Наманган Мухандислик Педагогика Институти Касб таълими факультети



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/161
Sana15.08.2021
Hajmi2,22 Mb.
#148248
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   161
Bog'liq
iqtisodiy geografiya va ekologiya

d) OZIQ-OVQAT 
 
O’zbekiston  iqtisodiyotida  oziq-ovqat  sanoati  muhim  tarmoq  hisoblanadi. 
Mamlakat  sanoat  mahsulotlari  ishlab  chiqarishidagi  hissasi  8,9  %  dan  iborat.  Oziq-
ovqat  sanoati  yirik  va  o’rta  korxonalardan  iborat  bo’lib,  unda  konservalar,  o’simlik 
moyi  hayvon  yoki, margarin, go’sht-sut mahsulotlari qandolat, choy qadoqlash, vino, 
aroq-likyor,  un-yorma,  non  va  non  mahsulotlari,  makaron,  tamaki, pivo va alkogolsiz 
chanqovbosdi  ichimliklar,  sovun,  osh  tuzi,  meva  soklari  va  boshqa  keng 
assortimentdagi  mahsulotlar  ishlab 
chiqariladi.  O’zbekiston  MDX  mamlakatlari  o’rtasida  o’simlik  moyi  chiqarish 
bo’yicha  3-o’rinda  (Rossiya,  Ukrainadan  so’ng  )  va  hayvon  yoki  ishlab  chiqarish 
bo’yicha  6-o’rinda (Rossiya, Ukraina, Belarus, Ozarbayjon, Qozog’istondan so’ng ), 


 
102 
shakar  ishlab  chiqarish  bo’yicha  7-o’rinda  (Rossiya,  Ukraina Belarusь, Qozog’iston, 
Moldova, Qirg’izistondan  so’ng) turadi. 
Yirik  markazlari:  Toshkent,  Samarqand,  Buxoro,  Farg’ona,  Namangan, 
Urganch, Qo’qon va boshqa shaharlardir. 
O’zbekistonda  sanoatning  bir  turi  qadimdan  shakllangan  va  rivojlanish 
bosqichini  davrlar  aro  o’tagan.  Dastlab  suv  tegirmonlarida  un,  objuvozlarda  guruch, 
juvozlarda  o’simlik  moyi,  novvoyxonalarda  nonlar  tayyorlangan,  qandolatchilar  turli 
xil  shirinliklar  (novvot,kurspechak)lar,uzumdan  musallas,  tarikdan  buza  va  boshqa 
sharbatli  va suyuqlik  ichimlik  tayyorlanganda. 
Bugun  O’zbekiston  xalk  xo’jaligida  oziq-ovqat  sanoatining  ulushi  katta  va 
salohiyati  o’zgacha.  Sanoatning  mazkur  turi  asosan  mahalliy  (qishloq  ho’jaligi  ) 
xomashyosiga  tayanadi.  Respublika  yalpi  sanoat  mahsulotining  salkam  10foizi  oziq-
ovqat  sanoati  hissasiga  to’g’ri  keladi.Unda  sut  va  go’sht,  yog’-moy  va  baliq 
mahsulotlari,  un  va  un  mahsulotlari,  meva  sabzovot  va  konservalar  uzum  va  meva, 
aroq,  pivo,  tamaki, chanqoqbosti ichimliklar va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish 
yo’nalishlari  yo’lga qo’yilgan. 
Oziq-ovqat  sanoatining  yetakchi  tarmog’i  go’sht  ishlab  chiqarishdir.  O’tmishda 
maxalliy  aholi  ot  go’shtidan  qazi,  qora  mol-go’shtidan  uzoq  saqlanadigan  quritilgan 
va  qovurilgan  go’sht  mahsulotlari  tayyorlashgan.  1932  yilga  kelib  go’sht  sanoati 
respublika xalk  xo’jaligi  rejasiga  alohida  sanoat tarmog’i tarzida kiritilgan. 
Endilikda  respublikaning  barcha  viloyat  markazlari  va  yirik  shaharlarida  go’sht 
kombinatlari  ishlab turibdi. 
"O’zgo’shtsanoat"  uyushmasi  tarkibida  23ta  yirik  go’sht  kombinati,  45ta  go’sht 
yetishtirishga  ixtisoslashgan  xo’jaliklar  ,  viloyat  tumanlarida  esa  so’qim  (bo’rdoqi)ga 
boqiladigan  nuqtalar  hamda 100dan ortiq o’rta va kichik  korxonalar  bor. 
Mustaqillik  yillarida  mamlakatimizning  turli  geografik  rayonlarida  jamoa, 
davlat,  shirkat  va  fermer  xo’jaliklari  va  tadbirkorlar  tomonidan  zamonaviy 
texnologiya  bilan  jihozlangan  go’sht  mahsulotlari  va  turli  kolbasalar  ishlab 
chiqaradigan  ko’pgina  kombinatlar  qurildi.  Jumladan,  birgina  "O’zbekbirlashuv 
"tarkibida  kolbasa  mahsuloti  ishlab  chiqaradigan  tsex  barpo  qilindi.  Respublikada 
go’sht  sanoatida  Germaniya  va  Turkiya  firmalari  bilan  hamkorlikda  yarim  tayyor 
go’sht  (ya’ni  go’shtni  pishirishga  qiymalangan  holda  tayyorlangan)  mahsulotlar 
ishlab  chiqarish,  go’shtni  qadoqlash,  ichak  mahsulotlar  tayyorlash  va  ularni  o’rab 
iste’molga  chiqarish  ishlari  yo’lga  qo’yilgan.  Sut  va  sut  mahsulotlari  ishlab  chiqarish 
ham  oziq-ovqat  sanoatining  tarkibiy  qismidir.  Sanoatning  ushbu  turida  sut-qatiq, 
sariqyog’,  sut  konservalari,  quruq  sut,  pishloq,  brinza, qaymoq, muzqaymoq, ayron, 
suzma, qurt kabi mahsulotlar  ishlab  chiqariladi. 
O’zbekistonda  sut  va  sut  mahsulotlari  ishlab  chiqaradigan  sanoat  korxonalari 
juda  ko’p.  1995  yilda  tashkil  qilingan  birgina  "O’zgo’shtsanoat"  uyushmasi  tarkibida 
37ta  sut  korxonasi,  118ta  sut  qabul  qilish  punkti  faoliyat  ko’rsatadi.  Oziq-ovqat 
sanoatining  yana  bir  tarmog’i  yog’-moy  ishlab  chiqarishdir.  Sanoatning  bu 
tarmog’ida  paxta  moyi  ishlab  chiqarish  yetakchilik  qiladi.  Respublikada  yiliga 
umumiy  quvvati  3million  tonna  moyli  usimlik  urug’larini  qayta  ishlaydigan  20dan 
ortiq korxona ishlab turibdi. Sanoatning bu tarmog’ida asosan paxta urug’i va so’ngra 


 
103 
soya,  raps,  meva  donaklari  urug’laridan  moy  ishlab  chiqariladi.  O’simlik  moyi ishlab 
chiqarishda yiliga  2,1 mln  t atrofida paxta chigiti  ishlatiladi. 
Respublika  yog’-moy  sanoati  oziq-ovqat  sanoati  yalpi  mahsulotining  40foizini 
ishlab  chiqaradi.  Paxta  moyining  bir  qismi  (o’rtacha  har  yili  30-35  ming  t)  eksportga 
chiqariladi.  Eng  yirik  yog’  ekstraktsiya  zavodlari  Guliston  va  Kosonsoy  (har  birining 
o’rtacha  sutkalik  quvvati  (1200t  chigitni  qayta  ishlashga  moslashtirilgan),  Farg’ona 
840t,  Ko’qon  810t,  Kattaqo’rgon  950t,  Denov  800,  Urganch  800t  dir.  Non  ishlab 
chiqarish  asosan  "O’zdonmahsulot"  tarkibidadir.Unga  4ta  non  zavodi  qaraydi 
(Toshkent, 
Yangiyo’l,  Farg’ona,  Qarshi)  va  21ta  non  zavodi  qaraydi. 
"O’zbekbirlashuv"tizimida  ham  non  ishlab  chiqariladi.  Bu  tizimda  242  korxona,  3 
mingga  yaqin  tandir  (nonvoyxona)  va  kichik  korxonalar  bor.  Har  ikkisida  sutkasiga 
3575 tonnadan ko’proq (300 xildan  ortiq) non mahsulotlari  ishlab chiqariladi. 
Respublika  oziq-ovqat  sanoatida  chorva  mollari  uchun  omuxta  yem,  sholidan 
turli  navli  guruch  ishlab  chiqariladi.  Guruch  ishlab  chiqarish  xomashyo  rayonlarida 
yaxshi  yo’lga  qo’yilgan.  Qorakalpogistonda  Taxiyatosh,  Xo’jayli,  Konliko’l, 
SHumanay,  CHimboy,  Xorazmda  Urganch,  Xonqa,  Bog’ot,  Surxondaryoda 
Mo’zrobod  guruch  zavodlari  yirik  korxonalardir.  Respublikada  meva  va  uzum 
sabzavot  va  poliz  mahsulotlaridan  turli  xil  konservalar  ishlab  chiqarish  keng  quloch 
yozgan.  Uning  zamonaviy  uskunalar  bilan  jihozlangan  sanoat  korxonalarida  meva 
kombinatlari,  murabbolar,  djem,  sharbat,  pomidor  pastasi,  quritilgan  meva  va  qovun 
koki)  va  b.mahsulotlar  ishlab  chiqariladi.  Endilikda  mamlakat  oziq-ovqat  sanoatida 
yana  bir  tarmoq  qand-shakar  ishlab  chiqarish  yo’lga  qo’yilgan.Sanoatning  bu  turini 
rivojlantirish  aholining  extiyojini  qondirishga  qaratilgan  bo’lib,  qand  ishlab  chiqarish 
uchun  xomashyo  tarzida  qand  lavlagi  yetishtirishga  kirishildi.  Mamlakatimizning 
serquyosh  iqlimiy  sharoitida  qand  lavlagi  o’simligining  qandlilik  darajasi  yuqori 
bo’lishi  tabiiy  bir  xoldir.  SHuning  uchun  ham  xukumat  rejalashtirish  tashkilotlari 
qand  lavlagi  yetishtirish  miqyosini  kengaytirishga  alohida  e’tibor  bermoqda 
Xorazmda,  Toshkent  va  Samarqandda  hamda  b.viloyatlarda  qand  lavlagi  ekish 
geografiyasi  kengaytirilmokda,ularni  qayta  ishlab  qand-shakar  ishlab  chiqarishga 
kirishildi.  1995-1997  yillarda  Turkiya  firmalari  bilan  hamkorlikda  Xorazm 
viloyatining  Xazorasp  tumanida  shakar  zavodi  kurildi.  Zavod  sutkasiga  3ming  tonna 
qand  lavlagini  qayta  ishlash  quvvatiga  ega.  Frantsiyaning  "FSB"firmasi  Samarqand 
shaxrida  sutkasiga  6  mingtonna  qand  lavlagini  qayta  ishlaydigan  zavod  qurilishini 
nihoyasiga  yetkazmoqda. 

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish