Namangan muxandislik qurilish instituti r. O. Ismatov korxonada sifat menejmenti tizimi


Raqobat sharoitida korxona muvaffaqiyatini ta’minlashda



Download 2,77 Mb.
bet19/92
Sana08.02.2022
Hajmi2,77 Mb.
#435275
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   92
Bog'liq
Korxonada sifat menejmenti

Raqobat sharoitida korxona muvaffaqiyatini ta’minlashda

sifatni boshqarish
Mamlakatimizda XX asrning 90-yillariga qadar hukm surgan va ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan xo’jalik yuritish tizimi davridagi eng katta illatlardan biri, bu-talab bilan taklif o’rtasidagi nomutanosibliklar bo’lib, uning asosiy sababi ishlab chiqarishning bozor talablariga moslashmagani edi. Moddiy ta’minotdagi yetishmovchiliklar, fan-texnika taraqqiyotining pastligi, reklamaning yaxshi yo’lga qo’yilmaganligi, iqtisodiyotni rejalashtirish tizimining takomillashmaganligi, bozorda ro’y berayotgan jarayonlar to’g’risidagi axborotlarning yetarli bo’lmaganligi va boshqa sabablar natijasi o’laroq, ishlab chiqarishni tashkil qilish va uning samaradorligi achinarli ahvolda edi.
Endilikda, bozor iqtisodiyotiga amal qilinayotgan sharoitda, respublikamiz iqtisodiyotida vaziyat tubdan o’zgardi. Bozor munosabatlari talab va taklifga samarali ta’sir o’tkazish, tovar va xizmatlarning raqobatbardoshligini oshirish, bu sohada turli mamlakatlarda to’plangan ijobiy tajribani o’rganish va marketing tamoyillarini to’la-to’kis o’zlashtirishni talab qilmoqda.
Jahon tajribasi shundan dalolat beradiki, bozorga marketing yo’li bilan yondashish va ishlab chiqarishni shu yondashuv asosida tashkil qilish, har qanday firma yoki kompaniya muvaffaqiyatining garovi bo’lib xizmat qiladi. Korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar assortimenti tabaqalashib, ehtiyojlar o’sib borgani, fan-texnika taraqqiyoti kuchayib, xizmat ko’rsatiladigan sohalar kengaygani va raqobat keskinlashgani sayin marketing strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish va amalga oshirishga bo’lgan ehtiyoj ortib boradi, CHunki marketing bozorni har tomonlama tahlil qilish, barcha ijtimoiy va iqtisodiy jihatlardan, jumladan, baholar siyosati jihatidan uni tartibga solish, talab va ehtiyojlarni hisobga olgan holda tovar ishlab chiqarish va sotishni tashkil etish, barcha turdagi xizmatlarni rivojlantirish omilidir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotning barcha sohalaridagi korxonalar moliyaviy-xo’jalik faoliyatining asosiy va eng muhim ko’rsatkichi foyda hisoblanadi. Daromadlar korxona faoliyatiga baho berishning asosiy ko’rsatkichlaridan biri sifatida o’z ahamiyatini yo’qotib boradi. Rejalashtirish bevosita mehnat jamoalari qo’liga o’tib, rejalar aholining tovar va xizmatlarga, ishlab chiqarishning esa mashinalar, asbob-uskunalar va boshqa ishlab chiqarish vositalariga bo’lgan ehtiyojlarini hisobga olish uchun bir mo’ljal bo’lib qoladi. SHu sababli korxonalarda marketing faoliyati dasturlarini shakllantirishning asosiy qoidalaridan biri ishlab chiqariladigan va bozorda sotiladigan mahsulotning sifat va miqdor ko’rsatkichlarini birga qo’shib olib borishdan iborat bo’lmog’i kerak.
Haridor muayyan mahsulotning qanday ko’rinishda bo’lishini istaydi, bu mahsulotga qaerda va qancha talab paydo bo’ladi? Bu savollar puxta o’rganilib, har bir muhandisga, konstruktorga va ishlab chiqaruvchiga yetkazilishi lozim. Marketing mahsulotni loyihalash, ishlab chiqarishni rejalashtirish, iqtisodiy tahlil, taqsimot, sotish va sotilgan mahsulotga xizmat ko’rsatish kabi masalalarga ta’sir ko’rsatishi lozim.
Talab va taklif bir qadar nomutanosib bo’lib turgan hozirgi sharoitlarda tovarlarni egasiga yetib boradigan qilib, tejamkorlik bilan ishlab chiqarish va oxirgi iste’molchiga yetkazib berish juda muhimdir.
Bugungi kunda talab va taklifni muvozanatlashtirishga imkon beradigan iqtisodiy omillarni topish zarur. Mulkchilikning turli shaklidagi korxonalar ham, yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug’ullanadigan kishilar ham ana shundan manfaatdor.
Marketing bozorni aniq (tayin) tovarlar va xizmatlarga bo’lgan ehtiyojlarini o’rganishi va shu asosda uzoq muddatli va yillik dasturlarni ishlab chiqishi hamda ularni amalga oshirishi zarur. SHu munosabat bilan bozor ob’ektlari va sub’ektlari degan tushunchalarni farqlamoq zarur.
Bozor ob’ektlari deganda, unga kiritiladigan tovarlar va xizmatlar tushuniladi. Bozor sub’ektlari esa ularni ayirboshlash ishlarida qatnashadigan tovar yetkazib beruvchilar va iste’molchilardir.
Bozor sub’ektlariga ishlab chiqarish korxonalari, muassasalar (o’quv yurtlari, kasalxonalar va boshqalar) va uy xo’jaliklari (oilalar va shaxsiy iste’molchilar) kiradi.
SHaxsiy iste’molchilar bozorning eng muhim sub’ektlari hisoblanadi. SHular jamiyatda ishlab chiqarilgan tovarlarni sotib oladigan oxirgi haridorlardir.
Korxonalar ham sotuvchilar bo’lib, ham bozorga chiqariladigan tovarlarni yaratish uchun kerakli xomashyolar, ishlab chiqarish vositalari va xizmatlarni sotib oluvchi haridorlar bo’lib maydonga chiqadi.
Bozorning faoliyat ko’rsatib borishi uchun milliy iqtisodiyotning turli sohalari va idoralariga qarashli korxonalar o’rtasida gorizontal aloqalar yuzaga kelishi muhim shart hisoblanadi. Bu aloqalarni boshqarish organlari (vazirliklar, idoralar)ga ega bo’lgan asosiy xo’jalik bo’g’inining vertikal aloqalari to’ldirib boradi. Gorizontal va vertikal aloqalar yaxshi yo’lga qo’yilgan taqdirdagina bozor samarali faoliyat ko’rsatadi. Bu aloqalarda qing’irliklar bo’lsa, bozor muvozanati buziladi. Marketing yo’li bilan yondashuv bozorda qaror topgan aloqalarning maqbulligini aniqlashga imkon beradi.
Korxonalarning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi mustaqilligi ulardan ishlab chiqarish natijalari uchun javobgarlikni o’z zimmasiga olishni ko’zda tutadi. Ba’zi korxonalar javobgarlikni o’z zimmalariga olishdan qo’rqib, xo’jalik yuritishda erkin bo’lishni xohlamaydilar. Bu ularning moliyaviy ahvoli va bozordagi mavqeyiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Marketing nuqtayi nazaridan fikr qilish, ya’ni unga tayangan holda ish yuritish ko’ngilga tushadigan qo’rquvni bartaraf etadi.
Iste’molchi talabini korxona qay darajada qondira olayotgani haqida, albatta, faqat iste’molchi aniq bir fikr ayta oladi. Buni ular o’sha korxona mahsulotini sotib olishi orqali namoyish etadi. SHuning uchun bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar ishlab chiqaruvchilardan marketing xizmatini yaxshi yo’lga qo’yish orqali o’z iste’molchilari bilan uzoq muddatli aloqalarni amalga oshirish talab qilinadi.
Marketing iste’molchilardan ishlab chiqarish va savdo korxonalariga uzluksiz axborot kelib turishini ta’minlaydi. Bu o’z navbatida tovar assortimentini ko’paytirish, uni sotish sharoitlariga zarur o’zgarishlar kiritish, haridorga ta’sir o’tkazish va hokazolar orqali ishlab chiqarishni rivojlantirish imkonini beradi.
Korxonalarda mahsulot sifatini boshqarish va tashkil etish masalalarining bir jihati marketing faoliyatiga bevosita bog’liq bo’lib, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifat ko’rsatkichlari bozor talablari asosida ishlab chiqiladi. Marketing faoliyati orqali ishlab chiqilishi rejalashtirilgan mahsulotning sifatiga bo’lgan bozor talabi o’rganiladi va u ham avvaldan rejalashtiriladi. Marketing tadqiqotini o’tkazadigan mutaxassislar savollar anketasiga mahsulot sifati va narxiga oid savollarni kiritadilar hamda mahsulotni ishlab chiqarishda narx yoki sifat ustunligini belgilaydilar. Agar iste’molchilar pastroq sifatli mahsulotni arzon narxga sotib olishga tayyor bo’lsalar, sifat darajasi bozor talabiga moslashtiriladi.
Mahsulot sifati bozordagi raqobatga bilvosita ta’sir etadi. Bunda sifatni tasdiqlovchi hujjatlar raqobat kurashida tayanch bo’ladi, ammo u mahsulot sifatini belgilangan standartlarga muvofiq kelgandagina amal qiladi. Sifatni tasdiqlovchi asosiy xujjatlar bo’lib, muvofiqlik sertifikatlari va xalqaro standartlashtirish tashkilotining sifat sertifikatlari xizmat qiladi. Bunday sertifikatlarning mavjudligi korxonalarga o’z mahsulotini bozorda raqobatchilarga nisbatan ishonchli sotuvida va eksport qilinishada qo’l keladi. Sifat sertifikatlarining mavjudligi iste’molchilar tomonidan ishlab chiqaruvchi taklif etgan mahsulotga nisbatan ishonch tuyg’usini shakllantiradi. Ayniqsa, xorijiy hamkorlar bilan kelishuvda, dillerlar geografiyasining kengayishida ISO sertifikatlarining o’rni juda ham muxim. Ya’ni, xalqaro sertifikatlar shartnoma tuzish uchun eng muxim xujjatlardan biri bo’lib hisoblanadi.

Download 2,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish