Namangan davlat universiteti tabiiy fanlar va geografiya fakultet



Download 0,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/21
Sana26.04.2022
Hajmi0,66 Mb.
#583150
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
III. ASOSIY QISM 


42 
3.1. Yuqori muhit haroratini jigar mitoxondriyalarining nafas olishi va 
oksidlanishli fosforlanishiga ta’siri 
Hozirgi paytda mitoxondriyalarning bajaradigan vazifalariga bo’lgan 
qiziqish borgan sayin kuchayib bormoqda. Buning sababi mitoxondriyada 
organizmning hujayralariga hos: qisqaruvchanlik, ionlar tashilishi va irsiy 
belgilarni tashish kabi barcha asosiy xususiyatlar mavjud [Almatov K.T., 1990; 
Savina, 1992; Alam et al., 2003; Garrido et al., 2003; Kutsiy i dr., 2005]. Ajratib 
olingan mitoxondriyalarda ham tirik organizmdagi tashqi va ichki ta’sirotlarga 
javob reaksiyalari umumfiziologik qonuniyatlarga mos keladi. Boshqacha qilib 
aytganda ajratib olingan 
mitoxondriyalarda ham 
qo’zg’aluvchanlik va 
tormozlanishi organizmning umumiy metabolik holatlariga mos keladi [Zorov 
D.B., Isaev N.K. i dr., 2007]. Undan tashqari hujayralarda kechayotgan apoptozda 
mitoxondriya asosiy rol o’ynashi to’g’risida [Skulachev V.P., 1996b; Susin S.A.et 
al., 1998; Green D.R., Reed J.C., 1998; Youle Y.T., 2000; Filchenkov A.A., 
Abarmenko I.V., 2000; Sculachev V.P., Bakeeva L.E. et al., 2004] olingan natijalar 
mitoxondriyaning tuzilishi va bajaradigan vazifalariga bo’lgan qiziqishni yanada 
kuchaytirib yubordi. 
Kalamush yuragi mitoxondriyalarida NADga bog’liq substratlardan 
glutamatni va suksinatni oksidlanishi va oksidlanishli fosforlanishi to’g’risida 
olingan natijalar 1-jadvalda berilgan. 
Mitoxondriyalarga 
substratlardan 
glutamatni 
qo’shilishi natijasida 
mitoxondriya o’lchash muhitidagi kislorodni iste’mol qila boshlaydi (V
2
holat, 
bizda u 82,8±4,4 nanogatom kislorod/daqiqa mg oqsilni tashkil qildi), oradan 30-
40 soniya o’tishi bilan yacheykaga 200 mkM ADF solindi, bunda mitoxondriyaga 
qo’shilgan ADF o’lchash muhitidagi F
n
bilan qo’shilib ATF hosil bo’lishi 
boshlanganligini 
bildiradi 
(V

holat, 
bu 
bizda 
176,9±7,6 
nanogatom 
kislorod/daqiqa mg oqsilni tashkil qildi) va buni oksidlanishli fosforlanishli holat 
deb ataladi. Qo’shilgan ADF ning hammasi ATF ga aylanib bo’lgandan keyin 
mitoxondriyaning nafas olishi keskin sekinlashdi (V
4
holat, u 43,5±5,5 nanogatom 
kislorod/daqiqa 
mg 
oqsilni 
tashkil 
qildi). 
Yacheykaga 
oksidlanishni 


43 
fosforlanishdan ayiruvchi 2,4-dinitrofenol (V
DNF
, bizda bu 178,9±9,0 nanogatom 
kislorod/daqiqa mg oqsilni tashkil qildi) qo’shilsa mitoxondriyaning nafas olishi 
keskin tezlashib ketadi. 
Tashqi muhitning yuqori haroratini odam va hayvonlarning organizmiga 
ta’siri fizik omillarning eng noqulay ta’sirlaridan biri hisoblanadi. Planetamizning 
ko’pchilik hududlari kabi Markaziy Osiyoda ham yoz oylarida o’ta issiq bo’lishi va 
ayniqsa keyingi yillarda havo haroratini ko’tarilishi, issiqlik stressini organizmda 
kechayotgan fiziologik – biokimyoviy jarayonlarga ta’siri mexanizmini hujayra, 
organella, membrana va molekulalar darajasida o’rganishni talab qilmoqda.
Hujayra organellaridan mitoxondriya muhit haroratini o’zgarishlariga eng 
sezgiri hisoblanadi [Musaev X.N., Almatov K.T, 1988; Almatov K.T., 1990: 
Almatov Sh.K., 2003;, Axmerov R.N. Almatov K.T. , 2003]. Shuni nazarda tutib, 
biz termoneytral va yuqori haroratda jigar mitoxondriyasining nafas olishi va 
oksidlanishli fosforlanishiga qanday ta’sir ko’rsatishini aniqlashni maqsad qilib 
qo’ydik. 
Normal sharoitda, ya’ni termoneytral haroratda saqlangan kalamushlarning 
jigaridan ajratib olingan mitoxondriyalarni nafas olishi va oksidlanishli 
fosforlanishi o’rganilganda olingan natijalar adabiyotlardagi ko’rsatkichlarga 
to’g’ri kelishi ma’lum bo’ldi (1-jadval).
Mitoxondriyaga α-ketoglutaratni qo’shgandan keyin mitoxondriya nafas ola 
boshlaydi (V
2
holat), ya’ni mitoxondriya o’lchash muhitidagi kislorodni iste’mol 
qila boshlaydi va u 25,4±2,3 nanogramm atom O
2
/min mg oqsilni tashkil qildi
oradan 
30-40 
soniya 
o’tgach yacheykaga 200 mkM ADF solindi, 
mitoxondriyaning nafas olishi tezlashib (V

holat) - 105,4±4,8 nanogramm atom 
O
2
/min mg oqsilni tashkil qildi. Bu mitoxondriyaga qo’shilgan ADF o’lchash 
muhitidagi F
n
bilan qo’shilib ATF hosil bo’lganligini bildiradi va buni 
oksidlanishli fosforlanishli holat deb ataladi. Qo’shilgan ADF ning hammasi ATF 
ga aylanishi bilan nafas olishi sekinlashdi, ya’ni tinchlik (V
4
) holatga o’tadi va u 
33,2±2,9 nanogramm atom O
2
/min mg oqsilni tashkil qildi.

Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish