Bog'liq TABIIY FANLAR VA EKOLOGIYAGA OID AYRIM MUAMMOLAR XVII
Tabiiy fanlar va ekologiyaga oid ayrim muammolar (Ilmiy maqolalar to’plami) XVII 158
birinchi qon tomiri jabra tomiri deyiladi. Bu tomir jabralarga borib stigmalar ichida mayda
shoxchalar hosil qiladi. Stigmalarda gazlar almashinuvi boradi. Ikkinchi qon tomiri ichak
tomiri bo’lib u ichki organlarga boradi. Ichki organlarga goh kislorod tashiydi goh to’qima
va hujayralardagi karbonat angidridni birlashtirib ketadi. Shu hususiyat ularning
yuragining tuzilishi bilan bog’liq hisoblanadi. Ularning yuragi qonni gohida ichak
tomiriga, gohida esa jabra tomirlariga haydab beradi. Shuning uchun ularning qon
tomirlari ba’zan arteriya tomiri ba’zan esa vena tomiri vazifasini bajaradi.Qon aylanish
sistemasi ochiq. Assidiyalar qonida alohida hujayralar ya’ni vanadotsitlar bor. Ular
qonning 98% gacha qismini tashkil etadi. Vanadotsitlar tarkibida vanadiy va erkin sulfat
kislota saqlaydi.
Ko’payishi . Pardalilarning hamma vakillari germafrodit hayvonlardir. Lekin jinsiy
hujayralari bir vaqtda yetilmaydi. Shu sabab bitta hayvon ham erkaklik ham urg’ochilik
vazifasini bajaradi. Ikki hil ya’ni erkaklik va urg’ochilik jinsiy bezlar bo’ladi. Yetilgan
jinsiy hujayralari atrial bo’shliqqa o’tadi va kloaka sifon orqali tashqariga chiqariladi.
Tuxum hujayralari suvda urug’lanadi. Zigotadan lichinka rivojlanadi. Lichinkalik davrida
hayvonda uzun dumi bo’lib u keyinchalik yo’qolib ketadi. Lichinkalik davrida dumi
bo’ylab xorda joylashgan bo’ladi. Lichinka suv tubiga yopishib regressiv metamorfozga
uchraydi.
Regressive metamorfoz jarayonida lichinkaning nerv nayi nerv tugunchasiga
aylanadi, xordasi yo’qolib ketadi. Voyaga yetgan assidiya o’troq hayot tarziga o’tadi.
So’ngra assidiya kurtaklanish yo’li bilan jinssiz ko’paya boshlaydi. Bunda kolbasimon
shakldagi stolon hosil qiladi.
Xulosa . Lichinkaxordalilar umurtqali hayvonlarning tuban vakillari hisoblanadi. Bu
hususiyat ayniqsa assidiya va salplar sinfi vakillarida yaqqol ko’zga tashlanadi.
Apendikulyariya sinfi vakillarida esa regressive metamorfoz kuzatilmaydi. Bu sinf
vakillarining voyaga yetgan davrida ham dum qismi va xordasi yo’qolib ketmaydi. Bu
hususiyatni evolutsion jihatdan hayvonlarning tuzilishini murakkablashib borishi bilan
ham tushintirish mumkin. Ichki tuzilishida atrial bo’shlig’ining bo’lishi muhim
ahamiyatga egadir. Atrial bo’shliq bu hayvonlar uchun hazm qilish, nafas olish
organlarining umumiy chiqish yo’li hisoblanadi. Bundan tashqari jinsiy hujayralar atrial
bo’shliqqa chiqariladi. Tanasining maxsus qobiq bilan qoplanganligi suvda yashash tarzi
bilan ham bog’liq bo’lishi mumkin.Bu kabi bir biriga o’zaro bog’liq hususiyatlar
hayvonlarning
yashash
tarziga
juda
yaxshi
moslashganligidan
dalolatdir.Lichinkaxordalilar umuman chuchuk suvda uchramaydi.
Qobiqlilarning ba’zi vakillari oziq- ovqat sanoatida ham muhimdir. Assidiyalarning
ba’zi hillari Yevropa mamlakatlarida tansiq taom sifatida iste’mol qilinadi.Bu kenja tip
vakillari O’zbekiston suv havzalarida uchramaydi.
Yuqoridagi barcha ma’lumotlar asosida shuni aytish mumkinki-hayvonot dunyosida
har bir hayvonning o’ziga xos tuzilishi, yashash tarzi va ahamiyati bor. Shular jumlasidan
qobiqlilar ham o’zining tuzilish, hayot tarzi va ahamiyatiga ega.