Namangan muhandislik-texnologiya instituti


Emallar ishlab chiqarish texnologiyasi



Download 1,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/44
Sana06.01.2022
Hajmi1,22 Mb.
#322198
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   44
Bog'liq
Raximov Nurmatjon Oxirgi variyant

Emallar ishlab chiqarish texnologiyasi 

Suyuq 


pigmentlangan 

lok-bo’yoq 

materiallarini  ishlab  chiqarish. 

Pigmentlangan  materiallar  bir  fazali  va  ikki  fazali  suyuq  qoplama  xosil  qiluvchi 

tizimlar  asosida  tayyorlanadi.  Birinchisiga  oligomerlar  (polimerlar)  ning  organik 

erituvchilardagi  eritmalari,  oliflar  va  tabiiy  birikmalar  eritmalari  (sellyuloza 

efirlari, smolalar, bitumlar) tegishli bo’lsa, ikkinchisiga  – polimerlarning suvli va 

organik  dispersiyalari  (organozollar  va  plastizollar)  tegishli.  Quyida  eng  ko’p 

tarkalgan  misollardan  emallar  va  suvli-dispersion  bo’yoqlar  ishlab  chiqarishni 

ko’ramiz. 

Emallar  ishlab  chiqarish.  Emallarni  oligomerlar  (polimerlar)ning  organik 

erituvchilardagi  eritmalarini  pigmentlab  olinadi.  Ulardan  ximoya  va  dekorativ 

funksiyalarini  bajaruvchi,  tashqi  yuza  qatlamlarga  ishlatiladigan  lok-bo’yoq 

qoplamalari olinadi. 

Emallar  ishlab  chiqarish  texnologik  jarayonining  asosiy  operatsiyalari 

quyidagilar:  pigmentlarni  (to’ldiruvchilarni)  oligomer  (polimer)  eritmasi  bilan 

aralashtirish  yoki  pigment  pastasini  tayyorlash;  pigment  pastasini  dispergirlash; 

emalni tuzib tarkiblash; tozalash va qadoqlash. 

Pigment  pastasini  tayyorlash,  odatda,  maxsus  aralashtirgichlarda  amalga 

oshiriladi,  jixozlarning  konstruksiyasi  dispergirlash  operatsiyasining  apparatura 

ko’rinishiga  bog’liq.  Shunday  qilib,  agar  dispergirlash  biser  dispergatorlarida 

o’tkazilsa,  u  xolda  pastalar  tez  aylanuvchan  disksimon  tishli  aralashtirgichlarda 

tayyorlanadi. Agar dispergator sifatida sharli tegirmonlardan foydalanilsa, u xolda 

maxsus  aralashtirgichlarga  extiyoj  bo’lmaydi  va  pastalarni  bevosita  sharli 




15 

 

tegirmonda tayyorlanadi. 



Pigment pastalarini tayyorlashda retseptura bo’yicha xisoblangan pigmentlar 

va  to’ldiruvchilar  miqdori  to’laligicha  ishlatiladi.  Qoplama  xosil  qiluvchi  modda 

esa qisman sarflanadi. 

Dispergirlash  jarayoni  tugagach,  pigment  pastasiga  qoplama  xosil 

qiluvchining qolgan qismi va maxsus qo’shimchalar (sikkativlar, plastifikatorlar va 

boshqalar)  qo’shiladi.  Aynan  shu  operatsiya  emalni  tarkiblash  jarayoni  bo’ladi. 

So’ngra  emal  qovushqoqligi  va  rangi  bo’yicha  erituvchilar  va  koler  pastalari 

qo’shib standartlanadi (ishlab chiqarishda buni “tipga keltirish” deyiladi).  

Lok-bo’yoq qoplamasi chiroyli tashqi ko’rinishga ega bo’lishi uchun emalda 

biron-bir pigment agregatlari  bo’lmasligi, shuningdek, begona zarrachalar (chang, 

qil,  tolalar  va  boshqalar)  bo’lmasligi  lozim.  Bu  zarrachalarning  bo’lishi 

qoplamalarning  ximoyalash  xossalarini  pasaytiradi,  shuning  uchun  emalni 

filtrlarda yoki sentrifugalarda yaxshilab tozalanadi.  

Emallar  ishlab  chiqarishning  xar  qanday  texnologik  jarayoni  ayni  bir  xil 

asosiy  operatsiyalarni  o’z  ichiga  olsada,  biroq  uni  turlicha  usullarda  olib  borish 

mumkin. 


Ularning  biriga  ko’ra,  retsepturada  ko’rsatilgan  xamma  pigmentlar 

aralashmasi  polimer  eritmasida  (lok)  dispergirlanadi;  bunda  olingan  pigment 

pastasi  rangi  tayyorlanayotgan  emal  rangiga  mos  bo’ladi  (rangli  pastalar  usuli). 

Boshqa usulga ko’ra, xar bir pigment (yoki bir xil rangli pigmentlar aralashmasi) 

loklarda  aloxida  dispergirlanadi,  buning  natijasida  turli  ranglardagi  bir  pigmentli 

(bir  kolerli)  pastalar  olinadi  va  ularni  bir-biriga  qo’shib  aralashtirib  emal 

tarkiblanadi  (bir  pigmentli  pastalar  usuli).  Uchinchi  usul  bo’yicha  xam  avval  bir 

pigmentli (yoki bir kolerli) pastalar olinadi, keyin ularni qovushoqligi tayyor emal 

qovushoqligiga  yaqin  kelgunicha  suyultiriladi  (lok,  erituvchi  bilan)  va  faqat 

shundan  keyin  tayyorlanayotgan  emal  rangiga    bog’liq  nisbatlarda  aralashtiriladi. 

Suyultirilgan  bir  pigmentli  (bir  kolerli)  pastalarni,  odatda,  bir  pigmentli 

yarimtayyor  (polufabrikat)  emallar  deyiladi.  Bu  usul  kamdan-kam  xolatlarda 

qo’llaniladi,  chunki  undan  foydalanish  uchun  ko’p  yordamchi  jixozlar  kerak 



16 

 

bo’ladi. 



Keyingi  yillarda  emal  ishlab  chiqarishning  yana  bir  usuli  keng  tarqaldi  – 

bazaviy emallar asosida maxsulot olish. Bu usulga ko’ra, avval bir kolerli oq rangli 

emal  (“bazaviy  emal”)  olinadi  va  keyin  uning  asosida,  unga  koler  pastalari 

(konsentrlangan yoki suyultirilgan) qo’shib xar xil rangli emallar tayyorlanadi. 

Emallarni  bir  pigmentli  pastalar  va  oq  bazaviy  emallar  usullarida  ishlab 

chiqarish loklarda xama pigmentlarni dispergirlab emal tayyorlash usuliga nisbatan 

tayyor  maxsulotni  anchagina  kolerlashni  ta’minlaydi.  Bu  usullarni  qo’llash 

natijasida  mexnat  unumdorligi  va  jixozlardan  foydalanish  koeffitsenti  oshadi. 

Shuningdek  jarayonni  avtomatizatsiyalash  va  bir  rangli  emal  ishlab  chiqarishdan 

boshqa rangga o’tish yengillashadi. Bu afzalliklarning xammasi ko’p xajmda emal 

ishlab chiqarishda ko’proq darajada namoyon bo’ladi. 

Emal ishlab chiqarish xar bir aniq xolatda ishlab chiqarish masshtabi, tayyor 

maxsulot  assortimenti  va  uning  sifatiga  bo’lgan  talablarni  xisobga  olgan  xolda 

tanlanishi lozim[2]. 

Biser dispergatorlarida 1-3 xar bir pigment aloxida dispergirlanadi. Sxemada 

ular uchta ko’rsatilgan, ba’zan esa retseptura tarkibiga kiruvchi pigmentlar soniga 

ko’ra ko’proq talab qilinadi. Pigment pastalarini tayyorlash o’zgaruvchan ravishda 

ishlaydigan tez aylanuvchan aralashtirgichlarda (disolverlarda) (4, 5 va 6) amalga 

oshiriladi.  Disolverlarning  bu  tartibda  ishlashi  biser  tegirmonlarini  uzluksiz 

ishlashini  ta’minlaydi.  Pigmentlar  disolverlarga  bunkerlardan  7,  8  va  9  shnekli 

dozatorlar  10-12  orqali  uzatiladi.  Erituvchi  va  lok  disolverlarga  dozalovchi 

agregatlar 13, 14 va 15 orqali uzatiladi. Tayyor pastalar yig’uvchi sig’imlarda 16-

18  yig’iladi.  Pastalarni  biser  dispergatorlari  va  yig’uvchi  sig’imlarga  uzatilishi 

nasoslar  19  orqali  amalga  oshiriladi.  Aralashtirgichlarda  20  emallar  tarkiblanadi. 

Emalning  boshqa  komponentlari  aralashtirgichga  dozalovchi  agregat  21  orqali 

uzatiladi.  Emallarni  standartizatsiyalash  xam  aralashtirgichlarda  o’tkaziladi. 

Tayyor emallar nasoslar 23 yordamida filtrlardan 22 utib qadoqlovchi agregatlarga 

yunaltiriladi. 




17 

 

 



Rasm 1.

 Bir pigmentli pastalar usulida rangli emallarni uzluksiz ishlab chiqarish 

texnologik sxemasi: 

1-3 - biser dispergatorlari; 4-6 - disolverlar; 7-9 – bunkerlar; 10-12- shnekli 

dozatorlar;  13-15,  21-  dozalovchi  agregatlar;  16-18  –  yig’uvchi  sig’imlar;  20- 

aralashtirgich; 19, 23 – nasos; 22 – filtr. 

 

Rangli  emallarni  oq  bazaviy  emallar  usulida  uzluksiz  ishlab  chiqarishning 



texnologik sxemasi 2-chi rasmda ko’rsatilgan.

 

 



Rasm 2.

 Rangli emallarni oq bazaviy emallar usulida uzluksiz ishlab chiqarishning 

texnologik sxemasi : 

1-uzluksiz ishlovchi dissolver; 2-bunker; 3-shnekli dozator; 4, 14-dozalovchi 

agregatlar;  5-qizdirgich;  6,8,16-nasoslar;  7-biser  dispergator;  9,13-aralashtirgich; 



18 

 

10-dozalovchi nasos; 11,15-filtrlar; 12-yig’uvchi sig’im.  



Yuqorida  ko’rib  o’tilgan  sxemadan  farqli  ravishda  bu  yerda  oq  pigment 

pastasi uzluksiz ishlovchi disolverda 1 tayyorlanadi. Unga pigment shnekli dozator 

3  orqali  bunkerdan  2  uzatiladi.  Lok  va  erituvchi  dozalovchi  agregat  4  orqali 

uzatiladi,  bunda  lok  qizdirgichdan  5  o’tadi.  Disolverdan  pigment  pastasi  nasos  6 

yordamida  biser  dispergatoriga  7  uzatiladi,  undan  esa  nasos  8  yordamida  oq 

bazaviy  emallar  olish  uchun  aralashtirgichga  9  uzatiladi.  Shu  aralashtirgichlarga 

nasos  10  yordamida  lok  quyiladi.  So’ngra  tayyor  oq  bazaviy  emal  filtrda  11 

tozalanadi  va  yig’uvchi  sig’imlarga  12  yig’iladi.  Rangli  emallarni  tarkiblash 

aralashtirgichlarda  13  o’tkaziladi.  Buning  uchun  oq  bazaviy  emal,  bir  pigmentli 

pastalar  (ular 1-chi  rasmdagi  sxemaga  ko’ra  tayyorlanadi), erituvchilar  va  boshqa 

zarur 

qo’shimchalar  kerakli  miqdorda  dozalovchi  agregat  14  orqali 



aralashtirgichga  uzatiladi.  Emalni  standartizatsiyalash  xam  shu  yerda  utkaziladi. 

Tayyor rangli emal filtrlarda 15 tozalanadi. 




Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish