Sifatni boshqarishning Yevropa tajribasi
Agar AQSH va Yaponiyada ko’p yillardan beri sifatni oshirish dasturlari amalga oshirilayotgan, sifat masalalari bo’yicha faol siyosat olib borilayotgan, sifatni uzoq muddatli rejalashtirish bajarilayotgan bo’lsa, Yevropada kamdan – kam istisnoli holatlarda sifatni boshqarish sifatni nazorat qilishdan orta qolishda davom etgan.
Mahsulot sifatini boshqarishda Yevropa usuli shunisi bilan boshqa usullardan farq qilganki, unda doimo mahsulot sifati nazorat ostida bo’lgan. 1980 yillarga kelib Yevropa davlatlarida mahsulot sifatiga nazorat qattiq kuchaytirildi. Aynan shu yillarda ISO - 9000 standartlari yoppasiga tadbiq etila boshlandi. Bunday tadbirlar Yevropa tovarlarini raqobatbardoshligini oshirib yubordi.
SHuni aloxida ta’kidlash lozimki, G’arbiy Yevropa davlatlarining yagona iqtisodiy siyosat yuritishlari ularni xalqaro bozordagi mavqeini yuksaltirdi.
Evropada tashkil qilingan yagona bozor siyosati tovar va xizmatlar harakatini umumiy koordinatsiyasini keltirib chiqardi.
Evropaning umumiy bozorini tashkil qilish masalalari 1993 yil 1 yanvardan yagona standart asosida tashkil qilinishi rejalashtirilgan edi. ISO - 9000 seriyasiga muvofiq ravishda Yevropaning EN - 29000 seriyalik standartlari tashkil etildi.
Mahsulot va xizmatlarni sertifikatsiyalashga ham katta e’tibor qaratildi.
Evropaning EN - 45000 seriyasiga muvofiq olib borilgan barcha ishlar yuksak sifat darajasini kafolatlash bilan birga millionlab iste’molchilar xuquqlarini ximoyalashga qaratildi.
Evropa bozorlarini halqaro standartlarga mos ravishda ishlashini to’la ta’minlash uchun mahsulot va xizmatlarni muntazam ravishda sertifikatsiyalash bilan birga, xodimlar malakasini oshirishga va texnika - texnologiyani o’z vaqtida akkreditatsiyadan o’tkazishga aloxida e’tibor qaratildi. Bulardan kelib chiqqan xolda ishlab chiqaruvchilar sifat uchun o’z siyosatlarini qattiq yurita boshladilar va ulkan yutuqlarga erishdilar.
Sifat Yevropa davlatlari raqobatbardoshligini oshirish bilan birga quyidagi uch omilni ko’ndalang qilib qo’ydi:
Yagona iqtisodiy talab (direktivalik);
Yagona standartlar;
Yagona nazorat turlari (korxona mahsuloti xalqaro standartlar talabiga javob berishiga ishonch xosil qilish uchun).
1985 yilda standartlarni gormonizatsiyalash maqsadida xavfsizlik va ishonchlilik talabi taklif qilinadi. Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar asosan ISO 9000 va EN - 29000 seriyalik standartlarga asoslangan xolda faoliyat yuritadilar. Yevropa Ittifoqi talablariga mos ravishda xozirgi kunda 16 ta davlat Buyuk Britaniya, SHvetsariya, FRG, Avstriya, Daniya, SHvetsiya, Frantsiya, Ispaniya, Portugaliya, Gretsiya, Gollandiya, Finlyandiya, Norvegiya, Irlandiya va Italiya ish yuritadi. Uyushmaning asosiy maqsadi kam sarf harajat evaziga yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarib, iste’molchilar talabini to’la qondirishdir.
Uyushmaga a’zo bo’lishni xoxlovchi barcha davlatlarga bir xilda talab qo’yilgan. SHu munosabat bilan Yevropa Ittifoqiga a’zo bo’lishni xoxlovchilar eng avvalo zamonaviy texnika va texnologiyalarga e’tibor qaratmoqdalar. Bu yerda kadrlar tayyorlash masalasi ham chetda qoldirilmaydi.
Texnologiya va kadrlar tayyorlash masalalarini muvaffaqqiyatli xal qilish maqsadida 1988 yil G’arbiy Yevropadagi 14 ta yirik davlat birlashib “Sifatni boshqarish” fondini tashkil qildilar (EFUK).
Sifatni boshqarish fondi bilan sifat bo’yicha Yevropaning boshqa uyushmalari hamkorlikda ish yuritib sifatga oid turli mukofotlar ham belgilaganlar. Sifat bo’yicha bellashuvni Yevropa usuli o’zining ayrim jihatlari bilan boshqalardan ajralib turadi, ular:
Barcha ishlarni qonun asosida olib borilishi;
Sifatni kafolatlovchi va baxolovchi xujjatlar;
Milliy standartlar talablari va sertifikatlashtirishning qonun va qoidalarini uyg’unlashtirish;
Mahsulot sifatini boshqarish va sertifikatsiyalash bo’yicha regional tashkilotlar faoliyatini qattiq nazorat qilish.
Uzoq sharq mamlakatlari Yaponiya, Singapur, Gonkong, Tayvanь, Janubiy Koreya kabi davlatlar 1950 yillarda juda qaloq bo’lgan, ular, Yevropa va AQSH dagi ishlab chiqarish darajasidan ancha past yurar edi.
1.4.1-chizma. Mahsulot sifat darajasining o’sishi
1970-1980 yillarga kelib ikkinchi jaxon urushi oqibatida aziyat chekkan Yaponiya sifat sohasida barcha rivojlangan mamlakatlarni orqada qoldirib ketdi (1.4.1- chizma).
1.4.1-jadval
Sifatga yondoshuvning xorij tajribalari o’rtasidagi farqlar tahlili
Do'stlaringiz bilan baham: |