19
Sel'sin datchik va sel'sin qabul qiluvchilarning qo'zg'atish cho'lg'ami OV bitta
o'zgaruvchan tokli kuchlanish manbaidan ozuqa oladi. 3 fazali sinxronlash
cho'lg'amlari esa bir - biriga qarama - qarshi ulanadi. Datchik va qabul qiluvchining
qo'zg'atish cho'lg'amida OV oqayotgan o'zgaruvchi tok ulardagi FD va FP magnit
oqimlarini o'zgartiradi va natijada
sinxronlash cho'lg'amlarida elektr yurituvchi kuch hosil bo'ladi. Agar datchik va
qabul qiluvchi rotorlari bir xil burchakka burilgan bo'lsa, sinxronlash cho'lg'amlarida
qiymat jihatdan bir xil va qarama - qarshi yo'nalgan elektr yurituvchi kuch hosil
bo'ladi. Demak ulanadigan o'tkazgichlarda tok bo'lmaydi. Agar sel'sin datchik
rotorining qandaydir burchak ostida bursak va shu holatda ushlab tursak, elektr
yurituvchi kuch tengligi buzilib, sinxronlash cho'lg'amlarida tok hosil bo'ladi.
Hosil bo'lgan toklar qo'zg'aluvchi cho'lg'amlar FD va FP magnit oqimlari bilan
o'zaro ta'sirlanib, bir-biriga qarama-qarshi yo'nalgan sel'sin elektromagnit momentlari
hosil bo'ladi. Sel'sin datchik rotori to'xtagan va sel'sin qabul qiluvchi rotori erkin
holda turganda, aylanuvchi moment Mp ta'sirida sel'sin - qabul qiluvchi rotori sel'sin-
datchik rotori burilishiga teng burchakka buriladi. Haqiqatda qabul qiluvchi rotori
datchik rotori holatini to'liq egallay olmaydi. Doimo ishqalanish kuchi ta'sirida,
sel'sinlar konstruktiv tayyorlanishi natijasida paydo bo'ladigan datchik rotori va qabul
qiluvchi rotorlari burilishlari o'rtasida burchak farqi bo'ladi.
Bu yerda qabul qiluvchi sel'sin bir fazali cho'lg'ami o'zgaruvchan tok manbaiga
ulanmasdan, kuchaytirgich uning kirishiga ulanadi va chiqish cho'lg'ami deb ataladi.
Uning uch fazali sinxronlash cho'lg'ami qo'zg'atish cho'lg'ami vazifasini bajaradi va
sel'sin datchik SD ning uch fazali sinxronlash cho'lg'ami bilan bog'langan sel'sin
rotorlari o'rtasidagi burchak farqi hosil bo'lganda qabul qiluvchi sel'sinning chiqish
cho'lg'amlarida Uchiq kuchlanish hosil bo'ladi, kuchaytirgich U da kuchaytirilib ijro
etuvchi dvigatelning boshqarish cho'lg'amiga beriladi. Ijro etuvchi dvigatel' qabul
qiluvchi sel'sin rotorining sel'sin rotorlari o'rtasidagi burchak farqi nolga teng
bo'lgunga qadar aylantiriladi.
Taxogeneratorlar.
Avtomatik rostlash sistemalarida burchakli tezliklarni elektr yurituvchi kuchga
o'zgartirish vazifasida hamda tezlik bo'yicha teskari bog'lanishi uchun o'zgaruvchan
va o'zgarmas tokli taxogeneratorlar ishlatiladi. Generatorli rejimda ishlaydigan kam
quvvatli elektrik kollektorli mashina o'zgarmas tokli taxogenerator hisoblanadi.
Qo'zg'atish usuliga ko'ra o'zgarmas magnit yordamida qo'zg'atuvchi magnitoelektrik
(9. a-rasm) va maxsus qo'zg'atish cho'lg'ami elektrodinamik (9 b-rasm) turlariga
bo'linadi. Rotor harakati natijasida induksiyalangan elektr yurituvchi kuch quyidagi
formula yordamida aniqlanadi:
E = S
e
F
; (2.13.)
Bu yerda:
- rotor aylanishi burchak tezligi.
20
Ce - mashinaning konstruksiyasiga bog'liq o'zgarmas koeffitsient;
F - qo'zg'atish oqimi;
Ideal holda, qo'zg'atish oqimi o'zgarmas bo'lganda, (F q sonst.) taxogenerator elektr
yurituvchi kuch rotor aylanishining chiziqli tezligiga bog'liqdir.
E = k
; (2.14.)
bu yerda k - proporsionallik koeffitsienti.
Qo'zg'atish usuliga ko'ra taxogeneratorlarni magnitoelektrik, elektrodinamik va
rotorli turlari mavjud.
9-rasm. Taxogeneratorning prinsipial sxemasi.
a) magnitoelektrik; b) elektrodinamik, v) rotorli taxogeneratorlar.
O'zgaruvchan tokli taxogenerator - ikki fazali qisqa tutashuv rotorli ansixron
mashinadir. (9 - rasm). Statorda bir-biriga nisbatan 90 gradus surilgan ikki cho'lg'am
21
joylashgan. Cho'lg'amlardan biri qo'zg'atish cho'lg'ami U - o'zgaruvchan tok manbaidan
ozuqa oladi. Boshqasi chiqish Uchik - nagruzkaga yoki o'lchash asbobi va ASR
elementiga ulanadi. Rotorlarning aylanishida taxogeneratorning chiqishida qator
aylanish tezligiga proporsional kuchlanish hosil bo'ladi.
Fotoelektrik o'zgartgichlar.
Fotoelektrik o'zgartgichlarda yorug'lik oqimining o'zgarishi elektr signalga
aylantiriladi. Ushbu o'zgartgichlarda 3 xil fotoeffekt ishlatiladi:
1. Tashqi fotoeffekt - elektron lampalarda katoddan elektronlarning uchib chiqishi
natijasida emissiya toki hosil bo'lishiga asoslangan.
2.Ichki fotoeffektda yoritish intensivligiga bog'liq yarim o'tkazgichlarning
qarshiligi o'zgaradi. Bunday fotoelementlar fotoqarshiliklar deb ataladi.
3. Ventil fotoeffektda yoritiladigan o'tkazgich va yoritilmaydigan o'tkazgich
qatlamlari o'rtasida yupqa qatlamda yorug'likka bog'liq elektr yurituvchi kuch hosil
bo'ladi. Bu yerda elektronlar yarim o'tkazgichdan o'tkazgichga qarab yo'naladi.
Tashqi fotoeffektli fotoelementlar fotosezgir material katodli gaz bilan to'ldirilgan
vakuumli lampadan, metalla aylana yoki plastina ko'rinishidagi anoddan tuzilgan.
Katodni nur energiyasi bilan qizdirilganda, undan elektron uchib chiqadi.
10-rasm. Tashqi fotoeffektli o'zgartgichning sxemasi
Anod va katod o'rtasida elektrik maydon hosil bo'ladi (10.rasm) va o'z
elektronlarini musbat zaryadlangan anodga tomon yo'naltiradi. Vakuumli fotoelementlar
inersionsiz bo'ladi. Tashqi fotoeffektli fotoelementlar hosil qiladigan tok kam, shuning
uchun ularni kuchaytirgichsiz ishlatish mumkin emas.
Ichki fotoeffektli fotoelementlar yuzasiga yupqa nur sezguvchi yarim o'tkazgich 2
qoplangan kvarsli va shisha plastinadan iborat (11 - rasm).