5-
MAVZU. M I I . I I Y IQTISODIYOT RAQOBATBARDOSHLIGINI BAHOLASHGA
NISBATAN USLUBIY YONDASHUVLAR
Reja:
46
1.
Milliy raqobatbardoshlikka erishish usullari.
2.
Mamlakat raqobatbardoshligini baxolash metodikasi.
3.
Raqobat ustunligini taxlil qilishning yordamchi usullari.
4.
Strategik rejalarning SWOT taxlili.
5.
O’zbekistonning raqobat jihatdan ustunliklari.
Tayanch so'z va iboralar:
Raqobatbardoshlikni baxolash, makrodaraja, butunjaxon
iqtisodiy forumi (BIF), mezodaraja, SWOT tahlili, mikrodaraja, ekspert usuli, M.
Porter kontseptsiyasi, zamonaviy model, M. Porterning milliy rombi. ustunliklar
determinantlari: barqaror strategiya, strategiya, raqobatchilik, omillar uchun shart-
sharoitlar, talab holati, turdosh, qo’llab-quvvatlovchi tarmoqlar, mamlakat siyosiy va
huquqiy tizimining barqarorligi, Inson kapitali, Aholi hayot kechirishining davomiyligi,
Ishchi kuchi, ta’lim darajasi.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari:
dialogik shov-shuv, muammoli ta’lim, B/B/B jadvali, munozara,
Venn diagrammasi, T-sxema, o’z-o’zini nazorat
Adabiyotlar: A1, A2, A3, A4, A5, A6, A7, Q1, Q2.
Mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar (korxonalar) o’rtasidagi raqobat tovarlarni
qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman
iqtisodiyotda o’z mavqeini mustahkamlash uchun kurashdan iborat. Bunda ular kerakli
ishlab chiqarish vositalari, xom ashyo va materiallar sotib olish, ishchi kuchini yollash
uchun ham kurashadi. Ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi raqobat oxir-oqibatda
iste’molchilar uchun kurashdir.
Resurslarni yetkazib beruvchilar o’zlarining iqtisodiy resurslarini (kapital, yer -
suv, ishchi kuchi) yuqori baholarda sotish uchun raqobat kiladilar. Ishlab
chiqaruvchilar va resurslarni yetkazib beruvchilar o’rtasidagi raqobat bozor
munosabatlari rivojlangan, iqtisodiyot to’liq erkinlashgan sharoitda yorqin namoyon
bo’ladi.
Raqobat iste’molchilar o’rtasida ham yuz beradi; ular tovarlarni qulay va arzon
baholarda sotib olishga harakat qiladilar, ya’ni xaridor har bir sarflangan pul birligi
evaziga ko’proq naflilikka ega bo’lishga harakat kiladi. Arzon va sifatli tovarni tezroq
sotib olish uchun kurashadi.
Taniqli ingliz olimi M.E.Porterning tadqiqotlariga ko’ra, alohida bozordagi
raqobatning holatini beshta raqobat kuchi orqali tavsiflash mumkin:
1.
Raqobatlashuvchi sotuvchilar o’rtasidagi bellashuv.
2.
Bir birini o’rnini bosuvchi va narx nuqtai nazaridan raqobatbardosh bo’lgan
tovarlar o’rtasidagi raqobat.
3.
Yangi raqobatchilarning paydo bo’lish xavfi.
4.
Mol yetkazib beruvchilarning iqtisodiy imkoniyatlari va savdo qobiliyatlari.
5.
Xaridorlarning iqtisodiy imkoniyatlari va savdo qobiliyatlari.
Raqobatning beshta kuchi pirovardida har bir bozor hamda uni tarkib
yuptiruvchi iqtisodiy birliklar amal qiluvchi sharoitlarni belgilab beradi. Har bir
kuchning holati va ularning birgalikdagi ta’siri raqobat kurashidagi konkret ishlab
chiqarish tizimi imkoniyatlarini va uning salohiyatini belgilab beradi.
Raqobat kurashining mazmuni to’g’risida to’laroq tushunchaga ega bo’lish
uchun uning asosiy shakllari va belgilarini har tomonlama, chuqur ko’rib chiq ish zarur.
Bozordagi korxona tovarlari raqobatining bir necha turlari (funktsional raqobat,
ko’rinishi bo’yicha raqobat, predmet bo’yicha raqobat) amal qiladi. Funktsional raqobat
har qanday ehtiyojni turli vositalar orqali qondirish mumkinligi natijasida kelib
47
chiqadi. Shunga ko’ra, bunda qondirishni ta’minlovchi barcha tovarlar funktsional
raqobatlashuvchi xisoblanadi. Ko’rinishi bo’yicha raqobatlashuv - bu bir maqsadga
mo’ljallangan, biroq, qandaydir ahamiyatli parametri bo’yicha farqlanuvchi
tovarlarning mavjudligidan kelib chiqadi. Predmet bo’yicha raqobatlashuv — bu
firmalar tomonidan faqat tayyorlanish sifati jihatidan farqlanuvchi bir xildagi
tovarlarning ishlab chiqarilishi natijasida vujudga keladi. Shuningdek, predmet
bo’yicha raqobatlashuvni yana firmalararo raqobatlashuv deb ham ataladi.
Raqobat holatining tahlilini quyidagi to’rtta asosiy mezondan kelib chiqqan
holda amalga oshirish mumkin:
1)
sotuvchining xulq-atvori tavsifiga ko’ra:
-
polisiyosiy raqobat;
-
oligosiyosiy raqobat.
2)
tovarning tabaqalashuvi darajasiga ko’ra:
-
bir turdagi raqobat;
-
bir turdagi va gomogen (tovarning tabaqalashuvisiz) raqobat;
-
geterogen (tovarning tabaqalashuvi) raqobat.
3)
tarmoqqa kirishning erkinlik darajasiga ko’ra:
-
ochiq raqobat;
-
yopiq raqobat.
4)
qo’llanilayotgan hatti-harakatlarga ko’ra:
-
narx bo’yicha raqobatlashuv;
-
narxsiz raqobatlashuv.
Oz miqyosiga ko’ra raqobat eng avvalo ikki turga — tarmoq ichidagi raqobatga
va tarmoqlararo raqobatga bo’linadi.
Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmoq ichidagi raqobatning to’rtta shakli alohida
ajratilib ko’rsatiladi. Bular erkin raqobat, monopolistik raqobat, monopoliya va
oligopoliyadir.
Erkin raqobat ikki darajada namoyon bo’ladi: tarmoq ichida, ya’ni bir xil
tovarlar ishlab chiqaruvchi korxonalar o’rtasidagi raqobat va tarmoqlaro, ya’ni turli
tarmoqlardagi korxonalar o’rtasidagi raqobat. Tarmoqlar ichidagi raqobat ishlab
chiqarish va sotishning qulayroq sharoitiga ega bo’lish, qo’shimcha foyda olish uchun
bir tarmoq korxonalari o’rtasida boradi. Har bir tarmoqda texnika bilan ta’minlanish
darajasi va mehnat unumdorligi darajasi turlicha bo’lgan korxonalar borligi sababli shu
korxonalarda ishlab chiqarilgan tovarlarning individual (alohida) qiymati bir xil
bo’lmaydi.
Tarmoq ichidagi raqobat tovarlarning ijtimoiy qiymatini, boshqacha aytganda,
bozor qiymatini aniqlaydi va belgilaydi. Bu qiymat, odatda, o’rtacha sharoitda ishlab
chiqarilgan va muayyan tarmoq tovarlarining anchagina qismini tashkil etadigan
tovarlarning qiymatiga mos keladi.
Tarmoqlar ichidagi raqobat natijasida texnikaviy darajasi va mehnat unumdorligi
yuqori bo’lgan korxonalar qo’shimcha foyda oladilar va aksincha, texnika jihatdan
nochor korxonalar esa, o’zlarida ishlab chiqarilgan tovar qiymatining bir qismini
yo’qotadilar va zarar ko’radilar.
Tarmoqlararo raqobat turli tarmoqlar korxonalari o’rtasida eng yuqori foyda
normasi olish uchun olib boriladigan kurashdan iborat. Bunday raqobat foyda normasi
48
kam bo’lgan tarmoqlardan foyda normasi yuqori tarmoqlarga kapitallarning oqib
o’tishiga sabab bo’ladi. Yangi kapitallar ko’prok foyda keltiruvchi sohalarga intilib,
ishlab chiqarishning kengayishiga, taklif ko’payishiga olib keladi. Shu asosda, narxlar
pasaya boshlaydi. Shuningdek, foyda normasi ham pasayadi. Kam foyda keltiruvchi
tarmoqlardan kapitalning chiqib ketishi teskari natijaga olib keladi: bu yerda ishlab
chiqarish hajmi o’zgaradi, tovarlarga bo’lgan talab ular taklif kilishidan oshib ketadi,
buning oqibatida narxlar ko’tariladi, shu bilan oirga foyda normasi oshadi. Natijada
tarmoqlararo raqobat ob’ektiv ravishda qandaydir dinamik muvozanatni keltirib
chiqaradi. Bu muvozanat kapital qaerga sarflanganligidan qat’iy nazar, teng kapital
uchun teng foyda olinishiga intilishni ta’minlaydi. Demak, tarmoqlararo raqobat kapital
qaysi tarmoqqa solinmasin, xuddi shu tarmoq foyda normalarini o’rtacha foyda
normasiga «baravarlashtiradi».
Raqobatni, uning vujudga kelishi va amal qilishidagi tabiiylik, bu jarayonlarga
tashqi kuchlarning ta’sir qilish darajasidan kelib chiqqan holda ikki asosiy guruhga -
mukammal va nomukammal raqobatga ajratish mumkin.
Mukammal raqobat quyidagi bir qator belgilar bilan tavsiflanadi:
■
bozor ichidagi resurslarning harakatchanligi;
■
bozorga kirish va undan chiqishning erkinligi;
■
sotuvchilar xatti-harakatining bir-biriga bog’liq bo’lmasligi;
■
ishlab chiqarilgan mahsulotning bir xil ko’rinishda ekanligi;
■
sotilgan mahsulot hajmi;
■
narx to’g’risida to’liq axborotga ega bo’lish imkoniyati.
Mukammal raqobatning yagona ko’rinishi - sof yoki erkin raqobatdir. Sof
raqobat gomogen mahsulotning savdo-sotig’i bilan shug’ullanuvchi ko’plab sotuvchi va
xaridorlarning mavjudligi bilan tavsiflanadi. Yuqori darajada tashkil qilingan bozorda
ko’plab sotuvchilar o’zlarining mahsulotlarini taklif qiladilar. Bunday sharoitda
bozorda mahsulot tabaqalashuvi mavjud bo’lmay, ko’p sonli sotuvchi va xaridorlar,
erkin holda harakat qilib, bozor narxining shakllanishiga ta’sir ko’rsata olmaydilar.
Sof raqobatli bozorda alohida korxonalar mahsulot narxi ustidan sezilarsiz
nazoratni amalga oshiradi. Chunki har bir korxonada umumiy ishlab chiqarish hajmi
uncha katta bo’lmaydi. Shu sababli alohida korxonada ishlab chiqarishning ko’payishi
yoki kamayishi umumiy taklifga, demak mahsulot bahosiga sezilarli ta’sir
ko’rsatmaydi.
Sof raqobat sharoitida yangi korxonalar tarmoqqa erkin kirishi, tarmoqda mavjud
bo’lgan korxonalar esa uni erkin tashlab chiqishi mumkin. Xususan yangi
korxonalarning paydo bo’lishi va ularning raqobatli bozorda mahsulotlarini sotishga
huquqiy, texnologik, moliyaviy va boshqa jiddiy iqtisodiy to’siqlar bo’lmaydi.
Shuningdek, iqtisodiy adabiyotlarda «samarali raqobat» tushunchasi ham
qo’llaniladi. Samarali (real) raqobat bozorda sof raqobat yoki mukammal raqobat
sharoiti mavjud bo’lmagan holda ham undagi sotuvchi va xaridorlar bir -biriga bog’liq
bo’lmagan holda harakat qilgan chog’da vujudga keladi.
Sof raqobat, umuman olganda, raqobatning har bir shakli ham milliy
iqtisodiyotda alohida-alohida, ya’ni sof holda uchramaydi. Iqtisodiyot sohalarini
49
batafsil o’rganish, cheksiz ko’p har xil raqobatli vaziyatlar mavjudligi sharoitida, ikkita
bir xil tarmoqni topish qiyinligini ko’rsatadi.
Shu sababli sof raqobatli bozorning xarakterli belgilari bilan, sof monopoliya,
monopolistik raqobat va oligopoliyaning xususiyatlari o’rtasidagi fa rqlarni ko’rsatib
berish foydali. Bunday taqqoslashni yengillashtirish uchun bozorning keyingi uchta
modelini bildirish uchun «takomillashmagan» yoki «nomukammal» raqobat degan
umumiy nomdan foydalaniladi.
Nomukammal, monopolistik raqobat XIX asrning oxiri - XX asrning boshlarida
monopoliyalarning paydo bo’lishi bilan vujudga keldi. Mazkur davr kapitalning
kontsentratsiyasi, aktsiyadorlik jamiyatlarining vujudga kelishi bilan tavsiflanadi.
«Monopoliya» atamasi tom ma’noda tovarning yagona sotuvchisi mayjudligini
anglatadi. Biroq, hozirgi vaqtda bu atama o’zining dastlabki talqinini yo’qotib,
nomukammal raqobatga xos bo’lgan bozor holatining turli ko’rinishlarini belgilashda
foydalaniladi. Monopolistik raqobatning asosiy belgisi bo’lib yuqori monopol narxlar
va monopol foydalar hisoblanadi.
Monopoliyada tarmoq bitta firmadan iborat bo’lishi sababli, u mavjud mahsulot
(xizmat) ning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va yakka hukmronlik
shakllanadi.
Monopoliya sharoitida firma narx ustidan sezilarli nazoratni amalga oshiradi.
Buning sababi oddiy bo’lib, u mahsulot (xizmat)ning yagona ishlab chiqaruvchisi
hisoblanadi va demak, taklifning umumiy hajmi ustidan nazorat qiladi.
Monopoliyaning mayjud bo’lish tarmoqqa kirish uchun to’siqlarning mayjud
bo’lishiga sabab bo’ladi. Iqtisodiy, texnik, huquqiy yoki boshqa to’siqlar yangi
raqobatchilarning tarmoqqa kirishiga yo’l qo’ymaydi. Tarmoqqa kirish uchun to’siqlar
har xil ko’rinishlarni oladi. Bularning asosiylari quyidagilar:
a)
ishlab chiqarish miqyosi keltirib chiqaradigan to’siqlar;
b)
tabiiy monopoliyalar vujudga keltiradigan to’siqlar;
v) patent va litsenziyalar kabi qonuniy to’siqlar;
g) xom-ashyoning muhim turlariga xususiy mulkchilik;
d) g’irrom raqobat.
Shu o’rinda halol raqobatning belgilarini ham ko’rsatib o’tish maqsadga
muvofiq hisoblanadi. Halol raqobat:
-
qalbaki bellashuv, majburiy safarbarlikni tan olmaydi;
-
boqimandalik, befarqlik, yuzakichilik, ko’zbo’yamachilik kabi salbiy
holatlarga barham beradi;
-
qarindosh-urug’chilikni, oshna-og’aynigarchilikni, tanish- bilishlikni,
n
ma’muriy-buyruqbozlikni tan olmaydi .
Nomukammal raqobat turlarini tahlil qilishda monopoliya sharoitida raqobatning
yana quyidagi ko’rinishlari ham farqlanadi: monopsoniya, oligopsoniya, duopoliya,
bilateral monopoliya.
Monopsoniya - muayyan tovarning yagona xaridori monopoliyasi mavjud
bo’lgan bozor tuzilmasi turi. O’z xarid hajmini cheklash orqali xaridor sotuvchi
7
Do'stlaringiz bilan baham: |