Dastlabki ishqalash uchun ariqchali plitalardan foydalaniladi. Buyumni barcha barmoqlar bilan
ushlab (quyidagi rasm, b), butun ishqalagich sirtida ilgarilama-qaytma va aylanma
- 75 -
Asosiy ishqalash usullari
Katta
tekisliklarni
dastlabki
ishqalashda
aylanuvchi
disklardan
foydalangan ma’qul. Bunda diskning
butup sirtidan foydalanish uchun
detalь
O’ng qo’l bilan radial
yo’nalishda
bushgina
harakatlantiriladi.
Aylanma
tezlik
diskning chetidan o’rtasiga borgan
sari
o’zgarib
borganligi
uchun
detalning markazdan uzoqroq yotgan
joylari tezroq ishqalanadi. SHu sababli
buyumni vaqt-vaqti bilan burib turish
kerak. Bunday detallar qo’zg’almas
yassi
ishqalagichlarda
uzil-kesil
ishqalanadi. Ensiz detallarga ishlov
berganda tayapch sirtni kattalashtirish
uchun ularga kubik yoki prizmalar
qo’shib
ishqalanadi
(rasm,g).
Buyumni kubikka bo’shgina siqish
lozim. SHuida asosiy bosim kubikka
emas, detalga tushadi. Aks holda
kubikning
tagi
ishqalanib,
tezda
yeyiladi va u detalь bilan birga
qiyshiq chiqadi. Ko’pipcha, bir necha
ensiz detallar strubtsina yoki parchin
mixlar yordamida biriktirilib, paket
tarzida
ishqalanadi
(rasm,
d).
Burchaklar va ensiz chuqurchalar
qiya
plastinkalar
shaklidagi
ishqalagichlarda
o’lchamiga
yetkaziladi (rasm, d).
Yon tomonda turgan buyum qiyshayib ketmasligi uchun uning qarama-qarshi tomoniga
posangi kiydiriladi. Qeng sirtli yupqa buyumlarni ishqalash uchun ularni yog’och plitkaga mix
bilan mahkamlab, ishqalagich ustida shu plita bilan birga xarakatlantiriladi (rasm, ye).
TSilindrik va konussimon detallarni ishqalash. Ishqalagich sifatida qisqichli qirqma
vtulkadan foydalanilganda u buyumga kiydiriladi. Buyum sekin aylantiriladi (buning uchun
tokarlik stanogidan foydalanish mumkin), ishqalagich uning o’qi bo’ylab harakatlantiriladi.
Ishqalash jarayonida vtulka qisib turiladi.
Yassi ishqalagich egov kabi ishlatiladi, u aylanib turgan buyum sirtida u yog’dan bu
yoqqa yurgiziladi.
Teshiklarni o’lchamiga yetkazish uchun ishqalagich sekii aylantiriladi. Ishqalanadigan
vtulka ishqalagich bo’ylab oldinga va orqaga yurgiziladi (yuqoridagi rasm, j). Agar ishqalagich
rostlanadigan bo’lsa, ishqalash davomida o’lchami kattalashtirib turiladi.
Konussimon teishklar konussimon cho’yan ishqalagichlar bilan ishqalanadi. Dastlabki
ishqalash uchun ishqalagichlarga aylanish yo’nalishiga teskari yo’nalishda spiral ariqchalar
qilinadi (aks qolda abraziv material asosga tomon suriladi). Uzil-kesil ishqalashga
mo’ljallangan ishqalagichlar silliq bo’ladi.
Ishqalagichni dastasidan ushlab, dam soat strelkasi yo’nalishida, dam unga teskari
yo’nalishda yarim aylanishdan bir oz ko’proq masofaga aylantiriladi va vaqt-vaqti bilan
ko’tarib turiladi, aks holda bir joyi ishqalanaverib, halqasimon chiziqlar hosil bo’lishi mumkin.
- 76 -
Ko’zgu kabi yaltiraydigan sirt qosil qilish. Buning uchun sirt mayii GOI pastasi bilan
ishlanadi; ishlatilgan abraziv materiallar qoldiqlarini moy yoki kerosinda qorib ishqalanadi;
benzin bilan suyultirilgan krokus yoki alyuminiy kukuni yordamida ishqalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: