15-maliy mashg’ulot
Yassi quyosh kollektorlari korpusining yon devori va tubining yorug’ shaffof qoplamasi yuza maydonining uning frontal yuzasi maydoning munosabati haqida ma’lumotlar.
Issiq suv ishlab chiqarish quyosh energiyasidan foydalanishning eng ko’p tarqalgan yo’li hisoblanadi. Uy turar-joylarni va ijtimoiy-maishiy xizmat ob`ektlarini issiq suv bilan ta`minlash uchun qo’llaniladigan qurilmalar bir qator ayniqsa, an`anaviy energiya resurslari taqchilligi hukm surayotgan mamlakatlarda keng tarqalgan.
Issiq suv iste`moli sutkasiga 40 litr bo’lganda, O’rta Osiyo iqlim sharoiti uchun yig’ish yuzasi 1 mkv. bo’lgan kollektor va sig’imi 50 litr bo’lgan bak-akkumlyator yetarli. Bunday tizim, suvni 10 s dan 50 s gacha isitish uchun yetarli va yiliga 0,15 t organik yoqilg’ini iqtisod qilish imkonini beradi.
Tijorat nuqtai nazaridan qaraganda bu eng ko’p tarqalgan geliyli suv isitgich hisoblanadi. Yuqorida ta`kidlab o’tilganidek, ochiq konturli, hamda bir va ikki konturga ega bo’lgan yopiq tizimlar mavjud.
Ochiq konturli qurilma. Ular montaj va ekspulutatsiya nuqtai nazaridan eng tejamli, hamda yuqori unumli hisoblanadi. Lekin, shunga qaramasdan qator omillar ulardan foydalanishni chegaralaydi.
Suv sifati-Ochiq konturda chiqindilar hosil bo’lishi hisobiga, jiddiy muammolar paydo bo’lishi mumkin. Bunday muammolarni maxsus qo’shilmalar yoki elektron qurilmalar yordamida hal qilish mumkin.
Mavsumiy muzlash–Ochiq konturda issiqlik tashuvchi sifatida suv ishlatiladi. Agar yetarli antifriz qo’shish imkoniyati bo’lmasa, yilning sovuq vaqtlari qurilma
bo’shatilishi lozim. Chunki, suv muzlaganda kengayib quvurni yorib yuborishi mumkin. Yuqoridagilarga ko’ra bunday tizimlar yil davomida issiq bo’ladigan regionlarda yoki mavsumiy qo’llanilishi mumkin.
Yopiq konturli qurilmalar-Bu qurilmalarning eng ko’p tarqalgan qurilmalardir. Ular ochiq konturli qurilmalarga qaraganda murakkabroq. Chunki, ularga o’ziga xos unsurlar (issiqlik almashtirish nasos va boshqalar) mavjud. Qurilmalarning unumdorligi har doim issiqlik almashtirgich unumdorligiga bog’liq.
Shuning uchun katta qurilmalarda yassi issiqlik almashtirgichlarni qo’llash maqsadga muvofiqdir. Yopiq konturli qurilmalarda birlamchi kontur suyuq antifriz- suv eritmasi bilan to’ldirilgan. Ko’proq kontsentiratsiyasi 20-30% bo’lgan gilikolg hodisasi hisoblangan antifriz ishlatiladi.
Qurilmalarning boshqa turlari ham mavjud bo’ladi, ulardan quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
Kompakt bloklar. Aholini issiq suv bilan ta`minlash uchun ishlatiladi. U (konstruktor) tipdagi oddiy qurilma bo’lib, barcha kerakli unsurlarni o’z ichiga oladi. Ular yig’uvchi yuza (2 dan 8 mkv.gacha), akkumulyator-bak (sig’imini 150 dan 300 litrgacha) va zaxira tizimi (akkumulyator ichiga joylashgan elektrik isitgich)larni o’z ichiga oluvchi yagona blokdan tashkil topgan. Ularni o’rnatish uchun kerak bo’lgan uskuna va jihozlarga nasoslar, elektr energiya manbai, vodoprovod bilan bog’lovchi quvurlar va iste`molchidagi issiq suv krani kiradi. Ularning afzalligi montajning soddaligi va boshqa qurilmalarga nisbatan past qiymatga ega ekanligidadir. Bu ularning ommaviy ravishda ishlab chiqarishning asosiy sababidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |