Ishqalash materiallari
Ishqalash va o’lchamiga yetkazish so’nggi operatsiyalar hisoblanadi. Bu operatsiyalar
sirtni 0,0001 mm niqlikda ishlashga imkon beradi
Sirtlarning bir biriga zich tegishini ta’minlash uchun ularni abraziv materiallar kukuni
yoki pastalar bilan ishlash operatsiyasi ishqalash deb ataladi. Bu operatsiya klapanlar,
jo’mraklar, plunjerlar, tiqinlar, zolotniklar va shunga o’xshash detallarda zich hamda germetik
birikmalar hosil qilish uchun qo’llaniladi.
O’lchamga yetkazish-tozalash, pardozlash operatsiyasi bo’lib, buyumning aniq
o’lchamlari va shakllari ta’minlashga, sirtni juda toza ishlashga imkon beradi. Odatda
ishqalashning ikki turi: etalon sirtlar (ishqalagichlar) yordamida ishqalash va bir detalni
ikkinchisiga ishqalash usullari qo’llaniladi.
Ishqalash sifatini yaxshilash va ish unumini oshirish uchun dastlabki ishqalashga 0,02-
0,05 mm, uzil kesil ishqalashga 0,003-0,005 mm qo’yim qoldiriladi.
Metallarga ishlov berish uchun mo’ljallangan tabiiy yoki su’iy moddalar abraziv
materiallar deb ataladi. Ular donadorlik nomeri bilan ifodalanadi. Bu materiallar uch
gruppaga: jilvirlash donlariga, jilvirlash kukunlariga, mikrokukunlarga bo’linadi.
Jilvirlash donlari va jilvirlash kukunlari uchun donadorlak nomeri donlarning
millimetrning yuzdan bir ulushidagi o’lchamini ko’rsatadi. Mikrokukunlardagi raqamlar
donlarning mikronlardagi o’lchamini ifodalaydi. Jilvirlash donlaridan jilvirlash doiralari va
brusoklari, jilvirlash qog’ozlari tayyorlanadi.
Yumshoq abraziv materiallar har xil metallarning oksidlari hisoblanadi. Ularga xrom
oksid, temir oksid (krokus), alyuminiy oksid kukunlari kiradi.
Qattiq abraziv materiallardan po’latni ishqalash uchun normal oq va xromli
- 72 -
elektrokorund hamda monokorund kukunlari; cho’yan va mo’rt materiallarga ishlov berish
uchun kremniy karbid; qovushgan qattiq qotishmalar hamda boshqa qiyin ishlanadigan
materiallar uchun bor karbid va sintetik olmos kukunlari ishlatiladi.
Yumshoq abraziv materiallar bilan yumshatilgan po’lat, cho’yan, mis va alyuminiy
qotishmalari ishqalanadi.
Qattiq abraziv materiallar bilai ishqalash jarayonida sirtdan mexanikaviy usulda qirindi
yo’niladi, ya’ni qirqish jarayoni ro’y beradi. Yumshoq abraziv materiallar bilan ishqalash
jarayonida ximiyaviy-mexanikaviy ishlov yuz beradi: sirt-aktiv moddalar ta’sirida yupqa oksid
pardasi hosil bo’ladi, keyin bu parda abraziv donlari vositasida yo’qotiladi. SHu tarzda oksid
pardalari hosil qilish va ketkazish yo’li bilan sirt zarur aniqlik hamda tozalikka erishilguncha
ishlanadi.
Ishqalash va o’lchamiga yetkazish uchun mo’ljallangan moylash materiallari metall
yo’nish jarayonini tezlashtiradi, abraziv donlarining o’tkirligini saqlaydi, ishlovning aniqligi va
tozaligini oshiradi, detalь sirtini sovitadi. Quyidagi moylash-sovitish suyuqliklari: kerosin,
yengil mineral moylar, benzin, sodali suv tavsiya qilinadi. Po’lat va cho’yanni ishqalash uchun
ko’pincha kerosin ishlatiladi. Kerosinga 2,5% olein kislota va 7% kanifol qo’shilsa, ish unumi
keskin oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |