Muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berish tartibini tushuntiring?
CHet el muvofiqlik sertifikatlarini e’tirof etish qanday amalga oshiriladi?
O’zbekistonda mahsulotlarni shtrixli kodlashtirish to’g’risida nimalarni bilasiz?
O’zbekistonda sertifikatlashtirish ishlarini amalga oshiruvchi korxonalar va ularni vazifalarini bilasizmi?
9.1. O’zbekistonda milliy sertifikatlashtirish tizimi Sifatni boshqarish tizimlarini sertifikatlashtirish tovar va xizmatlar sifatini oshirishda katta ahamiyatga ega. Tovarlarni sifati doimiy tarzda nazorat qilib boriladi. Tovarlarning yoki xizmatlarning sifatini baxolashda ularning sifat ko’rsatkichlarini me’yoriy xujjatlardagi me’yorlarga mosligi tekshiriladi. Tovarlarni sifatini baxolashda orgonoleptik (inson) va laboratoriya (fizik, kimyoviy) mikrobiologik tekshirish usullaridan foydalaniladi. O’zbekiston Respublikasida sifatni nazorat qilish va boshqarishni mamlakat miqyosida O’zbekiston Respublikasi standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya “O’zstandart” agentligi tomonidan amalga oshiradi. Bundan tashqari mamlakatimizda 90 ga yaqin sertifikatlashtirish va 300 ga yaqin sinov laboratoriyalari faoliyat ko’rsatmokda.
O’zbekiston Respublikasida sertifikatlashtirish tartibi bir xil turdagi mahsulotning har bir turi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan qayd etiladigan sertifikatlashtirish qoidalariga muvofiq keluvchi tartibda amalga oshiriladi.
Mahsulotning tashqi tavsifnomalari va dizaynini o’zgarishi sertifikatlashtirish jarayonida ilgari tekshirilgan xavfsizlik tavsifnomalariga ta’sir etmasa, u xolda zamonaviylashtirilgan mahsulot uchun qo’shimcha sertifikatlashtirish o’tkazilmaydi. Mahsulotning xavfsizligi bo’yicha majburiy tavsifnomalari standartlashtirish bo’yicha mos ravishdagi normativ xujjatlar bilan aniqlanadi.
Majburiy sertifikatlashtiriladigan va shunga muvofiq muvofiqlik deklaratsiyasi bilan tasdiqlanadigan mahsulotlar ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan belgilanadi.
Sertifikatlashtirish qoidaga ko’ra ikki bosqichda amalga oshiriladi:
Birinchi bosqich “O’zstandart” agentligida akkreditatsiya qilingan sanitariya nazorati organlari tomonidan gigienik sertifikatni rasmiylashtirishni o’z ichiga oladi. Bunda zaruriyatga qarab davlat veterinariya nazorati organlari va o’simliklar karantini bo’yicha davlat xizmatidan veterinar va fitosanitar xulosalarni olish zarur bo’ladi. Tadbirkorlik faoliyati sub’ekti bunda gigienik sertifikatni olish uchun ariza bilan bir qatorda belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o’tgan sertifikatlashtirish organlariga muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish uchun ariza berishga xaqlidir. Bundan tashqari tadbirkorlik faoliyati sub’ekti mos xoldagi xulosalarni olish uchun veterinar va fitosanitar organlariga murojaat qilishga xaqlidir.
Ikkinchi bosqichda sertifikatlashtirish organlari tomonidan muvofiqlik sertifikatini berish amalga oshiriladi.
Sertifikatlashtirish organlari tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari tomonidan berilgan yozma arizaga muvofiq ravishda sertifikatlashtirishni o’tkazish bo’yicha agentlik xizmatlarini ko’rsatishi va davlat sanitariya nazorati organlari, davlat veterinariya nazorati organlari, o’simliklar karantini bo’yicha davlat xizmati hamda tabiatni muxofaza qilish davlat organlaridan zarur bo’lgan barcha xulosalarni olishga xaqlidir.
Bunda majburiyatni hamda namunalarni to’g’ri tanlash va ularni muttasaddi davlat organlariga berish buyicha ma’suliyatni sertifikatlashtirish organlari o’z zimmalariga olishadi.
Ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lovlar O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligida deklaratsiyalashtirilgan tariflar bo’yicha amalga oshiriladi.
Muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berishning umumiy muddati barcha zarur bo’lgan xujjatlarni taqdim etilgan kundan boshlab ishlarning murakkablik darajasi, mehnattalabligi va o’ziga xos xususiyatlariga ko’ra belgilanadi.
O’zbekiston Respublikasida sertifikatlashtirish tizimining quyidagi sertifikatlashtirish turlari amalga oshiriladi:
- majburiy sertifikatlashtirish;
- ixtiyoriy sertifikatlashtirish.
Majburiy sertifikatlashtirishga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan maxsus ro’yxatga kiritilgan, ishlab chiqariladigan, olib kiriladigan va olib chiqiladigan, sertifikatlashtirilishi lozim bo’lgan mahsulotlar kiradi.
Yuqoridagi ro’yxatga, fuqarolarning hayoti, sog’lig’i va mulkining xavfsizligini, atrof muhitni muhofaza qilish, o’zaroalmashinuvchanlik va moslashuvchanlikni ta’minlash bo’yicha me’yoriy hujjatlarda talablari belgilangan, mahsulotlar yoki xizmatlar kiritiladi. Bu ro’yxatdan tashqari Oliy Majlis tomonidan qabul qilinadigan Qonunlarga va Prezident farmonlariga asosan ma’lum xizmatlar va mahsulotlar uchun ham xuddi shunday talablar qo’yilishi mumkin.
Ixtiyoriy sertifikatlashtirishga O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident farmonlari, hamda xukumat qarorlariga asosan ro’yxatga kiritilmagan xizmatlar yoki mahsulotlar kirishi mumkin, bu vaqtda ishlab chiqaruvchi, yetkazib beruvchi yoki iste’molchilar (keyinchalik-so’rovchi) tashabbusi bilan ixtiyoriy tartibda sertifikatlashtirilish o’tkaziladi.