Vaqt relesi. Bunday relelar avtomatik boshqarish sistemalarida apparatlarni ma lum ketma-ketlikda va ma lum vaqt oralig’ida ishlashini ta'minlash va hayallash vaqtini yuzaga keltirish uchun xizmat qiladi. Vaqt relesi ishlashi va tuzilishiga ko’ra elektromagnitli, elektronli, pnevmatik va boshqa turlarga bo’linadi. Rasm 9-3 da ko’rsatilgan elektromagnitli vaqt relesining tuzilishi va ishlashini ko’rib chiqamiz. Relening chulg’ami 1 o’zgarmas tok tarmog’iga ulanganda o’zakda magnit oqim F vujudga keladi va uning ta'sirida yakor 2 darxol o’zak 3 ga tortiladi. Bunda kontaktlar 4 ulanadi va kontaktlar 5 esa uziladi. Agar chulg’am 1 ni o’zgarmas tok manbaidan uzilsa releda hayallash vaqti boshlanadi. Bunda chulg’amda tok nolga teng bo’ladi va magnit oqim qisqa tutashtirilgan o’ram 7 da o’zinduktsiya EYuK ni hosil qiladi. Bu EYuK ta'siri ostida qisqa tutashtirilgan o’ramdan tok oqib o’tadi va u magnit oqim Fk ni vujudga keltiradi. Bu oqim Lents qoidasiga muvofiq magnit o’tgazgichdagi magnit oqimining qiymatini o’zgartirmaslikka intiladi. Ammo qisqa tutashtirilgan o’ramdagi quvvat isr ofi tufayli magnit oqimi sekin-asta kamaya boshlaydi va u hosil qilgan elektromagnit kuch prujina 6 ning kuchidan kichik bo’lganda relening yakori o’zakdan uzoqlashadi. Bunda kontaktlar 4 uziladi, kontaktlar 5 esa ulanadi. Shunday qilib, rele chulg’amini uzgan vaqtdan boshlab, kontaktlarning qayta ulanishi birdaniga emas, balki ma'lum vaqtdan keyin sodir bo’ladi. Bu vaqt xayallash vaqti deb ataladi. Ushbu turdagi releda xayallash vaqti sekundning ulishidan to 5-12 sekundgacha bo’lishi mumkin. Xayallash vaqtini prujina 6 ning tarangligini o’zgartirish bilan rostlash mumkin. Elektron rele. Bunday relelarda o’zgarmas kuchlanish U da kondensator S ning rezistor R orqali zaryadlanishi xayallash vaqtini vujudga keltiradi (rasm 9-4). Dastlab tiratron (Tir) yonmaydi, chunki uning to’r kuchlanishi bo’lmaganda anodiga berilgan kuchlanish tiratronning ishlashi uchun yetarli emas. Zaryadlanadigan kondensatorning kuchlanishi tiratronning to’r kuchlanishiga tengdir. Kondensatorning zaryadlanishi kalit K ulangan lahzada boshlanadi. Kondensator sekin-asta zaryadlana boshlaydi va uning kuchlanishi tiratronning ishga tushiruvchi to’r kuchlanishi qiymatiga yetmaguncha ko’payadi. Rasm 9-4. Elektron releni ulanish sxemasi. Kondensator kuchlanishi to’r kuchlanishining ishga tushirish qiymati Uit ga yetganda (Uit q Us) tiratron ochiladi va tiratronning anodiga ulangan rele R chulg’amida tok paydo bo’ladi. Natijada rele ishga tushadi va kalit K1 boshqaruv zanjirini ulaydi va kalit K2 ni ulab, kondensatorni zaryadsizlaydi. Tiratron ochilgandan keyin to’r o’zining boshqarish vazifasini yo’qotadi. Kondensatorning zaryadsizlanishi vaqt relesini qaytadan ishlashga tayyorlaydi. Shunday qilib, relening xayallash vaqti zaryadlanayotgan kondensator kuchlanishining oshish tezligi bilan aniqlanadi. Bu tezlik kondensator zaryadlanish konturining doimiy vaqti т q RC ga bog’liq. Bu vaqt davomida kondensator kuchlanishi deyarli U ga teng bo’ladi.