Наманган Мухандислик Педагогика Институти Касб таълими факультети



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/161
Sana15.08.2021
Hajmi2,22 Mb.
#148248
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   161
Bog'liq
iqtisodiy geografiya va ekologiya

g) MINERAL O’G’ITLAR 
Uning  yirik  sanoat  korxonalari  "O’zbekkimyomash"  (CHirchiq  shaxrida) 
oltingugurt, 
ozokerit, 
turli 
minerallar,  oxaktosh,  grafit,  shuningdek  rangli 
metallurgiya  va  paxta-kanopni  qayta  ishlash  chigitlaridan  xomashyo  tarzida 
foydalanilgan. 
Respublika  kimyo  sanoatining  asosiy  mahsuloti-mineral  o’g’itlardir.  Qishloq 
xo’jaligi  uchun  o’ta  zarur  bo’lgan  ammofos,  ammiak  selitrasi,  ammoniy  sulfat, 
superfosfat,  karbamid,  suyultirilgan  ammiak,  shuningdek  murakkab  azotli  va  fosforli 
o’g’itlar  CHirchiq  elektr  kimyo  kombinatida,  Farg’ona  azotli  o’g’itlar  va  Samarqand 
kimyo  zavodlarida,  Navoiy  kimyo  hamda  Olmaliq  "Ammofos"  birlashmalarida  ishlab 
chiqariladi. 
Respublika  kimyo  sanoati  korxonalari  bir  yilda  2,8  mln.t.  azotli,  1,2-1,3  mln  t 
fosforli  o’g’itlar  ishlab  chiqarish  quvvatiga  ega.  1995  yilda  esa  mamlakatda  100% 
oziq  modda  hisobida  1578  ming  t  o’g’it,  shu  jumladan  1012,1  ming  t  azotli,  565,6 
ming  t  fosforli  o’g’itlar  ishlab  chiqarildi.  2007  yil  1022,2  ming  t.  mineral  o’g’it  (azot 
879  ming  t.  va  fosfor  143,1  ming  t.), 1224,0 ming tonna sintetik ammiak, 976,9 ming 
t.  Sulьfat  kislotasi,  15703  t.  Kimyoviy  tola  va  1734  t.  Sintetik  yuvish vositalari, 1909 
t.  o’simliklarni  himoya  qilish  vositalari  ishlab  chiqarildi.  “SHo’rtangaz  kimyo” 
majmuasi  Markaziy  Osiyodagi  eng  yirik  kimyo  sanoati  korxonasi  bo’lib  yiliga  125 
ming  t.  Polietilen,  137  ming  t.  Suyultirilgan  gaz  va  boshqa  mahsulotlar  ishlab 
chiqarish quvvatiga  ega. 
Mamlakat  o’zining  mineral  o’g’itlarga  bo’lgan  extiyojini  to’la  qondiradi  va 
ma’lum  qismi  (o’rtacha  yiliga  26-30  mln  AQSH  dollari  mikdorida)  o’g’itni  chetga 
eksport qiladi.  Biroq O’zbekistonda kaliyli  o’g’it ishlab chiqarilmaydi. 
Kimyo  sanoatining  gidroliz  korxonalari  etil  spirti,  furfurol,  ozuqa  achitqilari 
ishlab  chiqarishga  ixtisoslashgan.  Andijon  gidroliz  zavodi,  Farg’ona  furan 
birlashmasi  ,Yangiyo’l  biokimyo zavodlari  shunday korxonalardir. 


 
100 
Respublikada 
rezina 
mahsulotlari 
ishlab 
chiqarish 
Angrendagi 
"O’zbekrezinatexnika"birlashmasi,  platmassa  quvurlari  zavodi,  Toshkent  "Rangli 
lak"firmasi,  Olmalik  zavodlarida amalga  oshiriladi. 
Organik  sintez  kimyosi  ham  respublika  kimyo  sanoatining  endi  rivojlanib 
kelayotgan  tarmoqlaridan  biridir.Uning  rivojlanishiga  gaz  sanoatidagi  o’sish  ijobiy 
ta’sir  ko’rsatmoqda.  Hozirgi  vaqtda  bu  sohaning  yirik  korxonasi-Navoiy  kimyo 
kombinatidir.  Uning  tarkibida  atsetilen,  sirka  kislotasi,  atsetil-tsellyuloza,  nitron  tola 
ishlab chiqaradigan  quvvatlar  yaratilgan. 
Kimyo  sanoatining  mahalliy  ahamiyatiga  ega  bo’lgan  tarmoqlari  lak-bo’yoq  va 
maishiy  kimyo  mahsulotlari  ishlab  chiqarishga  ixtisoslashgan.  Toshkentdagi  kimyo 
sanoati  korxonalari  lak-bo’yok,  Olmaliq  kimyo  kombinat  turli  xil  kir  yuvish  vositalari 
ishlab  chiqaradi.  Istiqbolda  O’zbekiston  kimyo  sanoati  korxona  va  birlashmalarida 
Xitoy,  AQSH,  Yaponiya,  Germaniya  va  Italiya  firmalari  bilan  hamkorlikda  mahalliy 
xomashyolardan  yangi-yangi  mahsulotlar  ishlab  chiqarish,  sanoat  chiqitlarini  qayta 
ishlashni  avtomatlashtirish,  kimyo  sanoatining  eksport  imkoniyatini  kengaytirish 
masalalari  ko’zda tutilgan. 
 
  
 
 
g) QURILISH MATERIALLARI 
 
Mamlakatimiz  ko’p  tarmoqli  qurilish  materiallari  sanoatiga  ega.  Sanoatning 
mazkur  tarmog’i  100dan  ortiq  nomda  mahsulotlar  ishlab  chiqaradi  va  xalk 
xo’jaligining  ehtiyojini  to’la qondiradi. Mazkur  sanoatning 
-tsement, asbob-tsement, devorbop materiallar: 
-temir-beton  konstruksiyalari: 
-qurilish  keramikasi,  issiqlik  izolyatsiyasi  materiallari: 
-ohak, gips, bog’lovchi materiallar  va ulardan buyumlar  tayyorlash: 
-sanitariya  -gigiena  jihozlari: 
-polimer  xomashyodan qurilish  materiallari  va buyumlar: 
-tabiiy  toshlardan qoplama materiallar  (plita)  lar, noruda 
qurilish  materiallari  tarmoqlari  mavjud. 
Sanoatning  mazkur  turi  yuksak  darajada  mexanizatsiyalashgan  va  o’z  yo’nalishi 
(ishlab  chiqarish  harakteri)ga  ko’ra  mahalliy  ahamiyatga  ega  bo’lgan  sanoat 
tarmoqlariga  bo’lingan. 
Qurilish  industiriyasi.  Qurilish  industiriyasi  mamlakat  milliy  iqtisodiyotining 
muhim  tarmog’idir.  O’zbekiston  juda  ko’p  qurilish  materiallari  (resurslar) 
salohiyatga,  zamonaviy  qurilish  materiallari  sanoatiga  va  qurilish-montaj  ishlari  olib 
boruvchi  katta  moddiy  texnika  va  ishlab  chiqarish  asosiga,  malakali  ishchi 
muhandislarga  ega.  Davlat,  aksiyadorlik,  shirkat,  xususiy,  qo’shma  va  boshqa 
mulkchilik  shakllaridagi  pudrat,  subpudrat  va  xo’jalik  usullaridagi  qurilish  ishlarini 
amalga  oshiruvchi  ixtisoslashgan  korporatsiya,  kompaniya,  birlashma,  fima,  trestlar 
yiliga  3,5-4,0  mlrd.  AQSH  doll.  miqdorida  qurilish-montaj  ishlarini  bajaradi.  2007 
yilda  2593,2  mlrd  so’mlik  qurilish  ishlari  bajarildi.  Qurilish  industriyasining 
mamlakat  yalpi  ichki  mahsulotidagi  hissasi  (2007  yil)  5,5%  iqtisodiyotda  band  ishchi 
xizmatchilarning  10%ga yaqini  to’g’ri keladi. 


 
101 
Qurilish  materiallari  sanoati  100  dan  ortiq  xilma-xil  mahsulotlar:  tsement, 
asbest-tsement,  yumshoq  tom  yopqich,  va  gidroizolatsiya  materiallari,  shifer, 
qoplama  materiallar,  noruda  qurilish  materiallari,  qurilish  keramikasi,  sanitariya-
gigiena  jihozlari,  polimer  xom  ashyodan  qurilish  materiallari  va  buyumlari,  temir 
beton  konstruksiyalari  va  boshqa  mahsulotlar  chiqaradi.  Yirik  tsement  sanoati  (yiliga 
5  mln  .t  tsement  ishlab  chiqarish  quvvatiga  ega  5  ta  korxona:  Bekabod,  Angren, 
Ohangaron,  Quvasoy,  Navoiy)  mavjud.  O’zbekiston  tsement  ishlab  chiqarish 
bo’yicha  MDH  mamlakatlari  orasida  3-o’rinda  (Rossiya,Ukrainadan  so’ng)  turadi. 
SHuningdek,  toshtaroshlik  (marmar  va  granit),  devorbop  materiallar  (g’isht), 
keramika,  shisha-oyna,  sanitariya  jihozlari,  yig’ma  temir  beton  sanoati  (uysozlik 
kombinatlari)  kabi  tarmoq  rivojlanib  bormoqda.  Yirik  qurilish  industriyasi  markazlari 
Toshkent, Angren, Quvasoy, Navoiy, Samarqand va boshqa shaharlardir. 
XX 
asrning 
90-yillari  o’rtalaridan  boshlab  O’zbekiston  iqtisodiyotida 
investitsiyalar  sarflashning  o’sish  jarayoni  boshlandi  va  barcha  investitsiyalarning 
asosiy  qismi  real  sektorga,  birinchi  navbatda  sanoat  (Engil  sanoat,  mashinasozlik, 
neft-kimyo,  gaz-kimyo  va  boshqalar.),  qishloq  xo’jaligi,  transport  va  aloqa  (2007  yil 
sanoatga  36,8%,  qishloq  xo’jaligiga  3,3%,  transport  va  aloqaga  22,8%)  yoki  asosiy 
kapitalga  investitsiyalarning  70,1%  i  ishlab  chiqarish  va  29,9%  i  noishlab  chiqarish 
tarmoqlariga  yo’naltirilgan.  Kapital  qo’yilmalarning  umumiy  hajmida  nodavlat 
sektorlarning  ulishi  ortib  bormoqda.  Asosiy  kapitalga  yo’naltirilgan  xorij 
investitsiyalarning  85,7%  ishlab  chiqarish  va  14,3%  noishlab  chiqarish  sohalariga 
yo’naltirildi.  O’zbekistonning  asosiy  investitsion  sheriklari:  AQSH,  Germaniya, 
Yaponiya,  Fransiya,  Buyuk  Britaniya,  Janubiy  Koreya  va  boshqa  mamlakatlarning 
davlat va xususiy institutlari,  Jahon Banki,  Yevropa Tiklanish  va Taraqqiyot bankidir. 
O’zbekiston  mustaqqillik  yillarida  Markaziy  Osiyodagi  eng  yirik  qurilish 
maydoniga  aylandi.  Asaka  shahrida  “O’zDEU”  avtomobil  zavodi,  Buxoro  neftni 
qayta ishlash  zavodi va boshqalar.) 
Avtomobillar  va  temir  yo’llari,  ko’priklar,  ta’lim  muassasalari  (kollejlar, 
akademik  litseylar,  maktablao)  sport  inshootlari,  shahar  va  qishloq  uy-joy  qurilishlari 
mamlakatimiz  shahar va qishloqlar  qiyofasining 
zamonaviylashuviga,  ijtimoiy-iqtisodiy  hamda  madaniy  rivojlanish  darajasiga 
kuchli  ta’sir ko’rsatmoqda. 
 

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish