Namangan muxandislik qurilish instituti r. O. Ismatov korxonada sifat menejmenti tizimi


Sertifikatlashtirishni o’tkazish bosqichlari



Download 2,77 Mb.
bet66/92
Sana08.02.2022
Hajmi2,77 Mb.
#435275
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   92
Bog'liq
Korxonada sifat menejmenti

9.2. Sertifikatlashtirishni o’tkazish bosqichlari
Milliy sertifikatlash tizimi doirasida sertifikatlashtirish ishlari buyurtmachi tomonidan tanlangan sertifikatlashtirish turi bo’yicha aniqlangan tizim doirasida olib boriladi. Sertifikatlashtirish tartibi va uning o’rnatilgan qoidalari mavjud bo’lib, sertifikatlashtirishning asosiy bosqichlari, uning ob’ekti va turlariga bog’liq bo’lmagan o’zgarmas jarayondir. Buni quyidagi beshta asosiy bosqichga bo’lishimiz mumkin:
1. Sertifikatlashtirishga ariza.
2. Sertifikatlashtirish bo’yicha qaror qabul qilish.
3. Sertifikatlashtirish ob’ektini muvofiqligini o’rnatilgan talablar bilan baholash.
4. Muvofiqlikni baholash natijalarini tahlili va uni rasmiylashtirish.
5. Sertifikatlashtirish ob’ekti ustidan inspektsiya nazorati.
Mahsulotlarni uzluksiz ishlab chiqarishda sertifikatlashtirish ishlarini o’tkazish tartibi quyidagilardan iborat:

  • Mijoz o’rnatilgan tartibda sertifikatlashtirish organiga buyurtma-ariza taqdim qiladi;

  • Sertifikatlashtirish organi(idorasi) arizani ko’rib chiqib, qaror qabul qiladi;

  • Sertifikatlashtirish organi mutaxassisi topshirilgan xujjatlarni tahlilini o’tkazadi;

  • O’rnatilgan tartibda mutaxassis mijoz ishtirokida ishlab chiqarish, tayyor mahsulotni saqlash sharoitlarini o’rganib chiqadi;

  • Texnologik jarayonda qo’llaniladigan o’lchov vositalarining holati ko’zdan kechiriladi;

  • Tayyor mahsulotni to’pidan mijoz ishtirokida mutaxassis namunalar tanlaydi va namunalar tanlash va identifikatsiya dalolatnomasi tuziladi;

  • Tanlangan namunalar sinov laboratoriyasiga topshiriladi;

  • Mijoz va sertifikatlash idorasi o’rtasida o’tkaziladigan sertifikatlashtirish ishlari bo’yicha shartnoma tuziladi;

  • Sinovdan o’tkazilgan va me’yoriy xujjatlar talablariga javob beradigan mahsulotga, ishlab chiqarish uchun muvofiqlik seritfikati rasmiylashtiriladi;

  • Sertifikatlashtirish ishlarini to’lovi o’tkazilgandan so’ng, mijozga muvofiqlik sertifikati beriladi.

Mahsulotni to’pi bo’yicha sertifikatlashtirish ishlarini tartibi:

  • Mijoz o’rnatilgan tartibda deklaratsiya – ariza topshiradi;

  • Sertifikatlashtirish organi deklaratsiya arizani ko’rib chiqib qaror chiqaradi;

  • O’rnatilgan tartibda mutaxassis identifikatsiyani o’tkazib mahsulotni to’pidan mijozni ishtrokida namunalar tanlaydi va namunalar tanlash dalolatnomasini tuzadi;

  • Tanlangan namunalar sinov laboratoriyasiga topshiriladi;

  • Mijoz va sertifikatlash organi o’rtasida o’tkaziladigan sertifikatlashtirish ishlari bo’yicha shartnoma tuziladi;

  • Sinovdan o’tkazilgan va me’yoriy xujjatlar talablariga javob bergan mahsulotni to’piga muvofiqlik seritfikati rasmiylashtiriladi;

  • Sertifikatlashtirish ishlarini to’lovi o’tkazilgandan so’ng, mijozga muvofiqlik sertifikati beriladi.

Mahsulotni sertifikatlashtirish uchun taqdim etiladigan xujjatlar:

  • Ishlab chiqarilayotgan mahsulotga me’yoriy xujjat nusxasi (u mavjud bo’lganda);

  • Mahsulotni markirovka qilish namunasi (mahsulot to’g’risida axborot);

  • O’zbekiston Respublikasi bojxona hududiga yetib kelganligi to’g’risidagi belgi qo’yilgan tovarning ilova xujjati (tovar-transport yuk xati, invoys, schyot-faktura) nusxasi.

CHet el muvofiqlik sertifikatlarini e’tirof etish tartibi:

  • Mijoz o’rnatilgan tartibda deklaratsiya – ariza topshiradi;

  • Sertifikatlashtirish organi deklaratsiya arizani ko’rib chiqib qaror chiqaradi;

  • O’rnatilgan tartibda sertifikatlash organi mutaxassisi mijoz ishtrokida mahsulotni to’pini identifikatsiyasini o’tkazadi;

  • O’tkazilgan sertifikatlashtirish ishlari uchun mijozga to’lov shartnomasi rasmiylashtiriladi;

  • Olingan xujjatlar va materiallarni tahlil qilish, shuningdek mahsulotni identifikatsiyalash asosida sertifikatlashtirish organi chet el muvofiqlik sertifikatini e’tirof etish (etmaslik) to’g’risida qaror qabul qiladi;

  • Sertifikatlashtirish ishlarini to’lovini o’tkazilgandan so’ng, mijozga muvofiqlik seritfikati beriladi.

Quyidagi ishlar davlat tomonidan moliyaviy ta’minlanadi:

  • sertifikatlashtirishni rivojlantirishning istiqbollarini, uni o’tkazish qoidalari va tavsiyalarini ishlab chiqish;

  • sertifikatlashtirish sohasida rasmiy axborotlar bilan ta’minlash;

  • xalqaro (mintaqaviy) sertifikatlashtirish tashkilotlari ishida qatnashish hamda chet el milliy sertifikatlashtirish organlari bilan xamkorlikda ishash;

  • sertifikatlashtirish yuzasidan xalqaro (mintaqaviy) qoidalar va tavsiyalar ishlab chiqish hamda ularni ishlab chiqish jarayonlarida qatnashish;

  • sertifikatlashtirish yuzasidan umumdavlat ahamiyatiga molik ilmiy-tadqiqot ishlari va boshqa ishlar olib borish;

  • sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etilishi ustidan hamda sertifikatlangan mahsulot ustidan davlat tekshiruvi va nazoratini olib borish.

Tayyorlovchilarning (tadbirkorlarning, sotuvchilarning, ijrochilarning) majburiy sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etishlari ustidan davlat tekshiruvi va nazoratini “O’zstandart” agentligining davlat inspektorlari, qonun hujjatlarida belgilab qo’yilgan tartibda amalga oshiradi.
Sertifikatlangan mahsulot, sifatni boshqarish tizimlari, ishlab chiqarish, akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalari (markazlari), sertifikatlashtirish organlari ustidan nazorat yo’sinidagi tekshiruvni sifat bo’yicha ekspert-auditorlar “O’zstandart” agentligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Ixtiyoriy sertifikatlashtirishni “O’zstandart” agentligi belgilab qo’ygan tartibda akkreditatsiya qilingan yuridik va jismoniy shaxslar amalga oshirishga haqlidir.



Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish