Ishqalagichlar
Ishqalagichlar ishqalash operatsiyasi uchun asosiy moslama hisoblanadi. Ular abraziv
material donlarini joylashtirish uchun xizmat qiladi. Ishqalagichlar juda yuqori aniqlikda
tayyorlanishi kerak, chunki detalning aniq chiqishi ularga bog’liq. Ishqalagich materiali
ishlanadigan detaldan yumshoq bo’lishi lozim, shunda abraziv donlari buyumga emas,
ishqalagichga botadi. Dastlabki ishqalash uchun tozalab ishqalashdagidan yumshoqroq
materialli ishqalagich olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |