64
portlandtsement
; 3–400
markali SHPTS
(
shlakoportlandtsement
); 4 –
300
markali oddiy SHPTS
4.3-rasm
.
Portlandtsement asosidagi beton mustahkamligini oshib
borishi
a-t=100°
S
;
b
-t=80°
S
; b-t=60ºC
1 –
beton qorishmasining bikirligi
100
s
; 2 –
shuning o’zi
, 30-60
s
; 3 –
konusning cho’kishi
3
sm
Issiq
bilan
ishlov
berishdan
oldin
buyumni
ma’lum
vaqt davomida
ushlab
turish
betonga
issiqni
qabul
qilish
imkonini
beradigan
zarur
strukturani
hosil
qiladi.
Dastlabki
ushlab
turish
vaqtining
qancha
bo’lishi
betonni
dastlabki
qotish
tezligiga
ta’sir qiluvchi barcha omillarga bog’liq
bo’ladi. Betonning dastlabki qotish tempi qancha yuqori bo’lsa uni dastlabki
ushlab turish vaqti ham shunchalik kam bo’lishi mumkin. Bu vaqt 1-2
soatdan
4-8 soatgacha bo’ladi. Qotishni tezlashtiruvchilar qo’shilganda dastlabki ushlab turish
vaqtini ham kamaytirish mumkin. Kamerada haroratni
oshirish tezligi doimiy va
o’zgaruvchan bo’lishi mumkin. Birinchi holatda haroratning ko’tarilish soatiga 30
darajadan, ikkinchi holatda esa soatiga 20 darajadan oshiq bo’lmasligi kerak. Ba’zi
holatlarda betonni dastlabki ushlab turish maqsadga muvofiq bo’lmaydi yoki uni amalga
oshirish qiyin bo’ladi va u haroratli-cho’kish darzlarini hosil qiladi.
Bunday sharoitda
harorat sekin asta oshib boradigan rejimlar qo’llaniladi. Bunday rejimning mohiyati
shundaki, beton mustahkamligi oshib borishi bilan harorat ham oshiriladi. Masalan,
birinchi soatda – 10 daraja/saot, ikkinchi soatda - 15 daraja/soat va hokozo.
Betonni dastlabki mustahkamligiga qarab haroratni oshirish tezligi
65
6-jadvalda betonning siqilgan vaqtdagi dastlabki mustahkamligiga
qarab kamerada
haroratni ko’tarib borish tezligi ko’rsatilgan.
Har qanday holatda ham haroratni soatiga
60°S dan oshirish tavsiya etilmaydi. Haroratni sekin asta yoki bosqichma-bosqich ko’tarib
borish rejimi tsement sarfini ko’paytirmasdan beton qotishini 2-3
soatga kamaytirish
imkonini beradi va bu holat buyum tannarxini tushiradi. Monolit konstruktsiyalarni
ishlatish keng tarqalgan sharoitda beton qorishmalarini dastlab
elektr bilan qizitish usuli
keng tarqalmoqda. Zavod sharoitidagi ishlab chiqarishda bug’ bilan qizdirish ko’proq
qo’llaniladi.
Dastlabki qizdirish issiqlik bilan ishlov berish tsiklini 2- 3 soatga kamaytiradi. Yirik
panelli qurilish sharoitida qizdirilgan qorishmani ishlatish qoliplarga ishlatiladigan
metallni 2-3kg/m
3
kamaytiradi va buyum tannarxini kamaytiradi. Beton qorishmasi odatda
85-95°S qizdiraladi. Qorishma harorati 60-65°S bo’lganda betonning qotish tezligi keskin
kamayadi. Biroq beton qorishmasini qizdirish energiya
quvvat manbaini oshirish va
betonni aralashtiruvchi moslama konstruktsiyasini murakkablashtirishni talab etadi.
Harorat o’sishi bilan beton qorishmasini tashish va qoliplarga solish vaqtida uning harorati
tushishi tezlashadi.
SHuning uchun ba’zi holatda qorishmani past haroratda qizdirish tavsiya etiladi.
Beton mustahkamligi intensiv oshib boradigan issiqlik namlik bilan ishlov berish
jarayonining asosiy bosqichi izotermik qizdirish hisoblanadi (4 va 5-rasmlar). 7-jadvalda
issiqlik-namlik
bilan ishlov berish vaqti, beton markasi va nazorat namunalarini sinab
ko’rib muddatiga qarab 400-500 markali portlandtsement va shlakoportlandtsementli og’ir
beton mustahkamligining oshib borishi ko’rsatilgan.
Kamerada issiqlik yaxshi
izolyatsiyalangan sharoitda 2-4 soat ushlab turilgandan so’ng bug’ jo’natishni to’xtatish
mumkin va bunda kameradagi haroratning tushishi soatiga 4-6°S dan oshmaydi.
Issiqlik
bilan ishlov berishni qisqartirish va tsement sarfini kamaytirish uchun kamerada ortiqcha
bosim bo’lishi va havo nisbiy namligining oshib borishi yaxshi ta’sir qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: