chiqarish boshlamasalar ham, ular ko'pincha boshqa usullar bilan bo'linmalar tashkil qilish yoki kompaniyalar yaratish manbai
bolib xizmat qiladilar.
Tarmoqlarida raqobatbardosh turdosh tarmoqlar tomonidan yangi firmalar tashkil qilinshiga ijobiy ta'sir asosida ham
deyarli shu sabablar yotadi. Nufuzli tarmoq ko'pincha u bilan aralash tarmoqlarga diqqatni tortadi. Xalqaro faoliyatda bir milliy
tarmoqdan boshqasiga kompaniyalarning joriy qilinishi bolib o'tadigan vaqt tasodifiy emas. Aralash diversifikatsiya bazaviy
tarmoq yo bozorni to'ldirib yuborgada yoki tugash arafasida bo'lganda ro'y beradi. Bu mamlakatdagi barcha raqobatchilarga
bir vaqtning o'zida ta'sir qiladi. Shuning uchun bir zator mahalliy kompaniyalar bir vaqtning o'zida turdosh tarmoqqa kira
boshlaydigan hollar tipik hisoblanadi. Bu firmalar ko'pincha yangi ishlab chiqarishga o'z bilmlarini olib o'tadilar.
Bu esa
yuqoriroq darajadagi ustunlikni keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, shaxsiy komp yuterlar ishlab chiqaruvchi ko'plab yapon
korxonalari ishni maishiy elektronikadan boshlagandilar. Garchi dunyo miqyosida yaponiyaning shaxsiy komp yuterlar ishlab
chiqarishdagi ulushi katta bo' lmasa-da, u suyuq kristalli displeyli komp yuterlar ishlab chiqarishda mustahkam mavqega ega.
Bu sohalarda yapon firmalari Amerika va yevropadagi raqobatchilarda bo' lmagan nodir imkoniyatlarga ega.
Nihoyat, milliy sanoat tuzilishiga tarmoqda butunlay yangi kompaniyalar paydo bo'lishi jarayonini belgilab beruvchi
mexanizmlar katta ta'sir ko'rsatadi. Tadqiqot laboratoriyalari, akademik fakul tetlar yoki o'quv muassasalari tadbirkorlik manbai
bo'lgan hollarga misollar ko'p.
Ta'kidlab o'tilganidek, mamlakat xalqaro faoliyatda ustunlikka ega bo'lgan tarmoqlarda bir necha ichki raqobatchilar
mavjud. Raqobatchilik innovatsiyalarni rag'batlantirish va ishlab chiqarish jarayonini takomillashtirishga bevosita aloqadordir.
Uning ahamiyati yana shu bilan ortib boradiki, raqobatchilik firmalarni talabchan xaridorlar yoki tajribali yetkazib beruvchilar
kabi boshqa determinantlarning ustunligidan foydalanishga majbur qiladi. Lekin oldingi bobda tasvirlangan, ichki raqobatning
bu foydalari yuzada yotadi, ularni almashtirish juda oson. Ko'rinib turibdiki, ichki raqobat milliy iqtisodiyotning rivojlanishiga
boshqa usullar bilan ham ta'sir qiladi. Quyida ularni qisqacha tasvirlab o'tamiz:
-
firmadan ajratish orqali yangi raqobatchilarning paydo bo'lishini rag'batlantirish;
-
omillar yaratish va ularni jalb qilish;
-
ichki talabni takomlillashtirish va kengaytirish;
-
turdosh va qo'llab-quvvatlovchi tarmoqlarni rivojlantirish;
-
hukumat siyosatining samaraliroq yo'nalishlarga qaratilishi.
Mamlakatda yaratiladigan omillarga boshqa determinantlar, ayniqsa ularning ahamiyati
milliy raqobatbardoshlik
uchun o'ta muhim bo'lgan turlari ta'sir ko'rsatadi. Transport infrastrukturasi yoki o'rta talim tizimi kabi umumiy omillarga
investitsiyalar ahr bir mamlakatda amalga oshiriladi. Kompozitsion materiallar texnologiyasini yaratuvchi dunyo darajasidagi
ilmiy-tadqiqot institutlari kabi ixtisoslashtirilgan va ilgari surilgan omillarni yaratish va takomillashtirishning
samarali
mexanizmlari mavjudligi raqobatbardoshlikni qo'llab-quvvatlash uchun juda muhim moment hisoblanadi. Bunday omillarga
investitsiyalar murakkabroq tarzda tartibga solinadi. Umumiy omilllardan farqli o'laroq, bu sohalarga investitsiyalar turli
85
m i lliy iqtisodiyotlarda bir xil emas. Mamlakatlar xususiy va davlat investitsiyalari qaysi tarmoqqa yo'naltirilishga qarab bir-
biridan farq qiladi.
Biror mamlakatda turdosh va qollab-quvvatlovchi tarmoqlarning borligi, hajmi va xalqaro
muvaffaqiyati boshqa
determinantlarga boFliq.
Tarmoqdagi omillar o'lchamlari, ayniqsa, ularni yaratuvchi mexanizmlar ham turdosh va qollab-quvvatlovchi
tarmoqlarning rivojlanishiga ta'sir qilishi mumkin. Ma'lumki, bu tarmoqlar biror konkret tarmoqda to'plangan
bilimlar,
ko'nikmalar va texnologiyalarning o'ziga o'tishidan foyda oladilar.
Qollab-quvvatlovchi tarmoqlarning kengligi va ixtisoslashganligi tovarga ichki talabning o'sishi miqyosi va suratlariga
boFliq ravishda ortib boradi. Ichki talab katta bolganda, qondirilmagan talabni qoplash, importni cheklash yoki firma ichida
ilgari amalga oshirilgan ishlarni mahsuldorroq va samaraliroq bajarish uchun yangi ixtisoslashgan yetkazib beruvchilar paydo
bo'ladi.
Xalqaro faoliyatda bir milliy tarmoqdan boshqasiga kompaniyalarning joriy qilinishi bo'lib o'tadigan vaqt tasodifiy
emas. Aralash diversifikatsiya bazaviy tarmoq yo bozorni to ldirib yuborgada yoki tugash arafasida bo lganda ro'y beradi. Bu
mamlakatdagi barcha raqobatchilarga bir vaqtning o'zida tasir qiladi. Shuning uchun bir zator
mahalliy kompaniyalar bir
vaqtning o'zida turdosh tarmoqqa kira boshlaydigan hollar tipik hisoblanadi. Bu firmalar ko'pincha yangi ishlab chiqarishga o'z
bilmlarini olib o'tadilar. Bu esa yuqoriroq darajadagi ustunlikni keltirib chiqarishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: