Namangan muhandislik-texnologiya instituti "sichtei" kafedrasi "hozirgi zamon raqobat nazariyasi"



Download 2,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/160
Sana04.02.2022
Hajmi2,32 Mb.
#428585
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   160
Bog'liq
hozirgi zamon raqobat nazariyasi

Ichki raqobatchilar guruhi maxsus yetkazib beruvchilarning shakllanishi, 
shuningdek tarmoqlarning yaqinlashuviga ko'maklashadi 
Firmalar strategiyasi, 
tuzilishi va raqobatchilik 
Ixtisoslashgan 
omillar 
yo'llari sturdosh va qo'llab-
quvvatlovchi 
tarmoqlarda 
o'zini namoyon qiladi. 
Katta yoki o' sib borayotgan 
ichk talab tarmoqlarning 
o' sishi rivojlanishini 
rag'batlantiradi 
Turdosh va qo'llab- 
quvvatlovchi tarmoqlar 
3.3-
 
rasm. Turdosh va qo'Hab-quvvatlovchi tarmoqlarga ta'sir 
Tarmoqdagi omillar olchamlari, ayniqsa, ularni yaratuvchi mexanizmlar ham turdosh va qo'llab-quvvatlovchi 
tarmoqlarning rivojlanishiga ta'sir qilishi mumkin. Ma'lumki, bu tarmoqlar biror konkret tarmoqda to'plangan bilimlar, 
ko'nikmalar va texnologiyalarning o'ziga o'tishidan foyda oladilar. 
82 


Qo'llab-quvvatlovchi tarmoqlarning kengligi va ixtisoslashganligi to varga ichki talabning o'sishi miqyosi va sur'atlariga 
boFliq ravishda ortib boradi. Ichki talab katta bo'lganda, qondirilmagan talabni qoplash, importni cheklash yoki firma ichida 
ilgari amalga oshirilgan ishlarni mahsuldorroq va samaraliroq bajarish uchun yangi ixtisoslashgan yetkazib beruvchilar paydo 
bo'ladi. 
Biroq turdosh va qo'llab-quvvatlovchi tarmoqlarning rivojlanishiga faol ichki raqobat eng ko'p ta'sir ko'rsatadi. Jahon 
bozorida muvaffaqiyatli faoliyat ko'rsatayotgan va barcha mamlakatlarda o'z tovarlarini sotayotgan mahalliy firmalar guruhi 
xalqaro talabni mamlakatdagi yetkazib beruvchining tarmoFiga yo'naltiradi. Masalan, Yaponiyaning yarim o'tkazgichlar ishlab 
chiqaruvchi firmalarining katta bir guruhi bu mamlakatda yarim o'tkazgichlar uskunalari ishlab chiqarish bo'yicha dunyodagi 
yetakchi yetkazib beruvchilar paydo bo'lishiga olib keldi. Alohida kompaniyalar o'ziga boshqa tarmoqlarga ham xizmat 
ko'rsatadigan uskunalar va xizmatlar yetkazib beruvchilarning e'tiborini jalb qilishga to'Fri keladigan bir paytda ichki 
raqobatchilar guruhi o'zlaribilan hisoblashshiga boshqalarni majbur qiladi. Mavjud yetkazib beruvchilar ushbu tarmoqning 
so'rovlarini qondiradigan tovarlar va xizmatlar yaratadilar. Keng profilli yetkazib beruvchilar ushbu tarmoqqa xizmat 
ko'rsatadigan maxsus bo'limlar yaratadilar. Masalan, Gollivudda kino va televidenieda raqobatchilarning ko'plab to'planib 
qolishi maxsus effektlar, kiyim dizayni va fil mlar namoyishini suFurta qilish bilan shuFullanadigan maxsus yetkazib beruvchilar 
guruhining ilgari chiqishiga sabab bo'ldi. Ular ishining sifati va studiyalarga yaqinligi Gollivuddagi raqobatbardoshlikni faqat 
oshiradi. Xalqaro faoliyatda muvaffaqiyatli faoliyat ko'rsatadigan ichki raqobatchilar guruhi yetkazib beruvchi tarmoqlarni ham 
rivojlanishga majbur qiladi. Xaridorlar orasidagi kuchli raqobat yetkazib beruvchilarni doimo o'z ishlab chiqarishlarini 
takomillashtirib borishga majbur qiladi. O'z mamlakati ishlab chiqarish bazalarining yaqinligi ilmiy-tadqiqot ishlarini almashish 
va bu sohada hamkorlik qilishni osonlashtiradi. yetkazib beruvchi tarmoqlar o'z mijozlariga xorijda ham xizmat ko'rsatishlari 
mumkin. Ular shu tariqa o'z opreatsiyalarining globallashuviga ko' maklashadilar. 
Ichki raqobatchilar guruhi yetakchi o'rin tutgan bitta firmaga qaraganda mahalliy qo'llab-quvvatlovchi taromqlarning 
rivojdanishiga ijobiyta'sir ko'rsatishi mumkin. Raqobatlashayotgan ichki xaridorlarning mavjudligi yetkazib beruvchilarning 
tovarlarni sotish va alohida olingan bir xaridorning bozor hukmronligi xavfini kamaytiradi. Bu yangi firmalarni yetkazib berishlar 
bilan shuFullanishga rag'batlantiradi hamda yangi investitsiyalar va ixtisoslashuvni rag'batlantiradi. Bundan tashqari, ko'p sonli 
ichki xaridorlarning mavjudligi (ulardan har birining o'z individual ehtiyojlari mavjud) texnik taraqqiyot va ilmiy-tadqiqot 
markazlarining yaratilishiga ko'maklashadi. Raqobatbardosh yetkazib beruvchi tarmoqlarni xaridor-tarmoqlar ichidan ajratib 
olish yo'li bilan ularni yetkazib beruvchilarga aylantirgan hollar ko'plab uchraydi. Masalan, Daniyada yaxshi rivojlangan va 
eksportga yo'nalgan sut va baliq mahsulotlarini ishlab chiqarish o'nlab qo'llab-quvvatlovchi tarmoqlarni keltirib chiqardi. Oziq-
ovqat mahsulotlarini qayta ishlash uskunalari, baliq ovlovchi kemalar, kemasozlik uchun zarur bo'lgan lak-bo'yoq materiallarini 
ishlab chiqarish, radiotelefon aloqalari uchun apparatlar tayyorlash kabilar shular jumlasidandir. Bu tarmoqlarning ba'zilari 
jahon bozorida raqobatlashishga qodir. Germaniyada butun 
83 


dunyoga mashhur kimyo sanoati nasoslar, suyuqliklar va kimyo sektoriga zarur bo'lgan ko'plab boshqa mahsulotlar uchun 
nazorat-olchov uskunalari ishlab chiqaruvchi o'z yetkazib beruvchilarining rivojlanishiga ko'maklashdi. AQSh birinchilardan 
bo'lib elektronikada muvaffaqiyatga erishdi va bu nazorat-o lchov uskunalarini ishlab chiqaruvchi yetkazib beruvchi 
tarmoqlarning jahon darajasiga chiqishiga olib keldi. 
Faol ichki raqobat kopincha yangi firmalarning paydo bo'lishi va pirovardida aralash tarmoqlar tomonidan jahon 
bozorida mavqelar egallanishiga olib keldi. Masalan, fotoapparatura ishlab chiqaruvchi ko'plab yetakchi yapon firmalari bir 
vaqtning o'zida kichkina nusxa ko'chirish apparatlari ishlab chiqara boshladilar. Ularning optika sohasidagi texnologiyasi va 
xalqaro savdo tarmoFi Yaponiyaning ushbu sohadagi yetakchiligiga olib keldi. Bunday hollar ko'p uchraydi. Masalan, stanok 
ishlab chiqaruvchi italyan firmalari korxonalarni avtomatlashtirish jihozlari bilan, koreys televizor ishlab chiqaruvchilari esa 
videomagnitofonlar bilan shuFullana boshladi. 

Download 2,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish