Bozorda bir yoki bir necha ishlab chiqaruvchini mavjudligi bozor tomonidan belgilanadi. Masalan, A va B shaharlar
o’rtasida yukni bir avtomobil kompaniyasi tashiydi. Tor ma’noda bu kompaniya monopolist bo’lishi mumkin. Ammo A va B
shahar o’rtasida transport xizmat ko’rsatishning boshqa shakllari havo, temir yo’l, suv transporti bo’lishi mumkin. Bunday
holatda avtomobil kompaniyasini monopolist deb bo’lmaydi.
Monopoliya harakat qilishi uchun bu tarmoqda yangi firmani kirib kelishiga ruxsat berishi kerak emas. Bu yerda
bozorlarni musobaqadoshligi nazariyasi muhim rol o’ynaydi.
Bu nazariya mazmuni Shundaki, raqobat nafaqat Shu tarmoqdagi ishlab chiqaruvchilar, bandlar soniga, Shuningdek
ushbu tarmoqdagi real va potentsial ishlab chiqaruvchilar soniga asoslanadi.
Potentsial raqobat xavfi ushbu tarmoqda faoliyat ko’rsatayotgan firmalar xulqiga ta’sir ko’rsatadi.
Shu tarmoqda
yangi korxonalarning tashkil topishi yuqori foyda olish imkoniyati bilan bog’liq.
Shunday qilib, tarmoqda faoliyat ko’rsatayotgan firmalar soni minimal samarali ishlab chiqarish hajmiga bog’liq.
Minimal samarali ishlab chiqarish hajmi uzoq muddatli o’rtacha ishlab chiqarish xarajatlari egriligi pasayishini to’xtatish bilan
belgilanadi.
Monopolistik raqobat nazariyasi uch nazariga asoslanadi:
1.
mahsulotni tabaqalanishi;
2.
ko’p sonli sotuvchilar;
3.
tarmoqqa erkin kirish va chiqish.
Monoplistik raqobat bozorida firma boshqa firmalar bilan o’xshash mahsulot
ishlab chiqaradi, biroq ular bir-birini to’liq qoplovchi hisoblanmaydi.
Monopolistik raqobat takomillashgan sof raqobat bilan o’xshash. Ular uchun
ko’p sonli firmalar hamda tarmoqqa ekrin kirish va chiqish xos.
94
Biroq mukammal takomillashgandan farqli o’laroq monopolistik raqobat
tabaqalashgan mahsulotlar bilan ishlaydi.
Tabaqalashgan mahsulot sotuvchilar tomonidan bozorga chiqariladigan tovar va
xizmatlarda jiddiy farqlar bo’lishini bildiradi.
Tovar va xizmatlarning tabaqalashuvi uchun quyidagi belgilar xos: fabrika
markazi,
firma nomi, mahsulotni o’ziga xos upakovka qilish yoki taraga joylash,
tovarni sifati, rangi yoki yili orqali namoyon bo’ladi.
Tovarni tabaqalashuvi tovarni sotish bilan bog’liq quyidagi shart-sharoitlarga
bog’liq: sotuvchi joyini qulayligi, xizmat ko’rsatish sifati, kafolatlarni berish muddati,
kreditga sotish, savdoni tashkil etish bilan belgilanadi.
Bahosiz raqobat. Ommaviy potok ishlab chiqarish uchun bahoni pasayishiga
asoslangan bahoni raqobat xos bo’lib, u katta ishlab chiqarish xarajatlari va risk bilan
bog’liq.
XX asrda baholi raqobat o’z o’rnini asta-sekin bahosiz raqobatga bo’shatib
bermoqda.
Bahosiz raqobat sharoitida yangi tovar va xizmatlarni yaratish,
tovar sifatini
oshirish, uning tabaqalanishi va uni sotish sharoitlarini o’zgarishi metodlaridan
foydalaniladi.
Savdo sarkasi (brendi) - xaridorni yuqori sifatli tovar to’g’risida xabardor qialid
va ishlab chiqaruvchi mahsulot sifati uchun ma’sulligini bildiradi.
Monopolistik raqobat nazarisi asosiy aktsentni bahosiz omilga qaratadi.
Monopolistik raqobat sharoitida turli tovarlar mavjud bo’ladi va sotish faoliyati va
xarajatlari muhim rol o’ynaydi.
Sotish xarajatlari tarkibiga reklama xarajatlari, sotish bilan bog’liq xodimlar ish
haqi, sotish bo’limi xarajati, skidkalar kiradi.
Reklama ikki vazifani bajaradi:
1.
xaridorlarni mahsulot to’g’risida xabardor qiladi;
2.
xaridorlar ehtiyojini o’zgartiradi.
Reklama talabni elastik qiladi.
Sof monopoliya g’arb mamlakatlarida keng tarqalgan. Qator tarmoqlarda bozorni
monopolistik tarkibini tashkil etish uchun monopolistik tarkibini tashkil etish uchun
iqtisodiy asos bor. Gap tabiiy monopoliyalar to’g’risida ketmoqda.
Yirik ishlab
chiqaruvchilar raqobat qilayotgan irmalarga nisbatan past ishlab chiqarish xarajatlari va
bahoga ega, bo’lib katta tejash imkonni beradi. Tabiiy monopoliyalardan ijtimoiy
foydalanish korxonalar uchun xos. Monopolistik tarkib davlat tomonidan aralashuv va
faoliyat ko’rsatishni talab qiladi. Tabiiy monopoliyalar odatda davlat mulki asosida
yoki xususiy mulk asosida rivojlanadi, uning faoliyati davlat tomonidan albatta nazorat
qilib boriladi.
Davlat tomonidan olib boriladigan baho nazorati olgopoliya va monopol
tarkiblarda, sof raqobatga nisbatan samaralidir. O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarni
ustivor yo’nalishlaridan biri iqtisodiyotni monopoliyadan
chiqarish va raqobatni
rivojlanitirish hisoblanadi.
95
Xusuiylashtirish monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirishga olib kelishi kerak.
Qonuniyat minimal samarali ishlab chiqarish hajmi bozor hajmiga nisbatan
qancha yirik bo’lsa tarmoqdagi firmalar soni Shuncha kam bo’ladi.
Bozor hajmini minimal samarali miqyosga nisbatan, ma’lum tarmo qdagi
firmalar imkoniyati to’g’risida tasavvur beradi. AQSh iqtisodiyoti F.Sherer hisob-
kitobiga ko’ra yuqoridagi mezonga muvofiq Germaniya
xolodilnik ishlab chiqarish
sohasida - 3, sigaret - 3, neftni qayta ishlashda - 9, pivo pishirishda - 16, mato ishlab
chiqarishda - 52, poyafzal ishlab chiqarishda - 197 firma bo’ladi.
Raqobatbardosh firmani xususiyati Shundaki oxirgi daromad bahoga teng
bo’ladi.
Monopoliya uchun ishlab chiqarish hajmini chegaralash va bahoni o’sishi xosdir.
U mukamal raqobatli firmaga nisbatan kam mahsulot ishlab chiqarish mukamal
raqobatli firmaga nisbatan yuqori baho belgilaydi.
Monopol raqobatda savdo markalari vositasida ham o’zaro kur ash ketadi.
Oligopoliya sharoitidagi raqobatda ozchilik, lekin g’oyat yirik firmalar qatnashadi,
ular muayyan tarmoqdagi mahsulot ishlab chiqarishni va sotishni o’z qo’lida to’plab
oladi.
Oligopoliya bozoriga kirib borish yo’lida 3 ta jiddiy to’siq bo’ladi:
1.
Bu yerga kirib o’rganib olish uchun g’oyat katta kapital kerak, bu esa
ko’pchilikda bo’lmaydi.
2.
Tabiiy resurslar ayrim kompaniyalar qo’lida mulk sifatida to’planib
qolganidan, ular o’zgalarga nasib etmaydi.
3.
Ilmiy - texnikaviy yangiliklar ayrim kompaniyalar
monopoliyasiga aylanib
qoladi, Shu sababli ulardan boshqalarning baxramand bo’lishi qiyin.
Do'stlaringiz bilan baham: