PARAMETRLARNI O’LCHASH
O’quv moduli birliklari:
1. O’zgaruvchan va o’zgarmas bosimlar farqi ostida ishlovchi sarf o’lchagichlar. 2. Elektromanitli, ulьtratovushli va kalorimetrik sarf o’lchagichlar. 3. Suyuqliklar, gazlar, sochiluvchan material-lar va donali mahsulotlar miqdorini o’lchash. 4. Qalqovuchli, gidrostatik, elektrik, radioizotopli, ulьtratovushli va radioto’lqinli satx o’lchagichlar. 5. Suyuqlik va sochiluvchan materiallar satxini turli xil standart signallarga aylantirish. 6. Gazoanalizator va xromatograflar. 7. suyuqlik tarkibini tahlil kiluvchi analizatorlarning konduktometrik, potentsiometrik, optik va boshqa turlari; 8. Suyuqliklarning zichligi va qovushqoqligini o’lchash asboblari; 9. O’lchov-nazorat asboblari: potentsiometrik, tenzometrik, sig’imli, induktiv va boshqa sezgich asboblar.
Sarf o‘lchash uchun ishlatiladigan asboblar sarf o‘lchagichlar deb ataladi. Moddaning berilgan kanal kesimi orqali vaqt birligi ichida o‘tgan miqdori modda sarfi deyiladi. Sarf o‘lchaydigan asboblar oniy sarfni o‘lchaydi va texnologik rejimlar (ayniqsa uzluksiz jarayonlarda) ishining barqarorligini nazorat qilishga, texnologik jarayonning o‘tishini har bir onda avtomatik ravishda rostlashga va rejimni berilgan yo‘nalishda sozlashga imkon beradi.
Moddaning hajmiy sarfi l/s, m3/s, m3/soat, massa sarfi esa kg/s, kg/soat, t/soat va hokazolarda o‘lchanadi. Asboblar hisoblagichlar (integratorlar) bilan ta’minlanishi mumkin, unda bu asboblar hisoblagichli sarf o‘lchagichlar deyiladi
Modda miqdorini o‘lchaydigan asboblar hisoblagichlar deb ataladi. Hisoblagichlar o‘zlaridan o‘tgan modda miqdorini istalgan vaqt (sutka, oy va hokazo) mobaynida o‘lchaydi. Uning miqdori hisoblagich ko‘rsatkichlari farqi bilan aniqlanadi. Modda miqdori hajmiy (litr, m3) yoki massa (kg, t) birliklarida ifodalanadi. Hisoblagichlar bevosita o‘lchash asboblari bo‘lib, ularning shkalasi bo‘yicha olingan ko‘rsatkichlar qo‘shimcha hisoblashni talab qilmaydi.
Sanoatda keng tarqalgan sarf va miqdor o‘lchagichlar ishlash prinsipi va tuzilishlariga ko‘ra bir qancha guruhlarga bo‘linadi. Ishlab chiqarishda suyuqlik, bug‘ va gazlarning sarfini o‘lchaydigan asboblarning quyidagi turlaridan foydalaniladi:
1) bosim farqi o‘zgaruvchan sarf o‘lchagichlar; 2) bosim farqi o‘zgarmas sarf o‘lchagichlar; 3) tezlik bosimi sarf o‘lchagichlari; 4) o‘zgaruvchan sathli sarf o‘lchagichlar; 5) induksion sarf o‘lchagichlar; 6) ultratovushli sarf o‘lchagichlar; 7) kalorimetrik (issiqlik) sarf o‘lchagichlar; 8) ionli sarf o‘lchagichlar.
O‘lchanayotgan moddaning turiga ko‘ra sarf o‘lchagichlar suv, mazut ,bug‘, gaz va hokazolar sarfini o‘lchagichlarga bo‘linadi.
Suyuqlik va gazlarning miqdorini o‘lchaydigan hisoblagichlar quyidagi asosiy guruhlarga bo‘linadi:
1) hajm hisoblagichlari; 2) tezlik hisoblagichlari; 3) vazn hisoblagichlari.
Quyida texnologik jarayonlarni nazorat qilishda keng tarqalgan usullar va asboblar ko‘rib chiqilgan.
Quvurlardagi suyuqlik, gaz va bug‘ sarfini bosimlar farqi o‘zgaruvchan sarf o‘lchagichlar bilan o‘lchash keng tarqalgan va yaxshi o‘rganilgan. Sarfni bunday usul bilan o‘lchash suyuqlik yoki gaz o‘tayotgan quvurda kichik diametrli to‘siq-diafragma (4.1– rasm,a), soplo (4.1–rasm,b), Venturi soplosi (4.1–rasm, c) va Venturi quvuri (4.1–rasm, d) o‘rnatish natijasida hosil bo‘ladigan modda potensial energiyasi (statik bosimi) ning o‘zgarishini o‘lchashga asoslangan. Kichik diametrli to‘siq vazifasini bajaruvchi toraytirish qurilmasi quvurga o‘rnatilib, mahalliy torayishni hosil qiladi. Suyuqlik, gaz yoki bug‘ quvurning kesimi toraygan joyidan o‘tayotganida uning tezligi oshadi. Tezlikning, binobarin, kinetik energiyaning ortishi oqimning kesimi toraygan joyida potensial energiyaning kamayishiga olib keladi. Bunda to‘siqdan keyingi statik bosim undan oldingi statik bosimdan kam bo‘ladi. Shunday qilib, modda toraytirish qurilmasidan o‘tishda bosimlar farqi ∆P=P1-P2 hosil bo‘ladi. Bu bosimlar farqi oqim tezligi va modda sarfiga mutanosib bo‘ladi. Demak, toraytirish qurilmasi hosil qilgan bosimlar farqi quvurdan o‘tayotgan modda carfining o‘lchovi bo‘lishi mumkin. Sarfning son qiymati esa difmanometr o‘lchagan ∆P bosimlar farqi bo‘yicha aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |