Tranzistorlar. Tranzistor ikkita r-n o’tishdan iborat uch qatlamli qurilmadir. Bunda chetki qatlamlar bir xil o’tkazuvchanlikka ega bo’ladi. Tranzistorlar elektr signallarini kuchaytirish uchun xizmat qiladi.
Ularni r-n-p va n-p-n turlari mavjud. Rasm 10-2 da r-n-r (a) va n-r-n (b) tranzistorlarning tuzilish sxemasi ko’rsatilgan.
Amalda asosan r-n-r tipli tranzist orlar ishlatiladi.
+
|
p
|
|
n
|
P
|
_
|
|
Emitter
|
Бага
|
Kollektor
|
|
|
a)
|
|
|
|
|
_
|
n
|
P
|
n
|
+
|
|
Emitter
|
Baza
|
Kollektor
|
|
|
b)
|
|
|
|
|
koeffitsientidir.
Rasm 10-2. Tranzistorlarning tuzilish sxemasi.
Tranzistorlarni umumiy bazaga (UB), emitterga (UE) yoki kollektorga (UK) ulash mumkin. Tranzistor UE sxemasi bilan ulanganda quvvat bo’yicha eng katta kuchaytirish koeffitsienti olinadi (rasm 10-3). Tranzistorni asosiy ko’rsatkichlari tok (a), kuchlanish (Ku) va quvvat (Kr) bo’yicha kuchaytirish
(10.1)
Uk=const
a=-
ai„
R
a»1. (10.2)
Ku=Kf=
I2, R.
I, R.
R
Rasm 10-3. Tranzistorni UE ga ulanish 50
sxemasi.
Tiristorlar. To’rt qatlamli ikkita r-n o’tishli boshqariladigan diod tiristor deyiladi. Chetki qatlamlariga biriktirilgan elektrodlar anod va katod deyilib, ichki baza qatlamidagisi esa boshqaruvchi elektrod deyiladi. Rasm 10-4 da tiristor struktura sxemasi (a) va shartli belgisi (b) va vol tamper xarakteristikasi (v) ko’rsatilgan.
Tiristorni boshqarish elektrodidan o’tadigan tokni (Ib) o’zgartirib tiristorni ochilish protsessini boshqarish mumkin. Agar tiristor anodi (A) va katodi (K) ga o’zgaruvchan kuchlanish berilsa, u xolda (Ib) boshqarish toki fazasini o’zgartirib tiristorni boshqariluvchi diodi sifatida qo’llash mumkin, ya'ni zanjirga ulangan yuklamadan o’tayotgan to’g’rilangan tokni katta diapazonda rostlash mumkin.
Rasm 10-4. Tiristorni tuzilish sxemasi (a), shartli belgisi (b) va vol tamper xarakteristikasi (v).
Magnit kuchaytirgich va uni elektr yuritmada qo’llanilishi
Magnit kuchaytirgichning ishlash printsipi oddiy to’yinish drosseli ishlashi kabidir. Magnit kuchaytirgich po’lat o’zagining tuzilishi va unga o’rnatilgan chulg’amlar soni bilan to’yinish drosselidan farq qiladi. To’yinish drosseli magnitlantiruvchi, ish chulg’ami va magnit o’zakdan iborat.
Agarda magnitlantiruvchi chulg’amga o’zgarmas tok berilsa, o’zak to’yinish xolatiga o’tib qoladi. Bunda ish chulg’amning induktivligi kamayib, undan o’tadigan tok qiymati ortadi. Demak, ish chulg’am zanjiriga ulangan yuklamadagi tok va kuchlanishning qiymati ham ortadi. Shunday qilib magnitlantiruvchi chulg’amdagi o’zgarmas tok qiymatini o’zgartirib ish chulg’amdagi yuklama tokini rostlash mumkin.
Ushbu printsip asosida ishlovchi magnit kuchaytirgichni (MK) tuzilish (a) va dvigatelni MK li o’zgartirgich bilan tezligini rostlash sxemasi (b) rasm 10-5 da ko’rsatilgan. Turli tipdagi MK lar uchun quvvat bo’yicha kuchaytirish koeffitsienti Krq2-103^2-105 ga teng bo’ladi.
MK ning yarim o’tkazgichli diodlar bilan birgalikda boshqariladigan to’g’rilagich sifatida qo’llash mumkin. Rasm 10-5 b da mustaqil qo’zg’atishli dvigatelni tezligini magnit kuchaytirgichli o’zgartkich bilan boshqarish sxemasi keltirilgan. Bunda BCh boshqarish chulg’amidagi (magnitlantiruvchi chulg’am) tok qiymatini o’zgartirish bilan yakorga beriladigan to’g’rilangan kuchlanishni va, demak dvigatel tezligini boshqarish mumkin.
Rasm 10-5. MK ning ulanish (a), UTD ni MK li o’zgartkich bilan tezligini rostlash sxemasi (b).
Nazorat savollari
Qanday yarim o’tkazgichli qurilmalarni
bilasiz?
MS Diod qanday qurilma?
Tranzistor qanday qurilma?
Tiristor qanday qurilma?
Tranzistorni asosiy ko’rsatkichlarini ayting.
MS Magnit kuchaytirgichni ishlash printsipini ayting.
Elektr yuritmalarni boshqarish printsiplari va elektr sxemalarini tuzilishi
Elektr yuritmani ishga tushirish, tezligini rostlash, reverslash, tormozlash va ishchi mashina texnologik jarayonini ta'minlash uchun tezlik, moment va quvvatni talab qilingan qiymatini ta'minlash elektr yuritmani boshqarish deyiladi. Elektr yuritmani boshqarish bo’yicha operatsiyalar avtomatika apparatlari bilan bajarilsa avtomatik boshqarish deyiladi.
Elektr yuritmalarni boshqarish printsiplari. Elektr yuritmani avtomatik boshqarish quyidagi usullar bo’yicha bajarilishi mumkin:
Vaqt asosida-boshqarish vaqt relesi yordamida bajariladi. Har bir rele biror kontaktorni ulaydi yoki uzadi;
Tezlik asosida-boshqarish harakatlanuvchi burchak tezligini nazorat qiluvchi rele yordamida bajariladi;
Tok asosida-boshqarish minimal yoki maksimal tok relelari yordamida bajariladi; Bu relelar tezlashtirish kontaktorlarini dvigatel toki ortganida yoki kamayganida ulaydi;
EYuK asosida-boshqarish rele yoki kontaktorlar yordamida bajariladi;
Chastota asosida-boshqarish rotordagi chastota o’zgarishiga asoslangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |