7.4. Sertifikatsiyalash tashkilotlari Sertifikatsiyalash tizimining murakkabligiga qarab uchinchi tomon turli tashkilotlarning bo’lishi nazarda tutiladi. Sertifikatsiyalash tizimining birinchi turida keltirilgan namunalarni faqatgina tipik sinov o’tkazilganda, faqat bitta sertifikatsiyalash tashkilotiga ega bo’lish yetarlidir. SHu bilan bir vaqtda 5-turda sertifikatsiyalash tashkiloti bilan bir qatorda standartizatsiyalash va nazorat qilish tashkilotlarini ishtirok etishi ham talab qilinadi.
Umumiy xolda uchinchi tomon orqali sertifikatsiyalash tizimining tashkiliy tuzilishini quyidagicha tasvirlash mumkin (7.4.1-rasm).
Sertifikatlash tashkiloti tizimga va uning faoliyatiga boshchilik qiladi va quyidagi vazifalarni bajaradi:
ayrim mahsulotlar sifatini nazorat qilishni mamlakatimizda joriy etilgan qonunlar va me’yoriy xujjatlar asosida tashkil qilish;
savdo sohasi va mahsulotning iste’molchilari tomonidan ilgari surilayotgan standartlar shartlariga rioya qilish majburiyatlarini nazorat qilish.
Sertifikatlash tashkilotlarining asosiy funktsiyalariga quyidagilar kiradi:
qabul qilingan tizim chegarasida sertifikatsiyani amalga oshirish tartibini ishlab chiqish;
sertifikatlash sinovlarini amalga oshirish uchun sinov laboratoriyalarini attestatsiyadan o’tkazish;
ishlab chiqaruvchi korxonalarda mahsulot sifatini ta’minlash tizimlarini baxolash;
korxonalarni sertifikatsiyalash tizimlariga kiritish to’g’risida qaror qabul qilish;
muvofiqlik sertifikatini yoki muvofiqlik belgisi bilan mahsulot ishlab chiqarishni kafolatlaydigan litsenziyani berish;
sertifikatsiyalanadigan mahsulotlar ro’yxatini yurgizish;
sertifikatsiyalanayotgan mahsulotning sifati to’risidagi baxs va munozaralarni ko’rib chiqish.
Uchinchi tomon orqali sertifikatsiyalash tizimlari quyidagi holatlarda tuzilishi mumkin:
ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyalarida;
mahsulotning asosiy iste’molchilari yoki iste’molchilar guruxi qoshida;
standartlashtirish bo’yicha milliy tashkilotlarda;
yuqori xalqaro nufuzga ega xususiy tashkilotlarda;
keng savdo shoxobchalariga ega bo’lgan yirik savdo tashkilotlarida;
Sertifikatlash tizimining muxim tarkibiy elementi bo’lib, korxonada sifatni ta’minlash tizimi faoliyatini nazorat qiluvchi tashkilot xisoblanadi. Bundan tashqari, u sertifikatlash tashkilotlari laboratoriyalarida sinovni tashkil etishni vaqti-vaqti bilan nazorat qilishni amalga oshiradi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, sertifikatlash – bu mahsulotning ma’lum standartlarga yoki texnik shartlarga muvofiqligini xujjatlar bilan tasdiqlashdir.