Bog'liq 2-слайд XARAJATLARNI TURKUMLANISHI VA HISOBI
Boshqaruv funksiyalari va ularning amaliy natijasini ta’minlab beruvchi axborot boshqaruv hisobining funksiyalarini shakllantiradi:
boshqaruvning barcha darajadagi rahbarlarini joriy rejalashtirish, nazorat va operativ (tezkor) boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarur bo‘lgan ma’lumot bilan ta’minlash;
boshqaruv darajalari va bir xil darajadagi turli tarkibiy bo‘linmalar o‘rtasidagi ichki muloqot aloqalari vositasi bo‘lib xizmat qiluvchi ma’lumotlarni shakllantirish;
belgilangan maqsadga erishish yo‘lida xo‘jalik yurituvchi subyekt va uning ichki bo‘linmalari faoliyat natijalarini joriy nazorat qilish va baholash;
faoliyat natijalarining amaldagi tahlili va baholash asosida kelgusida xo‘jalik yurituvchi subyektning istiqbolli rejalashtirilishi va rivojlanishini muvofiqlashtirish.