texnologiyalar25-oktabr kuni Toshkent xalqaro Vestminster universiteti binosida Innovatsion Rivojlanish vazirligi hamda CityU (Gongkong), UdacityX MOOC (AQSh), MOOC Iversity (Niderlandiya/Germaniya), Open Polytechnic (Yangi Zelandiya) ta`lim muassasalari bilan hamkorlik to‘g‘risida kelishuv tuzildi. Mazkur hujjat “Innoweek" Xalqaro innovatsion haftaligi doirasida imzolangan o‘nlab shartnoma va memorandumlardan farqli ravishda masofadan turib imzolandi.
Bir necha kun avval bir tomonlama imzolab, pochta orqali jo‘natilgan kelishuvlar onlayn tarzda Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamda UdacityX ta`sischisi Daniel Zaretskiy tomonidan vazirlik va universitet mas`ullari ishtirokida imzolandi. O‘z navbatida tomonlar ilg‘or xalqaro ta`lim standartlari darajasidagi yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashni mukammallashtirish, oliy ta`lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, yoshlarning imkoniyatlaridan kengroq foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish, oliy ta`lim tizimga innovatsion usullarni joriy qilish, shuningdek mazkur sohada xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida "Kelajak universiteti"ni tashkil etishga kelishishdi.
Ta`kidlash joizki, xorijiy hamkorlar mazkur loyihaga 40,0 mln. AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritadi. Loyiha doirasida oliy ta`lim jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini, ilm-fanning eng so‘nggi yutuqlarini va texnikalarni joriy qilish nazarda tutilgan. Buning uchun elektron axborotlarni va ta`lim resurslarini (o‘zbek va rus tillariga tarjima qilingan) o‘z ichiga olgan hamda talabalar (yiliga 50 ming nafar atrofida) tomonidan ta`lim dasturlarini, ularning qayerda bo‘lishlaridan qat`iy nazar, o‘zlashtirishlarini ta`minlaydigan elektron axborot-ta`lim muhitining ishlashi uchun shart-sharoitlar yaratiladi.
O‘qish jarayoni shunchaki matnlar yoki ma`ruzalarni ko‘chirib olishdan iborat emas, balki bosqichma-bosqich ta`lim dasturini o‘zlashtirishdan iborat bo‘ladi. Masofadan oliy ma`lumotga olmoqchi bo‘lgan talabalar maxsus platformadan foydalangan holda chuqur bilimlarni egallashadi. Mazkur smart-texnologiya har bir talabaning o‘z ID profili bo‘lishini talab etadi. Har bir profil egasining yuz harakatlaridan tortib, kompyuter tugmalarini bosish usuligacha bo‘lgan ma`lumotlarni xotirasida saqlaydigan dastur aynan shu talabaning o‘qish jarayonida ishtirok etishini ta`minlaydi. Bunda talaba bir kunda uch soat vaqtini ta`limga sarflashi talab qilinadi. Agar uning o‘rniga boshqa odam platformaga kirsa, tizim bloklanadi.
Talabalarning bilimlari sinovdan o‘tkazilarkan, ularning natijalari Yangi Zelandiyadagi ma`lumotlar bazasiga borib tushadi va o‘sha yerda saqlanadi. Bu o‘z navbatida imtihon davomida korrupsiya yuzaga kelmasligiga kafillik beradi. Undan tashqari, universitetning bosh idorasida va filiallarida talabaning shaxsini tekshirish va imtihonlarni topshirish tartibini nazorat qilishni ta`minlagan holda attestatsiya imtihonlari o‘tkaziladi. Bunda Yangi Zelandiyada necha yillar davomida tajribada sinalgan tizim joriy etiladi4.
II bob Masofaviy ta’lim afzalliklari va kamchiliklari
Do'stlaringiz bilan baham: |