Namangan muhandislik-qurilish


Avtomobilning turg’unligi



Download 13,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/121
Sana29.12.2021
Hajmi13,34 Mb.
#136741
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   121
Bog'liq
yol harakati qoidalari va havfsiz harakatlanish asoslari fani amaliy mashgulotlarni otkazish uchun

 Avtomobilning turg’unligi
Turg’unlik deganda avtomobilning surilish, sirpanish, ag’darilishga qarshilik
ko’rsatish xususiyatlari tushuniladi. Avtomobilning bo’ylama va ko’ndalang
turgunliklari bo’ladi. Bo’ylama turgunlikning yo’qolishi avtomobillarda juda kam
uchraydi, u juda keskin nishabliklarda sodir etilishi mumkin.
SHuning uchun avtomobil turg’unligi haqida gan ketganda, odatda, uning
ko’ndalang turg’unligi ko’zda tutiladi. Avtomobilning turg’unligi bir necha
ko’rsatkichlar bilan baholanadi. Bulardan asosiysi: aylana bo’ylab, harakatlanganda
avtomobil surilishiga, (ag’darilishiga) sabab bo’ladigan eng katta tezlik; g’ildirakni
ko’ndalang surilishiga sabab bo’ladigan eng katta qiyalik burchak; avtomobilni
ag’darilishi boshlanishiga mos keladigan eng katta qiyalik burchak.
Yo’lda harakatlanayotgan avtomobil turg’unligi ko’p hollarda, uning og’irlik
markazi balandligi, bazasi, koleyasi, shinalar o’lchami, konstruktsiyasi, holati,
yo’lning egrilik radiusi va uning yuzasining holati, harakatlanish tezligiga bog’liq
bo’ladi.
Sirpanchiq yo’llarda ag’darilishdan ko’ra, uning surilishi yoki sirpanishi ko’proq
sodir bo’ladi. Tishlanish sifatlari yaxshi bo’lgan yo’llarda ag’darilish holatlari
ko’proq bo’lishi mumkin. Og’irlik markazi yuqori bo’lganligi uchun yengil
avtomobillardan ko’ra, yuk avtomobillarining turg’unligi kamroq bo’ladi. Yuk
avtomobillari yuklangan sari ularning og’irlik markazi balandga ko’tarilib turg’unligi
yomonlashadi. Yuk avtomobili turg’unligining yo’qolishiga mahkamlanmagan
yuklar ham sabab bo’lishi mumkin.
Burilishlarda maxkamlanmagan yuk yukxonadan siljib, devorga urilib,
avtomobilni ag’darilishiga olib kelishi mumkin. Avtomobil tsisternalari yoki o’zi
ag’daruvchi avtomobil  suyuq (masalan, suyuq qorishma) yuklarni tashiganda ham
shunday bo’lishi mumkin. Egrilik bo’ylab harakatlantanda suyuqlik tashuvchi
avtomobillarning yuki bir devordan ikkinchisiga siljib, chayqalib turadi va u
avtomobil turg’unligini yo’qolishiga olib keladi.
Avtomobilni ishlatish jarayonida o’zgaradigan ko’p sonli faktorlardan, uning
turg’unligiga asosiy ta’sir qiladiganlari shina va tormoz tizimining texnik holatidir.
SHina naqshlari yeyilgan sari yo’l bilan tishlanish yomonlasha boradi va tezlikni
oshirish yoki tormozlashda yonga surilish ehtimoli oshadi. SHina naqshlari to’la
yo’qolgan g’ildirakning tishlanish koeffitsienti, yangisiga qaraganda qariyb ikki
barobar kam.
Sirpanchik yo’llarda surilishni oldini olish uchun ilashish mexanizmini
ajratmasdan avtomobilni tormozlash yaxshi samara beradi, chunki bunda
aylanayotgan yetakchi g’ildiraklarning dvigatel maxovigi bilan bog’langanligi ularni
blokirovka bo’lishiga qarshilik ko’rsatadi.


159
SHibbalangan qorli va sirpanchiq yo’llarda turumlangan shinalardan foydalanish
avtomobil turg’unligini ancha oshiradi. Bunday shinalar bilan sinalgan avtomobilning
tormoz yo’li 2—2,5 baravar kamaygani aniqlangan. Turumlangan shinalar avtomobilni
barcha g’ildiraklariga yoki yetakchi g’ildiraklariga o’rnatilishi kerak. Oldingi o’qiga
o’rnatilganda har bir tormozlashda orqa o’qni yonga surilishi oshib boradi. Yuk
avtomobili tirkama yoki yarim tirkama bilan ishlatilganda, turumlangan shinalar
birinchi navbatda tirkamaga o’rnatilishi kerak.
Hozirgi zamon pnevmatik shinalarga sirpanishni oldini olish uchun turum
o’rnatiladi. U korpus va uzakdan iborat. Korpus po’lat va qo’rg’oshin qorishmasidan
tayyorlanadi, korroziyaga chidamli bo’lishi uchun oksidlanadi. Ayrim hollarda
plastmassadan yasalishi mumkin. O’zak qattik. qotishmadan aylanishga chidamlik
qilib yasaladi. Turumning diametri yengil avtomobillar shinalarida 8—9 mm yuk,
avtomobillarning yuk ko’tarish qobiliyatiga qarab 15 mm gacha bo’lishi mumkin.
Uzunligi protektor qalinligiga qarab 1030 mm. yo’l bilan kontaktda bo’lgan shina
qismida 8—12 dona turum bo’lishi kerak. Turumning chiqib turgan qismi yengil
avtomobillarda 11,5 mm yuk, avtomobillarda 3—5 mm bo’lsa, yaxshi foyda beradi.

Download 13,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish