O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
YURIDIK FAKULTETI
5111600-
«MILLIY G’OYA, MA’NAVIYAT ASOSLARI VA HUQUQ TA’LIMI»
yo’nalishi IV- bosqich talabasi
TURSUNOV RAMZIDDINNING
«MA’NAVIYATSHUNOSLIK» fanidan
KURS ISHI
MAVZU: Shaxs ma’naviyatini rivojlantirishning omillari va vositalari
Ilmiy rahbar: M. Xabibullayev
Namangan – 2022
MUNDARIJA
Kirish.
I BOB. MA’NAVIYAT TUSHUNCHASI VA MA’NAVIY HARAKTER
I.1. Ma’naviyat tushunchasi va shaxs ma’naviyati
I.2. Oila va makon finominida ma’naviy omillari
II BOB. SHAXS MA’NAVIYATINI RIVOJLANTIRISHNING OMILLARI
II.1. Ilm va e’tiqod masalasi ma’naviyatning fundamental asosi sifatida
II.2. Yetuk ma’naviy harakter – ijtimoiy komillik poydevori
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Jamiyat taraqqiyotining barcha davrlarida ham rivojlanishining mohiyati, uning sur’atlari insonlarning ma’naviy kamoloti darajasiga bog‘liq bo‘lgan. Qaysi yerda ma’naviy kamolot yuksak bo‘lib ma’rifiy-tarbiyaviy tadbirlar oqilona yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, shu jamiyat gullab rivojlangan, taraqqiy etgan. Biz qurayotgan demokratik-xuquqiy jamiyatning uch muhim tomoni bor: iqtisodiyot, siyosat va ma’naviyat. Bu tomonlar qancha mustahkam va baquvvat bo‘lsa kelajagimiz ravnaqi ham baqquvvat bo‘ladi. Mustaqil O‘zbekistonimiz oldida turgan iqtisodiy, ijtimoiy siyosiy ta’lim va tarbiya ishini takomillashtirish bilan chambarchas bog‘liq. Ta’lim tizimidagi vazifalarga zamonaviy yondashuv-davlatimizning bu sohaga nihoyatda katta e’tibor berayotganida qabul qilingan bir qator hujjatlarda o‘z ifodasini topdi. YUksak ma’naviy burchlar kecha yoki bugun o‘ylab topilgan emas. Ular insoniyatning ming yillik tarixi ota-bobolarimizning necha-necha avlodlari tajribasi davomida yuzaga kelgan. Ma’naviyat insonga ona suti, ota namunasi, ajdodlar o‘giti bilan singib kelgan. Bugungi kunda ma’rifiy va ma’naviy hayotimizda sezilarli o‘zgarishlar yuz bermoqda. Milliy an’analarimiz va asriy qadriyatlarimizning hayotimizdagi o‘rni yanada mustahkamlanmoqda. Kadrlar ma’naviy tarbiyasi keng qamrovli tushunchadir. Yosh avlod muqarrar ravishda yangi asoslarga o‘tayotgan davlatimiz, jamiyatimiz boshqaruvi tepasiga keladi. Ular biz boshlagan ulkan ishlarini davom ettiradilar. O‘zbekistonning buyuk davlatlar qatoriga kirishi, kelajagi obod va farovon bo‘lishi, huquqiy demokratik davlat adolatli fuqarolik jamiyati maydonga kelishi ko‘p jihatdan yoshlar tarbiyasiga bog‘liq. SHu sababli Prezidentmiz yangi avlod tarbiyasiga eng muhim vazifalardan biri deb qaramoqda. Bu yo‘lda cheksiz g‘amho‘rlik namunalarini ko‘rsatmoqda. Uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish tadbirlari – bu ta’lim tizimini demokratik va insonparvarlik yo‘nalishlarida qayta qurish bilan ham bog‘liq. CHunki, insonparvarlik g‘oyalari va tamoyillari milliy g‘oya bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, insonning moddiy va ma’naviy farovonligini, erkin, mustaqil, ijodiy faoliyatini, kishilarning o‘zaro hamkorligi, do‘stligi, hamjihatligi, birdamligi va bir-biriga g‘amxo‘rligi kabi eng yuksak, ilg‘or insoniy fazilatlarni o‘zida mujassam etadi. Odillik, halollik, poklik, to‘g‘rilik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, baynalmilalchilik, odoblilik, vijdonlilik, iymon-e’tiqodlilik, mehmondo‘stlik, kamtarlik, or-nomusni, sharm-hayo va iffatni e’zozlash, tinchliksevarlik, olijanoblik, el-yurt manfaatini o‘z manfaatidan ustun qo‘yish kabi yuksak insoniy fazilatlar ham insonparvarlikning namoyon bo‘lishidir. Bu esa, o‘z-o‘zidan, uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini insonparvarlashtirish orqali barkamol shaxs ma’naviyatini shakllantirish ehtiyojini kun tartibiga qo‘yadi. Biz tanlagan ushbu mavzu mazkur masala bo‘yicha ilgari surilgan fikr-mulohazalarni va tavsiyalarni ta’lim-tarbiya tizimiga joriy etish, ijtimoiy-gumanitar fanlar mazmuniga kiritish yo‘l-yo‘riqlarini o‘zida ifoda etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |