Nazorat savollari.
1.Elektrolitik dissosilanish nazariyasining mohiyati nimada?
2.Kislota, asos va tuzlarning dissosilanish tenglamalariga misollar keltiring.
3.Dissosilanish darajasi deb nimaga aytiladi?
4.Dissosilanish konstantasi nima?
11-MA'RUZA. IONLI TENGLAMALAR
O’quv moduli birliklari
1. Kislota, asos va tuzlarning dissosilanishi
2. Ionli reaksiyalar.
3. Suvning elektrolitik dissosilanishi.
4.Vodorod ko'rsatkich
Tayanch so’z va iboralar: Suvning ion ko’paytmasi, Vodorod ko’rsatkich (pH), ion
Kislota, asos va tuzlarning dissosilanishi. Eritmada vodorod kationi (H) va kislota qoldig'i anioniga dissosilanuvchi birikmalar kislotalar deyiladi.
Masalan: HNO3 H NO3-
Hosil bo'lgan H ionida elektron qavat bo'lmaydi. Shuning uchun u suvli muhitda H H2O H3O hosil qiladi. Eritmada H ionining bo'lishi eritmalarning kislotali xususiyatiga sabab bo'ladi.
Biroq, dissosilanish tenglamalarining soddalashtirish maqsadida H3O o'rniga H yoziladi.
Asoslar eritmalarida metall ioni bilan gidroksid ionlariga dissosilanadi, masalan:
Asoslar eritmalarida ionlarining borligi ishqoriy muhit hosil qiladi.
Kislota va asoslardan tashkari ham kislota ham asos xossalariga ega bo'lgan gidroksidlar amfoter gidroksidlar deyiladi.
Masalan:
Shuning uchun Zn(OH)2 ham kislota, ham asoslar bilan reaksiyaga kirishadi.
Tuzlar eritmalarda metall ionlari bilan kislota qoldig'i ionlariga dissosilanadi.
Masalan:
Suvdagi eritmalarida ionlarga to'liq ajraladigan elektrolitlar kuchli elektrolitlar deyiladi. Ular jumlasiga HClO4, HCl va boshqa kislotalar, NBuH, KOH, Ca(OH)2, Ba(OH)2 kabi asoslar va deyarli barcha tuzlar kiradi.
Suvdagi eritmalarda qisman dissosiyalanib juda oz miqdorda ionlar hosil qiluvchi elektrolitlar kuchsiz elektrolitlar deyiladi. Ular jumlasiga kuchsiz kislotalar (CH3COOH, H2S, H2CO3, HCl, ) qiyin eruvchi asoslar, shuningdek NH4OH va ba'zi tuzlar kiradi.
Moddalarning to’zilishiga qarab, ularning dissotsiatsiyasi ham turlicha bo’ladi. Suvli muxitda gidratlangan ionlaring xosil bo’lishi kuyidagi ikki mexanizm buyicha boradi:
1. Ion to’zilishdagi kristallarning eritmadagi dissotsiatsiyasi.
Natriy xlorid NaCl kristallari suvga tushirilganda kristallar yuzasidagi Cl- ionlariga suvning kutbli molekulalari o’zining musbat zaryadlangan tomoni, NaQ ionlariga esa manfiy tomoni bilan elektrostatik tortiladi (ion-dipol o’zaro ta’sir). Ionlarining suvni dipollari bilan bunday o’zaro ta’siri natijasida kristallning ionlari urtasidagi o’zaro boglanish bushashadi va ular eritmaga gidratlangan ionlar holida utadi.
2.Kutbli to’zilishdagi moddalarning erishdagi dissotsiatsiyasi.
Kutbli molekulalarning (masalan HCl) suv bilan o’zaro ta’siri natijasida (dipol-dipol o’zaro ta’sir) dipollararo boglanish vujudga kelib, eruvchi modda molekulasi kutblanadi. Natijada eruvchi modda ionli holatga uradi va ionlarga parchalanadi. Kutbli molekuladan xosil bo’lgan ionlar ham gidratlanadi.
Elektrolitik dissotsilanish ham kaytar jarayondir:
CH3COOH CH3COO- Q HQ
Dissotsiatsiyaga teskari jarayonni molekulyarizatsiya deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |