Namangan muhandislik-texnologiya instituti "sichtei" kafedrasi "hozirgi zamon raqobat nazariyasi"


Tayyor mahsulotlar sotish bilan bog’liq bo’lgan xizmatlar



Download 2,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/109
Sana01.11.2022
Hajmi2,32 Mb.
#859026
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   109
Bog'liq
91c2fe9dd114c466f1a622cb1b16ad76 O`quv qo`llanma

Tayyor mahsulotlar sotish bilan bog’liq bo’lgan xizmatlar.
Ishlab chiqarish va servis 
firmalari o’rtasidagi aloqalarning ikkinchi tipi moddiy-buyum tovarlarini sotish ularga xizmat ko’rsatishga talabni keltirib 
chiqarganda paydo bo’ladi. Kompbyuterlarni sotish, masalan, buyurtma bo’yicha ularga yakka tartibda dasturlar yaratishga, 
kompbyuter savodxonligiga bo’lgan talabni keltirib chiqarishi mumkin. Ba’zi moslamalar, masalan, yuk ko’taruvchilarni sotish 
bu uskunalarga xizmat ko’rsatish zaruriyatini ham keltirib chiqaradi va h.k. 
Xizmatlar sotish bilan bog’liq bo’lgan tayyor mahsulotlar.
Ishlab chiqarish va xizmatlar 
sohasi o’rtasidagi aloqalarning uchinchi tipi oldingisiga qarama-qarshidir. Loyihalash-kosntruktorlik ishlari yoki boshqaruv 
bo’yicha maslahatlar kabi xizmatlarni taqdim etish uskunalar yoki boshqa qo’shimcha tayyorlanadigan tovarlarga bo’lgan 
talabni yaratishi mumkin. Biror mamlakatning xalqaro muvaffaqiyatga ega servis firmalari Shu bilan ushbu mamlakatda ishlab 
chiqarilayotgan mahsulotlarning sotilishiga ko’maklashishi mumkin. Bu kapital qurilishda va loyihalash-konstruktorlik ishlarida 
allaqachon mavjud bo’lgan holatdir. Masalan, loyihalash-konstruktorlik ishlari va qurilish xizmatlari bo’yicha yetakchi amerika 
kompaniyalarining xorijdagi muvaffaqiyati «Karpiller» traktorlari, isitish moslamalari, shamollatish uskunalari va konditsionerlar 
kabi eksportdaunchalik ishonchli bo’lmagan tovarlarning ham xorijda sotilishida katta rolb o’ynadi. Ishlab chiqarish va servis 
firmalari o’rtasidagi aloqalar mustahkamligi va davomiyligi bo’yicha ancha farq qiladi. Xaridor-sotuvchi munosabatlari 
xizmatlarning ahamiyati va davomiyligi bo’yicha aloqalarning boshqa ikki shakliga qaragnda muhim va zarurdir. Bu alorqalar 
ishlab chiqarilayotgan tovar va unga xizmat ko’rsatish o’rtasida texnik uzviylik bo’lganda hamda ularnibirgalikda sotib 
olishayotganda ko’proq mustahkamdir.. Ishlab chiqarilgan tovar va unga xizmat 
128 


ko ’rsatish odatda enggboshida mustahkam bo’ladi. Masalan, kompyuterlaming ilk eksport sotilishi tegishli xizmatlarni faol 
keltirib chiqardi.Undan keyin paydo bo’lgan qo’shimcha xizmatlar esa bu toifaga kirmaydi. 
Xaridorlar ko’proq axborotga ega bo’lib borishi va sinchkovlashib borishi tufayli ular biror mamlakatning xizmat 
yetkazib beruvchilari, agar mahsulo tunchalik murakkab bo’lmasa, tovarlar va ularni ta’mirlash bo’yicha xizmatlar o’rtasidagi 
aloqa esa unchalik katta bo’lmasa ushbu mamlakat tovarlarga xizmat ko’rsatishda katta ustunliklarga ega emasligini tushuna 
boshlaydilar. 
Biz dunyoning bir qator yetakchi mamlakatlaridagi ishlab chiqarish muvaffaqiyatlari evolyutsiyasining o’ziga xos 
xususiyatlarini alohida holda ko’rib chiqdik. Shunisi aniqki, alohida tarmoqlar kabi milliy iqt isodiyot ham turg’un emas. Ikkinchi 
jahon urushidan keyin ko’p mamlakatlarda tarmoqlarda ajoyib o’zgar ishlar ro’y berdi va bu tarmoqlar jaon darajasida 
muvaffaqiyatga er isha boshladi. Iqtisodiy o’sish raqobat ustunliklari manbalarining murakkablashishi va yuqori samarali 
segmentlar va tarmoqlarda mavqening mustahkamlanishi tomonga harakatdan iborat. Bu jarayon butun iqtisodiyotning tez 
o’sishi bilan birga ro’y beradi. Alohida mamlakatlar sanoatining jahon xo’jaligidagi raqobatbardoshligi darajasi bo’yicha ushbu 
mamlakatlarning tasniflanishini keltirish mumkin. Raqobatbardoshlik bosqichlarini ajratib ko’rsatish milliy iqtisodiyot rivojining 
abstrakt (mavhum) metodini tuzish usullaridan biridir. Har bir bosqich o’z tarmog’i va firmalarni rivojlantirishning o’z 
strategiyasi bilan tavsiflanadi. Shuningdek, bosqichlar iqtisodiyotga, Shuningdek xalqaro faoliyatga davlatning aralashishi 
darajasi va xalqaro faoliyatda iqtisodiy siyosatning asosiy yo’nalishi bo’yicha ham bir-biridan katta farq qiladi. Bunday 
yondashuv ko’p miqdordagi ma’lumotlarni va har bir mamlakat bo’yicha faktlarni izohlashga imkon beradi. Mamlakatlarning 
o’zi va bir darajadan boshqasiga o’tishda qo’yiladigan talablar xalqaro faoliyatda kompaniyalarning strategiyasi va hukumat 
siyosati masalarini anglab olishga yordam beradi. 

Download 2,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish