Namangan muxandislik-texnologiya instituti «yuqori kuchlanish texnikasi»


Osiluvchan izolyatorlarning shodasi



Download 0,81 Mb.
bet21/26
Sana10.06.2022
Hajmi0,81 Mb.
#650447
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
Yuqori kuchlanish texnikasi tajriba


1.1. Osiluvchan izolyatorlarning shodasi


Кuchlanishi 110 kV va undan yuqori kuchlanishdagi liniyalarda hamda ko‘pincha 35 kV kuchlanishda ham o‘tkazgichlarni tayanchlarga mahkamlash uchun osiluvchan izolyatorlar shodasidan foydalaniladi. Oraliq tayanchlarda izolyatorlar shodasining vertikal osilganligidan ularni ushlab turuvchi, anker va burchak tayanchlarda esa deyarli gorizontal joylashishi va simlarning tortilish kuchini qabul qilganligidan unga tortib turuvchi deyiladi. Izolyatorlar shodasining mexanik mustahkamligi, uni tashkil etgan izolyatorlarning mexanik mustahkamligiga bog‘liq. Shuning uchun bir xil izolyatorlar tanlanadi. Juda katta yuklanishlarda ya’ni katta prolyotlarda, daryolardan o‘tishda parallel bir nechta shoda qo‘llaniladi. Izolyatorlar shodasining elektrik mustahkamligini uni tashkil etgan izolyatorlarning elektrik mustahkamligi bilan bog‘liq bo‘lmaydi, ya’ni razryadlanish yo‘li yagona izolyator va izolyatorlar shodasi uchun farq qiladi. Shodaning razryadlanish yo‘li L=nH ga teng (1a-rasm). Razryadlanish kuchlanishi razryadning qaysi yo‘l bilan borishiga bog‘liq. O‘rtacha razryadlanish gradiyenti, razryadlanish izolyator sirtining to‘la yoki ayrim qismlarida rivojlanishida havodagidan past bo‘ladi. Ma’lumki, agar Lp/H nisbat 1.3 dan katta bo‘lsa, u effektli bo‘lmaydi. Bu nisbatni oshirish uchun izolyator diametri oshiriladi yoki qurilish balandligi kamaytiriladi. Yomg‘irda kuchlanish izolyator shodasining pastki qismidagi ho‘llanmagan izolyatorlarning sirtiga to‘g‘ri keladi. Lp/H-ning o‘sishi, ho‘l razryadlanish kuchlanishining oshishiga olib keladi. Razryadlanish yo‘lida kuchlanish taqsimlanishini bir tekis qilish uchun himoya armaturasi qo‘llaniladi. Chunki shodadagi izolyatorlar ularning sig‘imlariga bog‘liq holda har xil kuchlanishlarda bo‘lib qolishi mumkin (1b-rasm). Bu yerda C - likopsimon izolyatorning xususiy sig‘imi, C1- izolyatorning yerga nisbatan sig‘imi, C2- izolyatorning o‘tkazgichga nisbatan sig‘imi. C1 va C2 sig‘imlarning qiymati izolyatorning shodadagi holatiga bog‘liq. C1=45 mk mkf; C2= 0,51 mk mkf. Bu sig‘imlarning mavjudligi kuchlanishning bir tekis taqsimlanmasligiga olib keladi. Chunki izolyator o‘tkazgichlardan qancha uzoq joylashgan bo‘lsa, kuchlanishning tushishi shuncha kam bo‘ladi, ya’ni yaqin joylashgan izolyator katta kuchlanishda va o‘rtada joylashganida kuchlanish eng kam bo‘ladi. Кuchlanishning bir tekis taqsimlanmaslik darajasi shodaning uzunligi o‘sishi bilan kattalashib boradi. Bu esa o‘z navbatida simga yaqin joylashgan izolyatorlarda ishchi kuchlanishda ham tojlanishning boshlanishiga olib kelishi mumkin. Shodada kuchlanishning bir tekis taqsimlanmasligi, shodaning pastki qismidagi izolyatorlarda ishchi kuchlanishda ham tojlanish boshlanib kuchli radioshovqin hosil qilishi va uning metall qismlarida korroziyaning boshlanishiga olib kelishi mumkin. Izolyatorlarda tojlanish undagi kuchlanishning 20  25 kV qiymatida paydo bo‘ladi. Кuchlanishning notekis taqsimlanishidan shodadagi elementlar sonidan qat’iy nazar simdan birinchi turgan izolyatorda kuchlanishning tushishi 20%-ga teng. Кuchlanishning taqsimlanishini tekislash uchun himoya armaturasi qo‘llaniladi. Armaturaning simga nisbatan sig‘imni oshirish hisobiga simga yaqin izolyatorlarda kuchlanishning tushishini kamaytiradi. Eng effektli usullardan biri faza parchalashdir, chunki bu holda parchalangan simning o‘zi himoyalash armaturasining rolini bajaradi. Himoya armaturasiga qo‘yilgan talablarga shoda bo‘ylab kuchlanishning taqsimlanishini tekislashdan tashqari shodaning qoplanishdan yemiri-lishining oldini olish ham yuklatilgan. Chunki shodadagi izolyatorlarning yuzasi notekis qizishidan uning yemirilishiga olib kelishi mumkin. Buni bartaraf etish uchun shodaning zaminlangan tomonida yoyning simdan uzoqroq masofada yonishini ta’minlash maqsadida metall shoxlar o‘rnatiladi.
Hozirgi vaqtda liniyalarda tezkor o‘chirgichlarning qo‘l-lanilishidan yoyning yonish vaqti keskin kamayib izolyatorlarning yemirilishi ehtimoli ham juda kamayib ketadi.
Izolyatorlar shodasidagi izolyatorlar soni bilan ho‘l razryadlanish kuchlanishi orasida quyidagicha chiziqli bog‘lanish bor:
Uhr = nEhrH (1)
bu yerda Ehr- o‘rtacha ho‘l razryadlanish kuchlanganligi tegishli turdagi izolyatorlar uchun quyidagicha: P- 4,5; P- 7; P- 8,5 uchun 2,15 kV/sm ga, PM-4,5 uchun esa 2,70 kV/sm ga teng. H - bitta izolyatorning qurilish balandligi.
Shodadagi izolyatorlar soni shunday tanlanadiki, uning ho‘l razryadlanish kuchlanishi hisobiy ichki o‘ta kuchlanishdan yuqori bo‘lishi kerak, ya’ni
Uhr  КUio‘k.
n  КUio‘k/EhrN (2)
Bu ifodadagi К ichki o‘ta kuchlanish paydo bo‘lishi vaqtida sistemadagi manbalar EYuК larining oshirilgan qiymatga ega bo‘lishini hisobga oluvchi son.
Uzoqda joylashgan yuklamalarning shinasidagi kuchlanishni rostlash uchun 330 kV va undan past kuchlanishlarda uzoq vaqtga kuchlanishning 15% ga oshirilgan qiymati ruxsat etiladi. Bu holda ichki o‘ta kuchlanishning qiymati ham 15%-ga ortiq bo‘ladi. Bu koeffitsiyent yordamida razryadlanish kuchlanishining pasayishiga harorat, bosim va havo namligining ta’sirini ham baholash mumkin.
Bundan tashqari, izolyatorlar sonini tanlashda real sharoitning ho‘l razryadlanish kuchlanishi o‘lchangan muhitdan farqi hisobga olinadi. Ho‘l razryadlanish kuchlanishini o‘lchash uchun eng og‘ir sharoit tanlangan, ya’ni yomg‘ir kuchi-3mm/min, yomg‘ir suvining qarshiligi 10000 Om.sm va hokazolarni hisobga olganda, laboratoriyada o‘lchangan ho‘l razryadlanish kuchlanishi 20% ga real sharoitdagidan ortiq bo‘ladi. Bu faktorlar 1 - jadvalda keltirilgan:
1-jadval

Ta’sir etuvchi faktorlar

Tuzatish koeffitsiyenti

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish