Mavzu 10 . Asosiy faoliyatning boshqa jarayonlaridan olingan daromad va xarajatlar tahlili
REJA:
1. Asosiy faoliyatning boshqa jarayonlaridan olingan daromad va xarajatlar tahli
2. O’eratsion jarayonlardan olingan daromadlar va yo’qotishlar tahlili
3. Moliyaviy faoliyatdan olingan daromad va yo’qotishlar tahlili
4. Favquloddagi foyda va zararlar tahlili
5. Korxona hisob foydasi (soliq to’loviga qadar foyda) tahlili
Tayanch so’zlar: Moliyaviy natijalar, moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot, moliyaviy natijalarning shakllanishi, asosiy faoliyat daromad va xarajatlari, moliyaviy faoliyat daromad va xarajatlari, favqulodda foyda va zarar, rentabellik ko’rsatkichlari, rentabellikka ta`sir etuvchi omillar.
1.Asosiy faoliyatning boshqa jarayonlaridan olingan daromad va xarajatlar tahli Asosiy faoliyatning boshqa jarag’nlaridan daromad va xarajatlar tahlilida asosiy ishlab chiqarish faoliyatining mahsulot ish va xizmatlarni sotishdan tashqari faoliyatlardan olingan daromad va yo’kotishlari tahlil etiladi. Asosiy faoliyatning boshqa jarag’nlardan olingan daromad va xarajatlar ko’’incha o’eratsion daromadlar va xarajatlar deb ham aytiladi. O’eratsion xarajatlar va daromadlar qatoriga boshqa sotishlardan olingan daromadlar yoki ular bo’yicha yo’qotishlar kiradi.
Korxonaning boshqa o’eratsion xarajatlariga quyidagilar kiradi: kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash xarajatlari, loyiha va qurilish-montaj ishlarida chalalikni bartaraf etish xarajatlari, maslahat va axborot tizimlariga haq to’lash, auditorlik xizmatlari uchun to’lovlar, salomatlikni muhofaza qilish va xodimlarni ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashuvi bilan bog’liq bo’lmagan dam olishlarni tashkil etish tadbirlari xarajatlari, shahar obodonchilik ishlari va qishloq xo’jaligiga yordam berish bilan bog’liq xarajatlar, kom’ensatsiya va rag’batlantirish tusidagi to’lovlar ish haqini hisoblashda e`tiborga olinmaydigan to’lovlar va xarajatlar, ya`ni, moddiy yordam, sog’liqni saqlash ob`ektlari, qariyalar va nogironlar uylari, bolalar maktabgacha tarbiya muassasalari, sog’lomlashtirish lagerlari, madaniyat va s’ort ob`ektlarini asrash xarajatlari, vaqtincha to’xtatib qo’yilgan ishlab chiqarish quvvatlari va ob`ektlarini saqlash xarajatlari, bank xizmati uchun to’lovlar, har xil xayriya jamg’armalari, ekologiya, sog’lomlashtirish, madaniyat, xalq ta`limi, ijtimoiy ta`minot va shu kabi tashkilotlarga badallar, byudjetga majburiy to’lovlar, soliqlar va yig’imlar va byudjetdan tashqari jamg’armalarga ajratmalar, zararlar, jarimalar, ‘enyalar va boshqa xarajatlardan iboratdir.
Asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan olingan boshqa daromadlarga quyidagilar kiradi:
undirilgan yoki qarzdor tomonidan e`tirof qilingan jarimalar va ‘enyalar;
hisobot yilida aniqlangan o’tgan yilga tegishli foyda;
yordamchi xizmat ko’rsatuvchi tarmoqlardan olingan tushumlar;
asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va boshqa mol-mulklarni sotishdan olingan daromadlar;
da`vo bildirish muddati o’tgan kreditorlik va de’onent qarzlarni hisobdan chiqarishdan olingan daromadlar;
tovar-moddiy boyliklarni qayta baholanishdan ko’rilgan natijalar;
davlatsubsidiyalaridandaromadlar;
xolisonamoliyaviyyordam;
boshqa o’eratsiondaromadlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |