Namangan muhandislik-qurilish instituti rizaev bahodir shamsiddinovich, qosimov ilhom ma



Download 6,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/77
Sana01.04.2023
Hajmi6,24 Mb.
#924108
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   77
Bog'liq
63f5ba6711d31 Геология ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА (1)

 
 
 


25 
3.2-§.Tog‘ jinslari haqida umumiy ma’lumot 
Yer qobig‘ining qalin qatlamlarini hosil etgan bir yoki bir necha 
mineraldan tashkil topgan tabiiy birikmalari tog‘ jinslari deb yuritiladi. 
Bir xil minerallardan tashkil topgan tog‘ jinslari monominerallar deb 
ataladi. Masalan qumtosh faqatgina qumdan iborat. Tabiatdagi keng 
tarqalgan tog‘ jinslari polimineralli (ko‘p mineralli) bo‘lib, masalan, 
granit tog‘ jinsi tarkibiga dala shpati, slyuda, kvarts minerallari kiradi. 
Tog‘ jinslari yerning ichki qismida va sirtida bo‘lib turadigan turli 
geologik jarayonlar mahsulidir. 
Tog‘ jinslari hosil bo‘lish sharoitiga ko‘ra uch turga bo‘linadi: 
magmatik, cho‘kindi va metamorfik jinslar bo‘lib, bular ham o‘z 
navbatida guruhchalarga bo‘linadi. 
Magmatik (otqindi) tog‘ jinslari-magmaning-silikatli suyuq qizigan 
yeritmani yer bag‘rida yoki yuzasiga chiqib qotib qolishidan hosil bo‘ladi. 
Boshqa tog‘ jinslarining hammasi magmatik tog‘ jinslaridan turli yo‘llar 
bilan hosil bo‘ladi. 
CHo‘kindi jinslarni shakllanishiga quruqlikda va suv havzalarida 
sodir bo‘lgan kimyoviy, fizikaviy va biologik jarayonlar sabab bo‘ladi. 
Metamorfik (shakli o‘zgargan) jinslar esa magmatik, cho‘kindi 
jinslarning yuqori harorat va bosim ta’sirida o‘zgarishidan hosil bo‘lgan. 
Yer qobig‘ida magmatik tog‘ jinslari eng ko‘p tarqalgan 
(95%)bo‘lib, cho‘kindi va metamorfik jinslar esa 5% tashkil etadi. Tog‘ 
jinslari hosil bo‘lish sharoitiga qarab bir-biridan mineral tarkibi, 
strukturasi (tuzilishi) va teksturasi bilan farq qiladi.
Struktura deganda mineral agregatlarining o‘lchamlari, soni, shakli 
va tog‘ jinsining ichki tuzilishi tushuniladi.Tog‘ jinslarining strukturasi 
uch hil ko‘rinishda bo‘ladi: kristalli, nokristalli va aralash strukturali. 
Kristall ko‘rinishidagi struktura tog‘ jinsi va uni tashkil etgan 
mineralning bir vaqtning o‘zida hosil bo‘lishida namoyon bo‘ladi. Bu 
kristalli ko‘rinish magmatik, metamorfik va ba’zi bir cho‘kindi tog‘ 
jinslari uchun haraktyerlidir.
Nokristall strukturali tog‘ jinslari ichida-parchalangan (jinsni 
boshqa tog‘ jinsi parchalari, komponentlari tashkil etadi) va organogen 
(turli organizmlar skeletlari qoldiqlari) strukturali tuzilish ko‘zga 


26 
tashlanib turadi. SHuningdek, aralash strukturali: masalan, porfirli-
yashirin kristalli massali alohida minerallarning joylashuvini 
haraktyerlovchi, organogenli parchali (nokristal), jinslarning parchalari, 
organik qoldiqlar va boshqalardan tuzilganligi bilan haraktyerlanadi.
Kristallarning o‘lchamiga ko‘ra: yirik donador struktura- 
kristallarning diametri 5 mm dan katta, o‘rta donador struktura 5-1 mm, 
mayda donador struktura 1 mm dan kichik va turli donali strukturalar 
bo‘ladi. Donalar o‘zaro joylashuvi bo‘yicha bir jinsli donador, tartibsiz 
yoki tartibli joylashgan donalarga bo‘linadi.
Tekstura yirik hajmdagi tog‘ jinsining tuzilishini, yotish 
xususiyatini, jins tashkil etgan minerallarning o‘zaro joylashuvini 
ko‘rsatadi. Tog‘ jinslarining yotish shakli bo‘yicha zich (massivli) va 
g‘ovakli strukturalarga bo‘linadi.
Massivli (zalvorli) tekstura-turli sharoitda hosil bo‘lgan kristalli 
jinslar uchun, g‘ovakli tekstura-nokristal cho‘kindi jinslar va ba’zi bir 
effuziv (oqma) jinslar uchun haraktyerlidir. Minerallarning fazoviy 
joylashishiga qarab bir jinsli va bir jinsli bo‘lmagan tekstura bo‘ladi.
Bir jinsli tekstura-strukturaning, tarkibning va rangning butun jins 
bo‘yicha bir xil bo‘lishligidir. Bir jinsli bo‘lmagan teksturada esa-bu 
ko‘rsatgichlar turli xil ko‘rinishda bo‘ladi.
Gneysli tekstura ma’lum yo‘nalishda bir-biriga parallel bo‘lgan har 
hil rangli yo‘l yo‘l ko‘rinishda bo‘lsa, flyuidal teksturada minerallarning 
yeritma yoki toshqinlar izi tomon cho‘zilgan shaklda va shuningdek 
rangli minerallari xol xol bo‘lib, bir tekis joylashmagan taksit teksturalar 
bo‘lishi mumkin. 

Download 6,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish