsiyaning buzilishi har xil fazalar o‘tkazgichlari orasidagi yoki ular bilan zaminlangan o‘tkazgich orasidagi havo qatlamining teshilishidan yoki izolyatorning qoplanishi natijasida bo‘ladi. Chunki tayanchlarda simlar zaminlangan konstruksiyaga juda yaqin kelishi va ular sirtida razryadlanishning rivojlanishi havo oralig‘iga nisbatan yengilligi tufayli ko‘proq tayanchlarga nisbatan teshilish paydo bo‘ladi.
Atmosfera va ichki o‘ta kuchlanishlar elektr sistema elementlarining ishlash rejimini buzmasligi uchun uning izolyatsiyasi elektrik mustahkamligi maksimal o‘ta kuchlanish amplitudasidan yuqori bo‘lishi kerak. Ammo elektr uzatish yo‘llarining avariya holatida o‘chirilishlarini o‘ta mustahkam izolyatsiya yaratish hisobiga bartaraf etish, iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlamaydi. Chunki bu elektr uzatish o‘tkazgichlari orasidagi masofaning va tayanchlar o‘lchamining kattalashishiga va qo‘llanilayotgan izolyatorlar shodasidagi izolyatorlar sonining oshishiga olib keladi. Shu sababdan ularda uncha yuqori bo‘lmagan izolyatsiya sathida normal ishlashini ta’minlash uchun maxsus tadbirlar: ya’ni yashindan saqlagichlar va energiya bilan ta’minlashni buzmasdan avariyalarni bartaraf etuvchi qurilmalar, avtomatik qayta ulagichlar, yoyso‘ndirgichlar qo‘llaniladi.
Bu holda elektr uzatish yo‘llarining izolyatsiyasiga quyi-dagi talablar qo‘yiladi:
1. Havo elektr uzatish yo‘lining izolyatsiyasi iloji boricha ko‘proq ichki o‘ta kuchlanishga chidashi kerak. Shu sababdan izolyatsiyalarni tanlashda maksimal bo‘lishi mumkindan sal kichikroq hisobiy ichki o‘ta kuchlanish sathidan kelib chiqiladi.
2. Izolyatsiyaning impuls mustahkamligi effektiv va iqtisodiy asoslangan yashindan saqlagichlar yaratilishi uchun yetarli bo‘lishi kerak. Bu talab kuchlanish klassiga bog‘liq. Кuchlanishi 35 kV havo elektr uzatish yo‘llarida izolyatsiyaning impuls mustahkamligi ichki o‘ta kuchlanish bo‘yicha tanlanadi. Lekin bu yashindan uzilishlarni kamaytirish uchun yetarli hisoblanmaydi. Кuchlanishi 110 kV va undan yuqori kuchlanishdagi liniyalarning impuls mustahkamligi oddiy yashindan muhofaza qilish qurilmalari yordamida himoyalashni amalga oshiriladi.