7.2. Sertifikatlash tizimining turlari
Yuqorida aytib o’tilganidek, sertifikatsiya o’z-o’zini sertifikatlash va uchinchi tomon orqali sertifikatlashga bo’linadi.
O’z - o’zini sertifikatlashda muvofiqlik sertifikatlari tayyorlovchilar tomonidan beriladi. Ularda, korxonani nomi, mahsulotning sertifikatlashga tegishli bo’lgan tavsiflari ro’yxati, qabul qilingan mahsulotlar partiyasini tartib raqami, shuningdek mana shu mahsulotga nisbatan amaldagi me’yoriy-texnikaviy xujjatlar ko’rsatiladi.
O’z - o’zini sertifikatlash quyidagilarga asoslanadi:
mahsulotga nisbatan aniq va to’liq ma’lumotlarning (standartlar, texnik shartlar va boshqa me’yoriy texnikaviy xujjatlarning) bo’lishi;
korxonada sifatni nazorat qilishni tashkil etishning yuqori darajasi: materiallar va yarim fabrikatlar, texnologik jarayonning barcha bosqichlari, tayyor mahsulot, uni o’rash-joylash bo’yicha;
ishlab chiqaruvchilar tomonidan muvofiqlik arizasiga ko’ra mahsulotning standart shartlariga va boshqa me’yoriy-texnikaviy xujjatlarga javob berishiga to’liq mas’uliyatni, javobgarlikni tan olish. Bunda yuridik yoki administrativ mas’uliyat emas, balki iste’molchilar oldidagi ma’naviy mas’uliyat, sifatning nomuvofiqligi sababli bozorda o’z mahsulotiga nisbatan talabni yo’qotib qo’yish xavfi mas’uliyati nazarda tutiladi. Umuman olganda firmaning nufuzi uchun javobgarlik nazarda tutiladi.
O’z - o’zini sertifikatlash AQSH, Kanada, Germaniya, Gollandiya va boshqa ko’pgina davlatlarda keng tarqalgan. Bu davlatlarda ko’p xollarda ishlab chiqaruvchi korxona maxsus o’rash, joylash ishlarini amalga oshirish yoki mahsulotning milliy standartlarga javob berishini tasdiqlovchi sertifikatlar berish orqali uning sertifikatlashtirilganligini ko’rsatadi.
O’z - o’zini sertifikatlashdan farqli ravishda uchinchi tomon orqali sertifikatsiyalashtirish be’taraf tomon orqali amalga oshiriladi.
Sertifikatlashtirish bo’yicha ISO tarkibidagi qumita tomonidan tayorlangan xujjatda uchinchi tomon tarafidan amalga oshiriladigan sertifikatlashtirishning sakkizta turi berilgan bo’lib, ular mahsulot sifatini aniqlash va ta’minlash ishlarining xajmiga ko’ra bir-biridan farqlanadi. 1-5 turlar mahsulot namunalarini umumiy xolda nazorat qilishga asoslanib, ishlarining xajmiga ko’ra bir-biridan farqlanadi, 6-8 turlari o’zaro bog’lanmagan va 1-5 turlariga ham bog’liq emas (7.2.1-jadval).
Birinchi turi. Bu tur bilan faqat mahsulot namunalari standartlar talablariga muvofiqligini maxsus tasdiqlangan sinov tashkilotlarida sinovdan o’tkaziladi. Bu xildagi sertifikatlashtirishda sinovga taqdim etilgan namunani belgilangan talablarga muvofiqligi tasdiqlanadi xalos. Bu yo’l o’zining soddaligi va unga ko’p harajat talab qilinmasligi tufayli milliy va xalqaro savdo munosabatlarida muayyan darajada tarqalgan.
7.2.1- jadval.
Uchinchi tomondan sertifikatsiyalash turlari
Sertifikatsiya turi
|
Korxo
nalar attesta
tsiyasi
|
Korxonalar
da sinov nazoratini tashkil etishni baxolash
|
Sinov markazla
rida namunalar
ni tipovoy sinovlari
|
Mahsulot sifatining kelgusi nazorati
|
Savdodan olingan namunalar sinovi
|
Ishlab chiqarishdan olingan namunalar sinovi
|
Sifatni ta’minlanis
hida funktsiyalash
tirilgan tizimini kuzatish
|
1
|
-
|
-
|
+
|
-
|
-
|
-
|
2
|
-
|
-
|
+
|
-
|
-
|
-
|
3
|
-
|
-
|
+
|
-
|
-
|
-
|
4
|
-
|
-
|
+
|
-
|
-
|
-
|
5
|
+
|
-
|
+
|
+
|
+
|
+
|
6
|
+
|
+
|
-
|
-
|
-
|
-
|
7
|
-
|
-
|
Tanlovda 100%
|
-
|
-
|
-
|
8
|
-
|
-
|
100%
|
-
|
-
|
-
|
Ikkinchi turi. Bu turda mahsulotning namunalarini mahsus tasdiqlangan sinov tashkilotlarida sinovdan o’tkazilib, so’ngra uning sifatini savdo shaxobchalaridan vaqti-vaqti bilan olinadigan namunalar asosida nazorat qilib boriladi. Bu usul taqdim etilgan namunalar sifatini baxolash bilan seriyali ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatini ham baxolash imkonini beradi. Bu usulning afzalligi uning soddaligidadir. Uning kamchilligi esa nazorat sinovlari natijasiga ko’ra, agar mahsulotning standart talablariga nomuvofiqligi aniqlangan taqdirda ham, baribir uni savdo shaxobchalaridan chiqarib tashlash imkoniyati bo’lmaydi yoki uni chiqarib tashlash uchun birmuncha qiyinchiliklar tug’iladi.
Uchinchi turi. Mahsulot namunalarini mahsus tasdiqlangan sinov tashkilotlarida o’tkazish, so’ngra sotuvchi yoki iste’molchiga yubormasdan turib vaqti-vaqti bilan namunalarning tekshiruvini nazorat qilishga asoslanadi. Ikkinchi turdan farqlanuvchi tomoni shuki, mahsulot savdo shaxobchalariga tushmasdan turib, sinov nazorati o’tkaziladi va standartga nomuvofiqligi aniqlansa, mahsulotning iste’molchiga jo’natilishi to’xtatiladi.
Turtinchi turi. Mahsulot namunalarini xuddi 1-3-turlardagidek sinovdan o’tkazishga assoslangan bo’lib, so’ngra savdo shaxobchasidagi hamda ishlab chiqarishdan olingan namunalarning tekshirish nazoratini vaqti-vaqti bilan o’tkazish orqali, mahsulotning sifati xisobga olinadi. Bu xolda mahsulot ishlab chiqarilib bo’lingandan so’ng, uning ishlab chiqarilishiga ma’lum harajatlar bo’lgandan keyin standart talablariga muvofiqligi aniqlanadi.
Beshinchi turi. Bu tur mahsulot namunalarini tasdiqlangan sinov tashkilotlarida sinovdan o’tkazishga va mahsulot ishlab chiqarishning sifatini baxolashga asoslangan bo’lib, savdo shaxobchasida va ishlab chiqarishda namunalar sifatini nazorat qilib boriladi. Bu sertifikatlashtirish usuli faqat mahsulotning sifatini nazorat qilibgina qolmay, balki korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatini kerakli darajada bo’lishini ham nazorat qiladi. Tabiiyki, korxonada mahsulot sifatini ta’minlashda, tizimni baxolanishida uning me’zonini aniqlash muxim ahamiyatga ega. Ushbu usul sanoati rivojlangan mamlakatlarda hamda xalqaro sertifikatlashtirish tizimlarida eng ko’p tarqalgan. Birinchi-turtinchi turlarga qaraganda bu eng murakkab va nisbatan qimmatroq turadigan sertifikatlashtirish turi bo’lib, uning afzalligi iste’molchi mahsulot sifat darajasini yuqori ekanligiga ishonch xosil qiladi, bu esa asosiy me’zon xisoblanadi.
Oltinchi turi. Faqat korxonadagi mahsulotning sifatini ta’minlash tizimini baxolashni o’tkazishga mo’ljallangan. Bu usul ayrim vaqtda korxona-tayyorlovchini attestatsiyalash deb ham yuritiladi. Bu xil sertifikatlashtirishda faqat korxonaning belgilangan sifat darajadagi mahsulotni ishlab chiqarish qobiliyati baxolanadi.
Ettinchi turi. Mahsulotning har bir tayyorlangan qismidan sinovlarga tanlab olishga assoslangan. Tanlab olingan mahsulotlarning sinov natijalariga qarab tayyorlangan mahsulot qismini transport vositasiga yuklash uchun qaror qabul qilinadi. Bu xildagi sertifikatlashtirish uchun tanlanmaning xajmi aniqlanishi lozim, bu esa tayyorlangan mahsulot qismining katta-kichikligiga, maqbul bo’ladigan sifat darajasiga bog’liq. Qabul qilingan qoidaga asosan tanlanmani to’plash vakolatlangan sinov tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Bu xil sertifikatlashtirish turi statistik usulni qo’llash bilan bog’liqdir.
Sakkizinchi turi. Bu har bir tayyorlangan, ayrim buyumning standart talablariga muvofiqligini sinovlar o’tkazib aniqlashga assoslangan. Bu sertifikatlashtirish usulida yuqoridagi turlarga qaraganda ta’minlovchining mas’uliyati ancha yuqori. Tabiiyki muvaffaqiyatli sinovlardan o’tgan buyumlargina sertifikat yoki muvofiqlik belgisini oladi. Bu usul mahsulotga nisbatan yuqori va qat’iy talablar qo’yilganda ishlatilishga asoslangan yoki mahsulotdan foydalanish jarayonida standart talablarga mos kelmasligi, iste’molchiga katta iqtisodiy zarar yetkazganida qo’llaniladi. Bu xil sertifikatlashtirish qimmatbaxo metallardan va qotishmalardan tayyorlanadigan buyumlarda ko’proq qo’llaniladi. Bundan asosiy maqsad qimmatbaxo metallarning belgilangan miqdorini, tarkibini va buyumning tozaligini tekshirishdir.
Sertifikatlashtirish tizimlarini boshqaruvchi idora muayyan turdagi mahsulot sifatining nazoratini tashkil etish, standartlarga rioya qilishni majburiy talab etish, iste’molchi va savdo talablarini e’tiborga olib, mamlakatdagi amalda bo’lgan qonunlar va me’yoriy xujjatlar asosida o’z ishini tashkil etadi.
Sertifikatlashtirish idorasi sinovlarni o’tkazish, korxonadagi va savdo shaxobchasidagi mahsulotning sifatini nazorat qilish hamda uni tashkil qilish va shunga o’xshash ishlarni bajarib uchinchi tomon vazifasini bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |