1.2.1-rasm. Yaponiya korxonalarida xodimlar uchun “beshta nol” dasturi
Yaponiyada sifatga munosabatning asosiy jihatlari quyidagilardan iborat:
boshqaruv va texnologiya sohasida ilmiy ishlanmalarni keng tatbiq etish;
ishlab chiqarishni boshqarish, tahlil qilish va nazorat qilishning hamma operatsiyalarining yuqori kompyuterlashtirilganlik darajasi;
insonning imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalanish. Buning uchun ijodiy faoliyatni rag’batlantirish (sifat to’garaklari), o’zining firmasiga sodiqlik ruhida tarbiyalash, xodimlarni tizimli va har tomonlama o’qitish choralari ko’riladi.
70-yillar boshida Yaponiya tovarlarining halqaro bozorni “bosib olishi” boshlandi. Bu “bosish”ning asosiy sabablaridan biri Yapon tovarlarining narxlarini arzonligida edi. Bu baho raqobatiga sezilarli ta’sir qilgan. Lekin hozir ham Yaponiya va Amerikada ishlab chiqarilgan tovarlarning narxlari deyarli baravarlashganda “bosish” muvaffaqiyatli davom etmoqda. Bu muvaffaqiyatning asosida sifati yuqori bo’lgan Yaponiya tovarlarining raqobatbardoshligi (sifat raqobati) yotadi. Masalan, Yaponiyada ishlab chiqarilgan avtomobilь o’rta hisobda Amerikada ishlab chiqarilgan avtomobilьdan 10 marta kamroq ishdan chiqadi; amerika televizorlarining nosozlik chastotasi yapon televizorlaridan 1,5-2 baravar ortiqroq.
Raqobatbardosh tovarlarni ishlab chiqarish uchun yapon firmalari sifatni boshqarish usullarini muntazam ravishda takomillashtiradilar. Firmalarning ko’pchiligida sifatni boshqarish quyidagi tamoyillar asosida tuzilgan:
sifatni boshqarish bo’yicha faoliyatni savdo agentlari, savdo firmalari, do’konlarga tarqatish.
Yaponiyada sifatni boshqarishning o’ziga xosligi - firmaning barcha xodimlari bu ishda qatnashishining ixtiyoriyligi, buning ustiga dunyo bozoridagi raqobat kurashida omon qolishga ko’maklashadigan anglangan ixtiyoriylikdir. Sifatni boshqarishga bunday yondashish “umumiy sifat boshqarishi” degan nom oldi. Uning moxiyati quyidagicha:
mahsulot sifatini yaxshilashda “sifat to’garaklari”ga birlashib, firmaning barcha xodimlari qatnashishi shart;
hamma ish o’rinlarida nazoratning statistik usullari qo’llanishi kerak;
doim sifatni nazorat qilish usullarini barcha darajalarda milliy miqyosda o’rgatish lozim;
sifatni nazorat qilish usullarini tatbiq etish harakati butun mamlakatni qamrab olishi kerak.
SHunday qilib, Yaponiyada sifatni boshqarish tizimining muvaffaqiyati sifatni nazorat qilish bo’limidagi nazoratchilar harakatlari bilan emas, balki firmaning barcha xodimlarining o’z ish joylarida qilgan harakatlari bilan ta’minlanganligidadir.