Avtomobilning o’tuvchanlik qobiliyati
Avtomobillarni o’tuvchanligi deganda, yo’lning notekis va o’tish qiyin bo’lgan
joylardan kuzovni, pastki qismini tegdirmasdan harakatlana olish xususiyatiga aytiladi.
Avtomobilni o’tuvchanlik qobiliyati ikki guruh ko’rsatkichlar bilan baholanadi:
o’tuvchanlikni geometrik ko’rsatkichlari va o’tuvchanlik tayanchtishlanish
ko’rsatkichlari. Geometrik ko’rsatkichlar yo’l notekisliklariga avtomobil qismlarining
tegishi bilan baholansa, tayanch tishlanish ko’rsatkichlari o’tishi qiyin yo’l qismlari va
yo’lsiz joylarda harakatlana olish xususiyati bilan baholanadi.
O’tuvchanlikda barcha avtomobillarni uch guruhga bo’lish mumkin:
umumiy ishlarga mo’ljallangan avtomobillar (g’ildirak formulasi 4*2 va
6*4);
yuqori o’tish qobiliyatli avtomobillar (g’ildirak formulasi 4*4 va 6*6);
o’ta yuqori o’tish qobiliyatli avtomobillar, ular maxsus komponovka va.
konstruktsiyaga ega, ularning barcha g’ildiraklari yetaklovchi ko’p o’qli bo’ladi,
gusenitsali yoki yarim gusenitsali, avtomobil amfibiya va boshqa turdagi yo’lsiz
sharoitlarda harakatlanishga mo’ljallangan maxsus avtomobillar.
O’tuvchanlikning geometrik ko’rsatkichlarini ko’rib o’tamiz.
Eng past nuqta P -bu avtomobilning eng past nuqtasi bilan yo’lgacha bo’lgan
masofa. Bu ko’rsatkich avtomobilning harakat yo’nalishida joylashgan to’siklarga
urilmasdan harakatlanishini belgilaydi.
O’tuvchanlikning bo’ylama r
pr
va ko’ndalang r
pop
radiuslari bu avtomobilning
bazasi (koleyasi) ichida joylashgan eng pastki nuqta va g’ildiraklarga tegizib
chizilgan aylana radiusidir. Avtomobil yo’lida joylashgan to’siqlar balandligi va
qiyofasini belgilaydi. Ular qancha past bo’lsa, avtomobilning pastki nuqtalari ularga
tegmasdan o’ta olish qobiliyati shuncha yuqori bo’ladi.
Oldingi va orqadagi osilish burchaklari yo’l yuzasi va oldingi yoki orqa
g’ildiraklar va avtomobilning oldi yoki orqasidan osilib turgan qismining eng past
nuqtasidan o’tkazilgan urunma orasidagi burchak.
Avtomobil o’ta olishi mumkin bo’lgan ostonaning eng balandligi yetaklanuvchi
g’ildiraklar uchun g’ildirakning 0.35—0.65 radiusiga teng. Yetaklovchi g’ildiraklar
uchun g’ildiraklar radiusiga teng bo’lishi mumkin, ayrim hollarda, ostonadan
o’tolmaslikka avtomobilni tortish imkoniyati yoki yo’l bilan tishlanish sifati sabab
bo’lmasdan, balki osilish burchagining kichikligi yoki eng past nuqtaning yo’lga
tegishi sabab bo’lishi mumkin. Bu ayniksa, osilish (sves) burchagi kichik bo’lgan
shahar va shahar atrofi avtobuslari uchun harakterli (LiAZ677, Ikarus255). O’tish
uchun kerak bo’lgan eng kam kenglik avtomobilning kichik radiusda burilishini
baholaydi, masalan, karьerlardagi yuklash maydonchalarida shunday bo’lishi
mumkin.
Gorizontal tekislikda avtomobil harakat yo’nalishini o’zgartira olishi, alohida
undan foydalanish xususiyati sifatida qaralishi mumkin. Tirkama yoki yarim tirkama
bilan harakatlanganda avtomobil harakat yo’nalishini o’zgartirish ko’rsatkichi
yomonlashadi, chunki avtopoezd burilishida tirkama burilish markaziga qarab
siljiydi. SHuning uchun avtopoezd harakatlanish bo’lagining kengligi yakka
avtomobilnikidan katta bo’ladi. O’tuvchanlikning tayanchtishlanish ko’rsatkichlariga
161
quyidagilar kiradi:
Avtomobil o’tuvchanligining geometrik ko’rsatkichlari.
r
pr
va
r
pop
o’tuvchanlikning bo’ylama va ko’ndalang radiuslari; a va b -oldingi va orqadagi osilish
burchaklari; l
p
, l
3
-oldingi va orqadagi osilish masofalari; h -avtomobilning eng pastki
nuqtasi bilan yo’l oraligi ; R
u
-yonlama kuch.
Maksimal tortish kuchi, past uzatmada avtomobil hosil qilishi mumkin bo’lgan
eng katta tortish kuchi. Tishlashish og’irligi avtomobilni yetaklovchi g’ildiraklariga
to’g’ri keladigan og’irlik kuchi. Tishlashish og’irligi qancha ko’p bo’lsa,
o’tuvchanlik shuncha yuqori bo’ladi.
Tayanch yuzaga shinaning nisbiy bosimi, shinaga vertikal yukning kontakt
yuzasiga nisbati bilan aniqlanadi.
Bu ko’rsatkich avtomobilo’tuvchanligi uchun katta ahamiyatga ega. Nisbiy bosim
qancha kam bo’lsa, tuproq shuncha kam yemiriladi, g’ildirak izini chuqurligi
shuncha kam bo’ladi, g’ildirash qarshiligi kamayib avtomobilning o’tuvchanligi
yuqori bo’ladi.
Izning izga tushish koeffitsienti, oldingi g’ildirak izining orqa g’ildirak iziga
nisbati bilan aniqlanadi. Oldingi va orqa g’ildirak izlari to’la moe tushganda, orqa
g’ildirak oldingi g’ildirak izidan yurgani uchun dumalash qarshiligi eng kam bo’ladi.
Oldingi va orqa g’ildirak izlari mos tushmaganda, oldingi g’ildirak qoldirgan iz
devorlarini orqa g’ildirak yemirishi uchun qo’shimcha energiya sarflanadi. SHuning
uchun yuqori o’tuvchanlikka ega avtomobillarning orqa o’qiga yakka shina
o’rnatiladi va shu bilan g’ildirash qarshiligi kamaytiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |