14-maliy mashg’ulot
Yassi quyosh kollektorlari korpusi orqali atrof muhitga nur yutuvchi issiqlik almashingich paneldagi yig’indi issiqlik yuqotilishlari samarali keltirilgan koeffitsientining hisobi.
Quyosh radiatsiyasi - amaliy jihatdan qaraganda tugamaydigan va ekalogik sof energiya manbaidir. Atmosfera ustki qatlamida quyosh energiyasi oqimining
quvvati
1,7 1014
kVt ga, Er yuzasida esa- 1,2 1014
kVt ga teng. Erga yetib
keladigan quyosh energiyasining yillik umumiy miqdori
1,05 1018
kVt soatni tashkil
qiladi, shu jumladan erning quruq yuzasiga yetib keladigan miqdori
2 1017
kVt
soatni tashkil etadi. Yetib keladigan quyosh energiyasi 1,5% bo’lgan qismidan ekologik muhitga hech qanday zarar yetkazmagan holda foydalanish mumkin.
Tropik zonalarda va sahrolarda quyosh nurlari oqimining sutkalik o’rtacha intensivligi 210-250 Vt/m2 (18-21,2 MGVt/m2 ga teng, Markaziy Osiyoda 130-210 Vt/m2) ga, maksimal kattaligi esa 1000 Vt/m2 gacha yetadi. O’rta Osiyo respublikalarida yillik quyosh nurlari miqdori 2700-3035 soatni tashkil etadi. Kavkaz orti respublikalarida 2130-2520 soatni, Ukrainada va Moldaviyada 2000-2080 soatni tashkil etadi. Bir yilda 1 kv.m gorizontal er sirtiga tushadigan quyosh energiyasi miqdori Ashxabodda 1720 Vt/soat, Odessada 1345 Vt/soat , Moskvada 1015
Vt/soatga teng keladi. Geliotexnika qurilmalari yordami bilan shu energiyaning 10-15 foizidan foydalanish mumkin.
Isroilda esa quyosh nurlanishining tushayotgan oqimi yuqori zichligi taxminan 2000 Vt/ m2 ni tashkil qiladi. Shu bilan birga mamlakat tabiiy energetika resuslariga ega emas; elektr energiyasi va yoqilg’i ko’mir neftni import qilish asosida olinadi. Hozirgi paytda mamlakat elektr energiyasi generatsiyalashgan quvvati taxminan 6,5 GVt ni yoki aholi jon boshiga qariyib 1 kVt ni tashkil qiladi-bu kattalik so’nggi yillarda ko’tarildi, chunki hayotning barcha sohalarida elektr energiyasiga ehtiyoj kuchaydi.
Bunday hol quyosh energiyasidan foydalanish sohasidagi yangi ishlanmalarga turtki berishi tabiiy. Bundan tashqari ulkan cho’l hududlarining mavjudligi (mamlakat butun hududining taxminan 60 foizini tashkil qiladi) mazkur maydonlarni energetika quvvatlarini olish uchun qo’llash imkoniyatlarini izlab topishga majbur qiladi.
Quyosh issiqlik energiyasidan binolarni isitish uchun muvaffaqiyatli qo’llanilmoqda, quyosh energiyasidan foydalanib isitilgan yoki suyuqlikning harorati (500S atrofida) pol ichida isituvchi yoki «ventilyator zmeevik» turli tizimlarida foydalanish uchun yetarlidir. Oddiy issiq suv radiatorlarini qo’llash maqsadga muvofiq emas, chunki kollektordan chiqishdagi ishchi harorat yetarli darajada past (800S atrofida). Quyosh isitgichining asosiy afzalligi shubhasiz arzonligidir. Shunga qaramasdan agar qo’shimcha (rezerv) qurilmani o’z vaqtida ishga solinmasa, binodagi issiqlik zaxirasi yo’qolishi mumkin. Chunki yilning sovuq davrida issiqlikka bo’lgan talab yuqori bo’ladi. Boshqa kamhiligi «ventilyator zmeevik» tizimining samaradorligini kamaytiradi. Lekin, Shunga qaramasdan tizimning avtonom ravishda ishlashi va uning atrof muhitga zarar keltirmasligi tufayli uning ba`zi bir binolarda ishlatilishi istiqbolli hisoblanadi.
Odatda, isitish qurilmasi issiq suv ta’minoti tizimi bilan boshqaruvchi moslama orqali birlashtiriladi. Boshqaruvchi moslama issiq suvga talab bo’lganda qurilmani ishga tushiradi yoki harorat past bo’lganda isitish tizimini foydalaniladigan issiq suv bilan ta`minlaydi. Energiya tejashning boshqa yo’li bu markaziy issiqlik ta’minoti
tizimida quyosh isitish qurilmalaridan foydalanishdir. Bunday holda yig’uvchi yuza maydoni 500 m2 dan katta bo’lishi kerak bo’ladi.
Quyosh energiyasidan foydalanishning zamonaviy usullari turli mamlakatlarda samarali qo’llanilmoqda. Jumladan, Isroilda quyosh energiyasidan foydalanishning eng ma’lum misollaridan biri mamlakatning istalgan joyidagi uylar tomlarida o’rnatilgan suv isitgichlar (boyler)dir. Maishiy ehtiyojdagi ko’p uchraydigan qurilma 150l sig’imli issiqlik o’tkazmaydigan suv rezervuari va 2m2 maydondagi quyosh batareyasi yassi paneldan iborat. Batareya issiqlik energiyasini akkumulyatsiyalaydi va suvni isitadi, u esa nasossiz o’zi oqib rezervuarga tushadi. Bunday tizimlarning o’rtacha yillik samaradorligi taxminan 50 foizni tashkil qiladi, shu tariqa bunday qurilma uning egasiga yiliga taxminan 2000 kVt/soat (ya`ni elektr energiyasi qiymatini hisobga olganda tegishli summani) tejash imkonini beradi, oddiy kunda qurilma boylerdagi suv haroratini taxminan 300S ga ko’tara oladi, ya`ni suvni 500S ga qadar isitadi. Amalda bu qurilma egasi yilning asosiy qismi davomida zaxiradagi elektr isitgichdan (barcha boylerlarda u mavjud) foydalanmasligini anglatadi, chunki u yuvinish uchun issiq suvni «tekin»ga oladi. Katta tizimli sig’imlar (odatda nasoslar qo’llaniladi) ko’p qavatli binolar, ba`zi inshoatlar, shuningdek mamlakatning ko’plab sanoat korxonalarini suv bilan ta`minlashda qo’llaniladi
Do'stlaringiz bilan baham: |