Namangan muxandislik-qurulish



Download 0,51 Mb.
bet18/20
Sana15.06.2022
Hajmi0,51 Mb.
#675282
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Termosifon tizimlar. Ularning afzalligi shundaki, issiq suv tsirkulyatsiyasidan foydalangan holda, nasoslarsiz ishlashi mumkin. Bu printsip, odatda, kompakt, hamda o’rtacha o’lchamdagi tizimlarda qo’llanilishi mumkin.




Quyosh issiqlik energiyasi binolarni isitish uchun muvoffaqiyatli qo’llanilmoqda, quyosh energiyasidan foydalanib isitilgan suyuqlikning harorati (500S atrofida) pol ichidan isituvchi yoki «ventilyator-zmeevik» turli tizimlarda foydalanish uchun yetarlidir. Oddiy issiq suv radiatorlarni qo’llash maqsadga muvofiq emas,

16-maliy mashg’ulot

Yassi quyosh kollektorlari korpusi yorug’ shaffof qoplamasi va nur yutuvchi issiqlik almashingich paneli o’rtasidagi berk havo prosloykasi optimal qalinligi hisobi.
Chuchuklantirish qurilmasi asosan sho’r va minerallik darajasi yuqori suvlarni chuchuklantirishda ishlatiladi va ular quyidagilarga bo’linadi:

  1. Oyna konstruktsiyali qurilma

  2. Parnik konstruktsiyali qurilma

Oyna konstruktsiyali chuchuklantirish qurilmasi to’g’ri va egri oynalar sistemasidan tashkil topgan bo’lib, quyosh nurlarini, qora rangli suv isitgichga uzatadi. Oyna konstruktsiyali chuchuklantirish qurilmalarida sho’r suvlardan (toza suv olishda) bug’lantirib, suv isitgichlarda o’tkaziladi, har xil konstruktsiyali suv isitgichlar turli issiqlik tashuvchilar bilan to’ldiriladi (yumshoq suv, rtut yoki suyuqlik (SN) uglevodorod yuqori haroratda qaynatishga moslashgan suyuqliklar bo’ladi).
Issiqlik tashuvchi qiziganda issiqlik almashinuvchi qurilma orqali bug’lanayotgan sho’r suvga issiqlikni beradi. Oyna konstruktsiyali qurilma quyoshga moslashib aylanib turadi. Oyna konstruktsiyali chuchuklantirish qurilmasini qurishga sarflanadigan harajatlar juda yuqori, shu sababli suvni sho’rsizlantirishda bu qurilmalardan kam foydalaniladi.
Parnik konstruktsiyali sho’rsizlantirish qurilmasi (10-rasm) 1-suv olish tarnovi, 2-lotok devorning bo’yi bo’yicha ikki yoqlama germetik plyonka yoki oyna bilan yopiladi. Tarnov osti qora rangli bo’yoq bilan bo’yalgan. Gruntdan pastda bu ham issiqlik o’tkazuvchi qoplama bilan o’ralgan (4-penobeton, penoplast va boshqalar bilan). Chuchuklantirish qurilmasiga doimiy ravishda sho’r suv bachok orqali qurilmaning tarnov ostiga uzatiladi. Tarnov ostidagi sekin harakatlanayotgan sho’r suv quyosh nurlari natijasida isitilib bug’lanadi.
Bug’lanmagan suv chiqaruvchi quvur orqali chiqib ketadi. Tom yopma ostida suv bug’i kondensatsiyalanadi.

Vaqti-vaqti bilan sovuq sho’r suv oyna ustiga sepib turiladi. Kondensat tomchilari suv yig’ish tarnovini pastiga yig’iladi va chuchuk suv rezervuarlariga gidravlik qulf bilan ta`minlangan qisqa quvur orqali yuboriladi.


Bu tipdagi qurilma 1872 yilda Los-Anjelos va Chilida birinchi marta qurilgan. Bu qurilmaning tarnov maydoni 4760 m3 bo’lgan. Yoz kunlari tarnovdagi sho’r suvning darajasi 650S gacha ko’tariladi. Qurilma ishlab-chiqarish koeffitsienti 4,8 l/sutka, 1 m2 maydondagi ishlab chiqarish koeffitsientini oshirish uchun shu tipdagi qurilmani quyosh nurini tushish burchagini hisobga olgan holda o’rnatish kerak.
K.G.Trofimov chuchuklashtirish qurilmasi maxsus burchak ostida ko’tarilgan yashik bo’lib, 1-oynali ustyopmadan iborat, tashqi devorlar, yashik osti issiq o’tkazuvchi materiallar bilan qoplangan. Ichkaridan esa 2-qora metall bilan qoplangan, unga tarnovdan sho’r suv uzatiladi, 3-qora metall ustidagi ortiqcha va bug’lanmagan sho’r suv 4-yig’uvchi tarnovga oqib boradi va gidravlik quvur orqali chiqib ketadi. Chuchuklantirish qurilmasi oynali yopilmaning ostidagi suv bug’i kondentsiyalanadi va 5- suv yig’ish tarmog’ig’a chuchuk suv oqib boradi. (11-rasm)
Toshkentda K.G. Trofimov tomonidan o’tkazilgan tajribalarning ko’rsatishicha, bu qurilma yoz kunlari 1m2 maydondan soatiga 0,35 litr chuchuk suv ishlab chiqarishi mumkin.
Toshkent viloyatidagi bu qurilmaning bir yillik ishlab chiqarish koeffitsienti 1m2 maydondan 700 l chuchuk suvga to’g’ri keladi. Qurilmaning ishlab chiqarish
koeffitsientini oshirish uchun suv bug’lari kondensatsiya jarayonida parnikdan alohida joylashgan kondensatorga chiqariladi va 1 ventilyator orqali tashqaridagi havo 2- parnikka kiritiladi. U erdan havo bilan ta`minlangan suv bug’lari 3- kondensatorga boradi, - qovurg’ali quvurlar ustida bug’ kondensitsiyalanadi. Quvurlar o’z navbatida sho’r suv bilan sovutiladi (12-rasm).
Amerikaning janubiy rayonlarida ushbu tipdagi qurilma parnikli qurilmaning 1 m2 maydondan sutkasiga 6 litr cuchuk suv beradi.



Konstruktsiyasi takomillashtirilgan issiqxonalar

Issiq havo massasining harorat rejimi issiq xonaga tushayotgan quyosh radiatsiyasi miqdoriga va atrof-muhit haroratiga to’liq bog’liq. Bu joyning geografik shart-sharoitlari va issiqxona konsturuktsiyasiga bog’liq.
Barcha mavjud shisha va plyonka yorug’lik o’tkazuvchi to’sgihli issiqxonalar konstruktsiyalari o’zining vazifasiga va tayyorlash texnologiyasiga ko’ra qishki va bahorgi turlarga bo’linishi mumkin. (parniklar).
Qishki issiqxonalar asosan shisha to’siqlar bilan, Ba`zan (janubiy tumanlar sharoitlarida) qo’shimcha issiqlik ta’minoti tizimlari bilan birgalikda plyonka yopqichlar bilan quriladi.
Odatda, parniklarda yorug’lik o’tkazuvchi to’sgih sifatida turli polimer plyonkalar qo’llaniladi va sovuqqa chidamli ekinlarni bahor va kuz oylarida o’stirish
uchun foydalaniladi. Qo’shimcha isitish tizimining yo’qligi sababli parniklarda kunduzgi quyosh issiqligini yig’ish katta ahamiyatga ega.
Markaziy Osiyo regioni mamlakatlari sharoitida qishki issiqxonalarda quyosh issiqligini yig’ish, bino ichidagi havo muhiti haroratini sutkali o’zgarishini tekislash va shu yo’l bilan isitish uchun sarf bo’ladigan organik yoqilg’ini iqtisod qilish asosiy omil hisoblanadi.
Issiqxonalardagi umumiy issiqlik yo’qolishining 80-90% yorug’lik o’tkazuvchi to’siqlarga to’g’ri keladi. Bu yo’qolishni yo’qotish uchun bir qatlamli o’rniga ikki qatlamli yorug’lik o’tkazuvchi to’siqlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Parnik va issiq xonalarda noan’anviy qo’shimcha issiqlik manbalari sifatida tuproq va organik moddalar (go’ng, o’simlik chiqindilari, taxta qirinilari va boshqalar) aralashmalari (substrat)dan foydalanish mumkin. Ulardan bioximik jarayon oqibatida issiqlik ajralib chiqadi va o’simlik ildiz tizimi atrofini qizdiradi va havoni isitadi.
Parnik va issiq xonalardan foydalanish avval o’stirilmaydigan ekinlarni (tsitriusli) katta miqdorda yetishtirish imkonini beradi. Bundan tashqarii sabzavot va kartoshkaning erta pishar navlarini ishlab chiqarish imkoniyatlarini oshiradi


Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish