yadrolarining zaryadlari bir xil bo’lgan atomlar turi kimyoviy elementdir.
Kimyoviy va biologik jarayonlarning mexanizmini o’rganishda izotop indikatorlar yoki
“nishonli atom” lar keng qo’llaniladi. Buning uchun ma’lum miqdordagi izotop o’simlik yoki
xayvon organizmiga yuboriladi va uning yurish yo’li tekshirib boriladi.
Masalan, kislorodning og’ir izotopi
18
O ni qo’llash bilan o’simliklar tomonidan karbonat
angidridning o’zlashtirilishi tekshiriladi.
Tabiiy va sun’iy radioaktivlik. Yadro reaksiyalari. Elementar zarrachalar yoki yadrolarni
tarqatish jarayoni natijasida bir elementning beqaror izotopining boshqa element izotopiga o’z-
o’zidan aylanishiga radioaktivlik deb ataladi.
Elementlarning tabiiy izotoplarining radioaktivligi tabiiy radioaktivlik deyiladi.
Radioaktiv yemirilish jarayoni turli izotoplarda har xil tezlik bilan boradi. Radioaktiv ele-
ment yemirilganda uning miqdori kamayib, u yangi elementga aylanadi.
Vaqt borligida yemirilgan atomlar soni element miqdoriga proporsionaldir. Bu qonun radi-
oaktiv yemirilish qonunidir. Olingan miqdorning yarmi yemirilishi uchun ketgan vaqt izotopning
yarim yemirilish davri deb ataladi.
Radioaktiv elementlarning yarim yemirilish davri g’oyat xilma-xil bo’ladi, ya’ni ba’zi ele-
mentlarning yarim yemirilish davri milliard yillarga teng bo’lsa, ba’zilariniki sekundning kichik
ulushlariga teng bo’lishi mumkin. Masalan, radonning yarim yemirilish davri 2,85 sutkaga, radiyni-
ki 1620 yilga, uranniki esa 4,5 milliard yilga teng.
1933 yilda Iren Kyuri va Frederik Jolio Kyuri ba’zi yengil elementlar: bor, magniy, al-
yuminiylar
-zarrachalar bilan bombardimon qilinganda pozitronlar (pozitron e
+
- elementar zarra-
cha bo’lib, uning massasi elektron massasiga teng, ammo musbat elektr zaryadiga ega elektron va
pozitronning zaryadlarining absolyut miqdorlari bir xil) ajralib chiqishini kuzatdilar. Avval al-
yuminiyga
-nurlar tasir ettirib, radioaktiv fosfor hosil qilinadi:
13
Al
27
+
2
He
4
15
P
30
+
0
n
1
Bunda neytronlar ham ajralib chiqadi, so’ngra hosil bo’lgan beqaror radioaktiv fosfor
pozitron chiqarish bilan yemirilib, kremniyning barqaror izotopiga aylanadi:
15
P
30
14
Si
30
+
+
e
0
Shunday qilib, sun’iy ravishda radioaktivlik hodisasi kashf etildi. Hozirgi davrda sun’iy yo’l
bilan kimyoviy elementlarning yuzlab radioaktiv izotoplari hosil qilingan. Radioaktiv elementlar va
ularning tabiatini o’rganuvchi kimyoning bo’limi radiokimyo deb ataladi.
Yadrolarning elementar zarrachalar (neytronlar va protonlar) yoki boshqa yadrolar (masalan
-zarrachalar yoki deytronlar
1
N
2
) bilan o’zaro tasirlashuviga yadro reaksiyalari deyiladi.
«Umumiy va noorganik kimyo» fanidan ma’ruzalar matnlari.
18
Birinchi sun’iy yadro reaksiyasi 1919 yilda Rezerford tomonidan amalga oshirilgan edi. U
azot atomlariga
-arrachalar oqimini tasir ettirib, kislorod izotopi O
17
ni hosil qilgan:
7
N
14
+
2
He
4
8
O
17
+
1
P
1
Shunday qilib, elementlarning bir-biriga sun’iy aylantira olish mumkinligi tajribada isbot
etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |