7.8. Milliy sertifikatlashtirish tizimlari Sanoati rivojlangan davlatlarda sertifikatsiyalash o’tgan asrning 20-30-yillarida paydo bo’ldi. Keyinroq Yaponiya, Hindiston, Yugoslaviya va boshqa davlatlarda eksport qilinadigan mahsulotlarning sifatini oshirish maqsadida Milliy sertifikatsiyalash tizimlari tuzila boshlandi.
1981 yildan boshlab Frantsiya xukumati 18 ta milliy tashkilotni sertifikatlashtirish bo’yicha vakolatli organ sifatida tan oldi, ularning ichida eng nufuzligi “AFNOR” muxim ahamiyat kasb etdi.
1983 yilda mahsulotni muvofiqlik belgisi bilan tamg’alash huquqini bir necha ming xil mahsulotlar ishlab chiqaradigan 2000 ta korxona olgan. Mufoviqlik belgisi bilan chiqarilgan mahsulotning umumiy xajmi 40 mlrd. frankka yetgan.
Frantsiyada NF belgili milliy sertifikatlash tizimi sertifikatsiya tizimlariga uchinchi tomondan yondashadi va quyidagilarni nazarda tutadi:
mahsulotni muvofiqlik belgisi bilan tamg’alash huquqini beradigan sertifikat yoki litsenziyalarni berishni;
ishlab chiqarish yoki savdo doirasidan olingan mahsulotni davriy nazorat qilish hamda korxonalarda nazoratni amalga oshirishni nazarda tutadi.
Germaniyada standartlarga muvofiqlik belgisi (DIN) 1920 yil nemis standart instituti tomonidan ta’sis qilingan. U mahsulotning barcha turlariga (namunalar sinovini o’tkazish va ishlab chiqarishni nazorat qilishning maxsus tartibiga ega bo’lgan gaz jixozlari, suv bilan ta’minlash jixozlari va boshqa ayrim mahsulotlar bundan istisno) tarqalgan.
DIN standartlari muvofiqlikni sertifikatlashtirish tizimi mahsulotning 110 guruxini qamrab olgan. Unga mahsulotni DG-WK (mahsulotni tamg’alash nemis assotsiatsiyasi) belgisi bilan tamg’alash uchun 15000 dan ortiq litsenziya berilgan. Bu sertifikatlashtirish tizimida amaldagi qoidalarga rioya qilish majburiyatini olish sharti bilan xorijiy yetkazib beruvchilar ham ishtirok etishlari mumkin.
Germaniyada muayyan bir mahsulotni sertifikatlash tizimlari ham mavjud, misol uchun, elektrotexnika va elektron jixozlarni sertifikatlash tizimi DIN VDE bilan hamkorlikda elektrotexnika, elektronika va aloka sohalarida milliy standartlar ishlab chiqilmoqda.
Germaniyada har xil maqomga ega bo’lgan ko’pgina sertifikatlash tizimlari o’z-o’zini sertifikatlash, 4 va 5 tizim chegaralarida uchinchi tomondan sertifikatlash tizimlari faoliyat ko’rsatmoqda.
Buyuk Britaniyada ham bir necha milliy sertifikatlash tizimlari faoliyat ko’rsatadi. Bular ichida Britaniya instituti tomonidan yaratilgan BSI tizimi eng yirik xisoblanadi. Bu tizim aloxida milliy standartga tegishli belgiga egadir. Mahsulotni sertifikatsiyalash tartibi Frantsiya va Germaniyadagi tartib bilan bir xil.
BSI ruxsatisiz korxonalar mahsulotlarini o’zgartirishlari mumkin emas. Mahsulot tarkibidagi o’zgarishlar bir necha tajribalardan so’ng, QUAD ruxsati bilan kiritiladi. Litsenziyaning muddati bir yil, keyin esa uning muddati uzaytirilishi kerak.
Britaniya tizimi 250 dan ortiq milliy standartlarni qamrab oladi, milliy va xorijiy firmalarga mingdan ortiq litsenziyalar berilgan. BSI muntazam ravishda sertifikatsion mahsulotlar ro’yxatini chop etadi hamda haridorlar uchun qo’llanma nashr etib boradi, unda har bir milliy standart bo’yicha berilgan sertifikat haqida ma’lumot beriladi.
AQSHda, Garbiy Yevropadan farqli ravishda, sertifikatlash qoidasi yoki sertifikatsiya bo’yicha birorta milliy tashkilot yo’q. Har hil ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyalari va xususiy kompaniyalar uchun yuzlab tizimlar mavjud. Xuddi shunday holat standartlashtirishga ta’luqli, ya’ni standartlarni har hil statusga ega bo’lgan yuzlab tashkilotlar ishlab chiqadi. SHuning uchun mavjud bo’lgan sertifikatsion tizimlar uchun umumiy kriteriyalarni yaratish bo’yicha harakatlar qilinmoqda. SHu maqsadda sinov laboratoriyalarining milliy akkreditatsiya tizimi yaratilgan va sertifikatsion tizimlarni registratsiya qilish tizimlari yaratilmoqda.
AQSHda Sug’urta kompaniyalar milliy laboratoriyasi, Amerika gaz sanoati korxonalari laboratoriyasi, Nebraska shtatidagi qishloq xo’jaligi texnikasini sinash markazi qoshida yaratilgan sertifikatlashtirish tizimlari katta obro’ga ega. Ular bilan bir qatorda 2000 dan ortiq tijorat sinov laboratoriyalari mahsulotning keng assortimentini standart talablariga muvofiqligini sinash bo’yicha o’z xizmatlarini taklif qiladilar.
Sertifikatlashtirishni amalga oshiriladigan standartlar sifatida Amerika standartlar instituti UL standartlari, yong’indan saqlash Milliy assotsiatsiyasi standartlari va boshqalar xizmat qiladi. AQSHda me’yoriy xujjatlar talablarini xisobga olmagan xalqaro standartlar va boshqa mamlakatlarning standartlari sertifikatsiya o’tkazish uchun qabul qilinmaydi, ya’ni import qilinadigan mahsulotning ma’lum diskriminatsiyasi mavjud.
Yaponiyada 1949 yilda mamlakat olimlari va muxandislari uyushmasi qoshida sifatni nazorat qilish muammosini o’rganish bo’yicha maxsus guruh tashkil qilingan. O’tgan asrning 60-yillarining oxirida esa mamlakatda ishlab chiqarishda sifat nazorati to’la hajmda tatbiq etilgan.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini ta’minlashning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
korxona barcha bo’linmalari va hamma xodimlari ishtirok etadigan mahsulot sifatining to’la nazorati;
sanoat tarmoqlari bo’yicha mahsulot sifati nazorati sohasida o’qitish;
sifat to’garaklari faoliyati;
sifat nazoratining statistik usullarini qo’llash;
sifat g’oyalarini targ’ibot qilish bo’yicha milliy kompaniya.
Yaponiyada sertifikatlashtirishga yapon tovarlarining yuqori sifat darajasini ta’minlash va jahon bozorida ular raqobatbardoshligini oshirish vositasi sifatida qaraladi.
Sanoat standartlashtirish qonunida mahsulotni yapon industrial standartlari JIS talablariga muvofiqligi belgisibilan tamg’alash ko’rsatilgan. U mamlakatda sanoat standartlarini ommalashtirishning samarali vositasi bo’lib xizmat qiladi, hamda firmalar darajasida sifat nazorati usullarini tarqalishiga ko’maklashadi.
JIS belgisidan foydalanish xuquqini sanoatning tegishli tarmoq vazirliklari beradi. Muvofiqlik belgisi ikki “A” va “V” shaklda bo’ladi, ular mahsulot va texnologik jarayonlarni milliy standartlarga muvofiqligini aniqlash uchun qo’llanadi.
Xukumat JIS belgisi bilan tamg’alangan mahsulot va texnologik jarayonlar sifatini kafolatlaydi.
1980 yilgacha xorijiy ishlab chiqaruvchilarga JIS belgisini qo’llash man etilar edi. Keyinchalik xorijiy yetkazib beruvchilar yapon ishlab chiqaruvchilari bilan bir qatorda sertifikatlashtirish protsedurasida qatnashish xuquqiga ega bo’ldilar.
JIS moslik belgisi bilan bir qatorda Yaponiyada ishlab chiqarilgan oziq-ovqat, qishloq xo’jaligi va baliq mahsulotlari uchun JAS belgisi qabul qilingan. U oziq-ovqat, qishloq va o’rmon xo’jaligi mahsulotlarini moslik markirovkasi va standartlash Qonuni asosida kiritilgan.
Sertifikatlash tizimlari Yaponiya iqtisodiyoti tarmoqlarini mashinasozlik, elektrotexnika, kimyoviy sanoat va boshqa hamma sohalarini qamrab oladi. 1983 yilning mart oyida Yaponiya va chet el ishlab chiqaruvchilari uchun markalangan mahsulotni ishlab chiqarish xuquqini beradigan 16000 va 20000 mos ravishda litsenziyalar berilgan.
Xozirgi vaqtda sanoati rivojlangan mamlakatlarda sertifikatlash jarayoni hamma jabxalarga kirib bormoqda. Buni quyidagi ikki omil bilan izoxlanadi:
tashqi va ichki bozorlarda yuqori raqobatbardoshlikni ta’minlash.
Agar raqobatchilardan biri u chiqargan mahsulot sertifikatlashdan o’tganligini ma’lum qilsa, boshqa raqobatchi firmalar shu on bunday chora-tadbirlarni bajarishga majbur bo’ladilar.