10- Amaliy mashg’ulot
Yorug’ shaffof qoplama ichki yuzasi va nur yutuvchi issiqlik almashingich panel frontal yuzalari o’rtasidagi yig’indi issiqlik almashinuvi koeffitsientining hisobi.
Kollektor ishi samaradorligi uni tavsiflovchi egri chiziq yordamida aniqlanadi (7-rasm). U kollektor foydali ish koeffitsienti (FIK) bilan o’lchamsiz parametr Tj ni bog’laydi va quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
0
bu erda:
T U
Tu Тур I
(1)
I -tushayotgan quyosh radiatsiyasi zichligi Вт м2
Rasmda ko’rinib turibdiki, tashqi muhit va kollektorga tushayotgan suyuqlik haroratini o’zaro teng bo’lganda kollektor maksimal samara bilan ishlaydi. Kollektorga kirishdagi suyuqlik haroratining ko’tarilishi bilan uning FIKi tushadi va Shunday fursat keladiki, kollektor orqali o’tayotgan suyuqlik harorati ko’tarilmaydi, ya`ni kollektor FIKi nolga teng bo’ladi.
Ba`zan kollektor quyosh tizimining mo’tadil harorat tartibida ishlashini ta`minlash maqsadida bir necha kollektorlarni parallel yoki ketma-ket ulashni amalga oshirish foydalidir.
Kollektor ishi sifati uning joylashishi bilan ham bog’liq. Kollektorning joylashtirishda qiyalik burchagini to’g’ri ta`minlash lozim. Uning kattaligi joylashtirish o’rnining geografik kengligiga bog’liq. Kollektorga tushayotgan quyosh nurlari iloji boricha to’g’ri burchak hosil qilib tushishi kerak. Bundan tashqari, kollektor ekvator tomonga yo’nalishda mo`ljallangan bo’lishi kerak. Noto’g’ri mo`ljal uning samaradorligini sezilarli darajada (25%) gacha pasayishga olib keladi.
Isroilda quyosh energiyasidan foydalanishning eng ma’lum misollaridan biri mamlakatning istalgan joyidagi uylarning tomlarida o’rnatilgan suv isitgichlari (boylerlar) dir. Maishiy ehtiyojdagi ko’p uchraydigan qurilma 150 l sig’imli issiqlik o’tkazmaydigan suv rezervuarlari va 2m2 maydondagi quyosh batareyasi yassi paneldan iborat. Batareya quyosh issiqlik energiyasini akkumulyatsiyalaydi va suvni isitadi, u esa nasossiz o’zi oqib rezervuarga tushadi. Bunday tizimlarning o’rtacha yillik samaradorligi taxminan 50% ni tashkil qiladi. Shu tariqa, bunday qurilma uning egasi yiliga taxminan 2000 kVt/soat (ya`ni elektr energiyasi qiymatini hisobga olganda tegishli summani) tejash imkonini beradi. Oddiy kunda qurilma boylerlar suv haroratini taxminan 300 S ga ko’tara oladi, ya`ni suvni 500 S haroratiga qadar isitadi. Amalda bu qurilma egasi yilning asosiy qismi davomida zaxiradagi elektr isitgichdan (barcha boylerlarda u mavjud) foydalanmasligini anglatadi, Chunki u yuvininsh uchun issiq suvni «tekin» ga oladi. Katta sig’imli tizimlar (odatda nasoslar qo’llaniladi) ko’p qavatli binolar, ba`zi kibutsiyalar, Shuningdek mamlakatning ko’plab sanoat korxonalarini suv bilan ta`minlashda qo’llaniladi.
11- Amaliy mashg’ulot
Yorug’ shaffof qoplamali va nur yutuvchi issiqlik almashingich panel o’rtasiga to’g’ri kelgan berk havo prosloykasida issiqlik almashinuvi koeffitsientining konvektiv, konduktiv va nurli tashkil etuvchilarini aniqlash uchun formulalar hisobi.
QISTT ning asosan ikki xili mavjud, issiqlikni tabiiy uzatish (8a-rasm) va issiqlikni tashuvchini majburan haydab tsirkulyatsiya qilish (8b-rasm) turlari mavjud. Agar quyosh energiyasi kollektor konturida va issiqlik bak-akkumulyatorida suv bo’lsa, QISTT bir konturli sxemada bajariladi. Issiqlik tashuvchining muzlab qolishining oldini olish maqsadida QEK konturida antifrizdan foydalanish mumkin, u holda antifrizdan suvga issiqlik almashtiruvchi (teploobmennik) orqali uzatiladi va QISTT ikki konturli sxema orqali bajariladi. (9a-rasm).
QISTT ning birinchi tipi odatda iste`molchilar ko’p bo’lmaganda foydalaniladi, u holda issiqlik bak-akkumulyatori quyosh energiyasi kollektoridan yuqoriroq erga joylashtirilishi kerak. Istemol miqdori katta bo’lsa, issiq suv tsirkulyatsiyasi uchun nasos o`rnatish kerak bo’ladi. (9b-rasm)
1-quyosh energiyasi kollektori, 2-issiq suv bak-akkumulyatori, 3-nasos, 4-aralashtirgich ventil
farqi hisobiga, akkumulyatordagi suv qatlam-qatlam bo’lib joylashishga moyil bo’ladi, ya`ni harorati har xil bo’lgan qatlamlar hosil bo’ladi. Shunday qilib, suyuq issiqlik tashuvchidan foydalanilganda bak ichida vertikal yo’nalgan harorat gradienti hosil bo’ladi haroratlar farqi bir necha o’n gradusgacha etishi mumkin. Shu sababli kechasi (quyosh radiattsiyasi yo’q vaqtda) issiqlik tashuvchining teskari oqimini yo’qotish uchun termosifon tsirkulyatsiyadan foydalanish asosida qurilgan tizim teskari klapan bilan ta`minlanishi kerak. Qatlamlarning hosil bo’lishi akkumulyator shakliga ham bog’liq. Rezervuarning balandligi o’zining diametriga nisbatan kamida ikki marta katta bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |