Namangan muxandislik qurilish instituti r. O. Ismatov korxonada sifat menejmenti tizimi


Bozor munosabatlari va iqtisodiy raqobat



Download 2,77 Mb.
bet18/92
Sana08.02.2022
Hajmi2,77 Mb.
#435275
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   92
Bog'liq
Korxonada sifat menejmenti

Bozor munosabatlari va iqtisodiy raqobat

Bozor iqtisodiyotiga xos bo’lgan belgilardan biri bu iqtisodiy raqobatning mavjudligidir. Bozor munosabatlarining ishtirokchilari - tovar ishlab chiqaruvchilar5 va iste’molchilar o’zlarining iqtisodiy manfaatlariga egadirlar. Bu manfaatlarni yaxshiroq va oqilona qondirish yo’lidagi ularning barcha xatti-harakatlari va intilishlari raqobat kurashi tarzida namoyon bo’ladi. Tovar ishlab chiqaruvchilar (tadbirkorlar) o’z tovarlarini yuqoriroq narxda sotib, ko’proq foyda olish uchun kurashadilar, iste’molchilar kamroq harajat qilgan holda o’z manfaatlarini ko’proq qondirishga intiladilar.
Bozor iqtisodiyoti erkin tadbirkorlikka asoslangan tizim bo’lgani uchun eng kuchli raqobat kurashi tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasida bo’lishi tabiiy hol. CHunki har bir tadbirkor o’z mablag’ini ko’proq va tezroq foyda olishi mumkin bo’lgan sohaga kiritishga, ishlab chiqargan tovarini bozorda ko’proq va yuqoriroq bahoda sotishga harakat qiladi. Natijada ham xomashyo bozorida, ham tayyor mahsulotlar bozorida tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasida raqobat kurashi paydo bo’ladi.
Raqobat kurashining ikki xil turi - tarmoqichra va tarmoqlararo raqobat mavjud bo’lib, ularning birinchisi bir xil tovarlar ishlab chiqarish bilan band bo’lgan tadbirkorlar raqobatidir. Tarmoqlararo raqobat esa turli xil tovarlarni ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi kurashda namoyon bo’ladi.
Endi raqobat kurashining bu ikki turi xususida batafsilroq to’xtalib o’tamiz.
Tarmoqichra raqobat o’z mohiyatiga ko’ra iqtisodiy taraqqiyotning juda muhim omili bo’lib xizmat qiladi. Bir xil ehtiyojni qondirishga mo’ljallangan tovarlarni ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi raqobatda ,,sendan men o’taman“ tarzida kurash ketadi. Masalan, odamlarning nonga bo’lgan talab-ehtiyojlarini qondiruvchi tadbirkor-novvoy yoki ,,Doka-non“ firmasi o’z mahsulotlarini ko’proq sotib, ko’proq foyda olish uchun, avvalambor, nonning sifatini yaxshilashga harakat qiladi. Biroq, o’z-o’zidan ma’lumki, nonning sifati yaxshi bo’lishi bilan uning sotuvi ko’payib qolmaydi. Uning narxi ham haridor uchun ma’qul bo’lishi kerak. SHuning uchun tadbirkor yoki firma yopilayotgan nonning narxini tushirish uchun o’z harajatlarini kamaytirish yo’llarini izlaydi.
SHunday qilib, tarmoq ichra raqobat tadbirkorlardan bir vaqtning o’zida ikkita muhim vazifa bilan shug’ullanishni taqozo etadi. Ularning birinchisi mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish bo’lsa, ikkinchisi ishlab chiqarishga yangi texnika va texnologiyani joriy qilish, mehnat va ishlab chiqarishni tashkil etishni takomillashtira borishdir. Kam hajmda va sifatsiz mahsulot ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar tez orada bankrot bo’ladi, ya’ni sinadi.
Tarmoqlararo raqobat ham bozor iqtisodiyoti sharoitida shiddatli kechadi. Sarmoya egalari o’z mablag’larini biron-bir soha yoki tarmoqqa yo’naltirishdan oldin u yerdagi foyda me’yori bilan qiziqadi. Tabiiyki, qaysi tarmoqda uning sarmoyasi ko’proq foyda keltirsa, u o’z mablag’ini aynan shu tarmoqqa kiritadi.
Bozor iqtisodiyotiga asoslangan mamlakatlar xo’jalik amaliyotida shunday hollar ham sodir bo’ladiki, tadbirkorlar o’zi faoliyat ko’rsatayotgan tarmoqdan voz kechib, mutlaqo boshqa tarmoqda ish yurita boshlaydilar. Buning sababi oldin sarmoya kiritilgan tarmoqda foyda me’yorining tushib ketgani va ko’proq foyda olish mumkin bo’lgan boshqa tarmoqning mavjudligidir. Masalan, muzlatgich ishlab chiqaruvchi firma yuqorida ko’rsatilgan holat tufayli konditsioner ishlab chiqarishga, televizor ishlab chiqarayotgan firma kompyuterlar ishlab chiqarishga qayta ixtisoslashuvi mumkin.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ro’y beruvchi raqobat kurashini mukammal, nomukammal va monopolistik raqobatlarga ajratish mumkin.
Mukammal raqobat deganda bir xil tovar va xizmatlar taklif qilinadigan bozordagi raqobat tushuniladi. Masalan, televizorlar bozori, kompyuterlar bozori, un yoki sut mahsulotlari bozori va hokazo.
Raqobatning bu turi quyidagi belgilarga ega:
-bozordagi tadbirkorlarning erkinligi, ya’ni istagan paytda bozorga o’z mahsuloti bilan kira olishi va undan chiqib keta olishi;
-hech kimning bozorda hukmronlik qila olmasligi va boshqalarga tazyiq o’tkazmasligi;
-tovar ishlab chiqaruvchilarning halol va madaniylashgan usullar bilan raqobatlashuvi.
Nomukammal raqobat esa ayrim tovar ishlab chiqaruvchilarning hukmronlik qilishi natijasida boshqalarning iqtisodiy erkinligi cheklangan bozordagi raqobatdir. Bunday sharoitda bozorga hamma ham o’z mahsuloti bilan erkin kira olmaydi. SHuning uchun raqobat kurashi tor doiradagi tadbirkorlar va firmalar o’rtasida sodir bo’ladi. Masalan, Germaniya Federativ Respublikasining avtomobil bozoridagi raqobatni olaylik. Bu yerda raqobat kurashi ,,Mersedes-Bens”, ,,Folksvagen”, BMV hamda ,,Opel” avtogigantlari orasida boradi.
O’z tabiatiga ko’ra nomukammal raqobatga yaqin turgan va hatto, uning bir ko’rinishi bo’lgan raqobat ham borki, uni monopolistik raqobat deyiladi. Raqobat kurashining bu turiga xos bo’lgan xususiyat shundan iboratki, u yoki bu tovarlar (xizmatlar) bozorida bittagina firma tanho hukmronlik qiladi. Masalan, Asaka shahrida joylashgan “GM-O’zbekiston” GM mamlakatimizdagi yengil avtomobillar bozorida tanho hukmronlik qiladi va hozircha u bilan bellasha oladigan raqobatchi yo’q. Biroq ushbu korxonaning raqobatchisi yo’q ekan, u kim bilan raqobatlashadi, degan savolning tug’ilishi tabiiy. To’g’ri, mamlakat ichida u bilan raqobatlashadigan avtokorxona yo’q. Ammo, jahondagi 30 ga yaqin mamlakatda yengil avtomobillar ishlab chiqaruvchi kompaniya va kontsernlar mavjud. O’zbekiston avtomobillar bozorida ular ham qatnashishi mumkin. SHuning uchun Asakadagi zavod, birinchidan, mamlakatlararo, ya’ni xalqaro raqobatda qatnashadi va shu tufayli ishlab chiqarayotgan avtomobillarining raqobatbardoshliligini oshirish uchun kurashadi. Ikkinchidan, u avtomobil tayyorlash uchun zarur bo’lgan butlovchi mahsulotlar bozori hamda mehnat bozoridagi raqobat kurashida qatnashadi.
Raqobat usullarini shartli ravishda madaniylashgan (ya’ni halol) va yovvoyilashgan (g’irrom) usullarga ajratish mumkin.
Halol raqobat kurashi barcha tadbirkorlar tomonidan e’tirof etilgan va tan olingan, umuminsoniy qadriyatlarga tayanuvchi usullar orqali kechadi. Tadbirkorlik faoliyatining asosida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va ko’rsatilayotgan xizmatlarning sifatini yaxshilash, ularning narxini tushirish va reklamani kuchaytirish orqali tobora ko’proq iste’molchilarni o’z tomoniga ,,og’dirib olish" kabi vositalar yotadi.
G’irrom raqobat kurashi, odatda, g’ayriinsoniy vositalar orqali amalga oshiriladi. Bularga boshqa tadbirkorlarning tovarlarini ochiqdan ochiq yoki yashirin holda yomonlash, ularning texnologik yangiliklari va tovar belgilarini o’g’irlash, qo’poruvchilik, josuslik, reket va hattoki, qotillik kabi vositalar kiradi.
Raqobat kurashining g’irrom usuli va vositalari ko’proq bozor iqtisodiyotiga o’tishning ilk davrida uchraydi. Ammo bu rivojlangan mamlakatlar xo’jalik amaliyotida raqobat kurashi faqat halol usullar bilan olib boriladi, degan ma’noni bildirmaydi. Raqobatning g’irrom usullari, afsuski, hamma vaqt va barcha mamlakatlar xo’jalik hayotida uchrab turadi.




    1. Download 2,77 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish