Tabiiy fanlar va ekologiyaga oid ayrim muammolar (Ilmiy maqolalar to’plami) XVII
194
(Зақудуқ) бойитилган каолини намуналарида алюминий оксиднинг миқдори 43,00%
га етди[2].
Ангрен, Султон-Увайс ва Ауминзатау (Зақудуқ) каолинларининг кислотада
эрийдиган хилларининг кўп ҳосил бўлишига куйдириш ҳароратининг таъсири
аниқланган; илк марта максимал унум билан, хлорид ва сульфат кислота
эритмалари билан дастлабки ишлов берилганкаолинни қўллаб, алюминий ва темир
оксидлари аралашмаси олинган; каолинларни кислота эритмаси билан дастлабки
қайта ишлов бериб, металл оксидларини максимал даражада ажратиб олишнинг
яъни улар40% ли сульфат кислота эритмасида, 500-550
0
С ҳарорат ва 90 минут; 30%
ли хлорид кислота эритмасида, 400-450
0
С ҳарорат ва 90 минут куйдириш вақти
оптимал шароит эканлиги аниқланган.
Фойдаланилган адабиётлар:
1.
Абдурахимов Х. А., Муталов Ш. А.Исследование химического сотава и
содержания каолинов Узбекистана.// Композиционные материалы. 2019, 3, -С.
17-20. (02.00.00.№4).
2.
Abdurahimov Kh. A. Studying the Chemical Compositions of Waste Water
Units of Oil-Fating Enterprises and Manufacture of Cellulose.// Internation-al Journal of
Advanced Research in Science, Enginering and Technology/ vol.6. Issue 11, 2019. –S.
11727-11730. (05.00.00, №8).
KICHIK YOSHDAGI BOLALARGA TIL O’RGATISH METODIKASI
Nishanova Tursunoy Abdivoxidovna, NamDU v.b.d.
Egamberdiyeva Donoxon Musoxon qizi, NamDU talabasi
Annotatsiya:
Mazkur ilmiy maqolada
kichik yoshdagi bolalarga chet tilni o’rgatish
metodikasi haqida fikr yuritilgan. Jumladan, multfilm, qo’shiq va interfaol o’yinlardan
samarali foydalanish usullari bo’yicha ma’lumotlar berilgan.
Kalit so’zlar
: chet til, metodika, rivojlantirmoq, musiqa, interfaol,o’yin, qiziqarli.
Bugungi tezkor rivojlanayotgan zamonda chet tillarni bilish insonlar uchun
zaruriyatga aylandi. Ilgari ayrim mutaxasisliklarda talab qilinuvchi til bilish va unda
so’zlasha olish ko’nikmasi hozirgi kunda barcha sohalarda talab qilinmoqda. Yurtimizda
chet tillarini o’qitishda yangicha bosqich yangicha davr boshlandi. Hozirgi kunda chet
tilni o’qitish nafaqat oliy o’quv yurtlarida, maktab, kollej, litsey balki maktabgacha ta’lim
muassasalarida ham mavjud. Chet til ta’limi interfaol innovatsion usullari, komunikativ-
axborot vositalari bilan boyitilgan. Ushbu talablarga mos ravishda o’quv xonalari ham
yevropa standartiga mos ravishda zamonaviy tarzda jihozlangan.
Chet tilni oson va tez o’rganishning innavatsion usullari ham ishlab chiqilmoqda.
Bolalarga chet tilni o’rgatishda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim. Xususan. bolaning
yoshi, o’zlashtirish darajasi, qiziqishlari. Ma’lumki, bolalar til o’rganishga ko’proq moyil
bo’lishadi. Yaqin vaqtgacha o`qitish metodikasi maktab yoshidagi bolalarga qaratilgan
bo’lsa endi ota-onalar farzandlarini chet tilni bilishiga imkon qadar erta o’rganishi uchun
sharoit yaratishga intilmoqdalar. Chet tili metodikasi bolalarning yoshi, til qobiliyatlari va
individual xususiyatlarini hisobga olgan holda tuzilishi va ularni rivojlanishiga qaratilgan
bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Bolalar uchun yangi tilni o’rgatishda qo’shiqlar, o’yinlar,
diqqatni jalb qiluvchi qiziqarli va rangli multfilmlarni namoyish qilish, og’zaki nutqini
Do'stlaringiz bilan baham: |