Tezlik relesi.Aylanish tezligi, aylanish yo’nalishi, hamda aylanishdan to’xtagan xolatlarni nazorat qilish uchun tezlik relelari ishlatiladi. Bunday relelar markazdan qochma kuch yoki induktsion printsip asosida tayyorlanadi. Tezlik relesi sifatida taxogenerator bilan elektromagnit releni birgalikda qo’llash mumkin. Kuchlanishi rotor tezligiga mutanosib bo’lgan kichik quvvatli o’zgarmas yoki o’zgaruvchan tok generatori taxogenerator deyiladi. Taxogeneratorning vali tezligi nazorat qilinadigan dvigatel vali bilan bevosita yoki biror uzatma orqali bog’langan bo’ladi. Dvigatel vali ma'lum tezlikka erishganda shu tezlikka mutanosib bo’lgan kuchlanishga sozlangan rele ishlay boshlaydi. Rasm 9-7 da taxogeneratorli tezlik relesining sxemasi keltirilgan. Rasm 9-7. Taxogenerat orli tezlik relesining sxemasi. Elektromagnitlar va elektromagnit muftalar. Elektromagnit chulg’amiga tok berilishi bilan u o’z yakorini tezda tortib oladi. Shu asosda iskanjali va lentali tormoz mexanizmlarini elektromagnitlar bilan harakatga keltirish mumkin. Elektromagnitlar bilan pnevmo va gidroventillarni ham avtomatik boshqarish mumkin. Elektromagnit muftalar avtomatikada keng tarqalgan qurilmalar hisoblanadi. Bunday muftalar orqali motor bilan ish mexanizmi orasidagi mexanik bog’lanishli zanjirlarini ajratib qo’yish yoki aylanib turgan motor valini kinematik zanjir bilan avt omatik ravishda tutashtirish mumkin. Nominal tezlik bilan aylanib turgan dvigatelni mufta orqali ish mexanizmi bilan tutashtirilganda, elektrik yuritmaning ishga tushish vaqti birmuncha qisqaradi. Sel sinlar. Mexanik bog’lanishlarsiz bir valdagi harakatni ma'lum masofadagi boshqa valga sinxron ravishda uzatuvchi induktsion elektr mashinalar sel sinlar deyiladi. Sel sinlar o’z vazifalariga ko’ra quyidagilarga bo’linadi: Sel sin datchik (SD)-ish mexanizmi validagi harakatni qabul qiladi va uni elektr signaliga aylantirib sel sin priyomnikka uzatadi.
Sel sin priyomnik (SP)-elektr signalini, ya'ni ish mexanizmi validagi harakatni qabul qiladi va uni o’zgartirmay sinxron ravishda takrorlaydi.
Mexanik bog’lanmagan sistemalarda chiziqli yoki burchakli siljishni o’lchashda sel sinlardan foydalaniladi. Sel sin datchik rotor va statordan iborat bo’lib, stator pazlarida bir-biriga nisbatan 1200 burchak ostida 3 fazali chulg’am joylashtiriladi va ular yulduz yoki uchburchak usulida ulanadi. Sel sin datchik rotori bir fazali chulg’amdan iborat bo’lib, u bir fazali o’zgaruvchan tokka ulanadi. Rotor chulg’ami hosil qilgan magnit oqimi stator chulg’amini kesib o’tib unda EYuK hosil qiladi. ye1=Em cos a E2=Em cos (a+1200) (9.1) E3=Em cos (a+2400) Rotorni turli xolatlarida stator chulg’amida rotor xolatiga mos keluvchi turlicha EYuK xosil bo’ladi. Sel sin priyomnik ham sel sin datchik kabi tuzilgan bo’lib uni rotori ham bir fazali o’zgaruvchan tokga ulanadi. Stator chulg’amlari esa 3 simli liniya bilan sel sin datchik stator chulg’amiga ulanadi. SD rotorini manbaga ulaymiz, SP rotori esa manbaga ulanmagan. Bunda ikkala sel sin fazalarida