Tabiiy fanlar va ekologiyaga oid ayrim muammolar (Ilmiy maqolalar to’plami) XVII
244
JANUBIY FARGONA TUPROKLARINING EKOLOGIK MUAMMOLARI VA ULARNI
BARTARAF ETISH CHORA – TADBIRLARI
Ismoilova Gulshanoy Alijonovna
Namangan davlat universiteti, «Geografiya o’rganish obyekti» yo’nalishi 1-kurs
magistranti
Farg‘ona vodiysining janubiy qismining umumiy maydoni 680 ming gektar bo‘lib,
shundan 3,012 ming gektar sug‘oriladigan, 9,4 ming gektar yer meliorativ hisoblanadi.
Vodiyning janubiy qismi va adirlar bilan o
ʻ
ralgan hududning
asosiy qismi serozem
zonasiga, cho
ʻ
kindilarning markaziy qismi esa cho1 zonasiga to
ʻ
g
ʻ
ri keladi va muzli
tuproqlar, o
ʻ
tloqlar, qamishzorlar, sho
ʻ
rxoklar
3
, qumtepalar,
botqoqliklar bu mintaqa
uchun xos.
Sug‘oriladigan va sug‘orish mumkin bo‘lgan to‘q tusli bo‘z tuproqlar
4
maydoni
uncha katta emas. Ular Qoradaryo terrasalarida, O‘zgen cho‘kmasida,
eski Novkat
cho‘kmasida, Kugart va Podshoota daryolarining yuqori terrasalarida tarqalgan. Bu
tuproqlar 1000—1200 m nisbiy balandlikda tarqalgan. Bular sho‘r emas, sizot suvlari
chuqurda, har xil chuqurlikdagi toshlar,
prolyuvial yotqiziqliklar, lyosslar ustida hosil
bo‘lgan. Bu maydonlardagi introzonal ko'rinishdagi o ‘tloqi, o‘tloqi-bo‘z, botqoq-o'tloqi
tuproqlari ham sho‘rlanmagan. Bunga sizot suvlarining chuchukligi sabab boia oladi.
Farg'ona cho‘kmasining katta maydoni tipik bo‘z tuproqlar bilan qoplangan bo‘lib,
sug‘oriladigan yerlarning asosiy qismini tashkil qiladi. Bu tuproqlar daryoning o‘ng
sohilida 800—1000 m, ayrim hollarida 1200 m, chap sohilda esa 600—1000 m nisbiy
balandliklarda joylashgan.
Shohimardonsoy, Isfayramsoy, Podshoota,
Kosonsoy, Oqbo‘yralarning yuqori
terrasalari tipik bo‘z tuproqlar bilan qoplangan. Hozirgi kunda tipik bo‘z tuproqlarning
deyarli hammasidan sug'orma dehqonchilikda foydalaniladi. Bu tuproqlar nisbatan
yaxshi
fizik-kimyoviy xossalarga ega.
Bo‘z tuproqlar tarqalgan maydonlardan «Savay» shirkat xo'jaligi yerlarida L.P.Rozov
tomonidan sho‘rtob tuproqlar borligi aniqlangan.
Hozirgi kunda tipik bo‘z tuproqlar tarqalgan maydonlarda sho‘rtob tuproqlarni
topish qiyin, chunki sug‘orish natijasida hosil bo‘lgan C a(H C 03) , va C aS04 lar
tuproqlarni o ‘zini o ‘zi melioratsiyalashga
5
majbur qilgan, ya’ni singdirilgan Na esa Ca ga
almashingan.
3
Shoʻrxoklar - yuqori qatlamida 1% dan koʻproq suvda oson eriydigan tuzlar (xlorid, sulfat, karbonat va boshqalar) koʻp boʻlgan
tuproq tiplari guruhi. «Meliorativ tuproqshunoslik: Agrokimyo va agrotuproqshunoslik. Yo'nalish talabalari uchun darslik» G'.
Yo'ldoshev; Bosh muharrir Sh.Nurmatov; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. - T .: Oʻzbekiston
faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008
4
Sur tuproqlar (boʻz tuproqlar) — choʻldasht mintaqasidagi oʻt oʻsimliklar bilan qoplangan, togʻ etaklari qiya tekisliklarida
tarqalgan tuproq tipi. Oʻrta Osiyodagi choʻldashtlarda keng tarqalgan boʻlib, shagʻalli yotqiziqlar ustidagi lyoss va lyossimon
qumoklarda hosil boʻladi. «Meliorativ tuproqshunoslik: Agrokimyo va agrotuproqshunoslik. Yo'nalish talabalari uchun darslik» G'.
Yo'ldoshev; Bosh muharrir Sh.Nurmatov; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. - T .: Oʻzbekiston
faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008
5
Melioratsiya (
lotincha
: melioraio — yaxshilash), qishloq xoʻjaligi melioratsiyasi — yerlarning unumdorligini tubdan yaxshilashga
qaratilgan tashkiliyxoʻjalik, muhandislik va agrotexnik tadbirlar turkumi. «Meliorativ tuproqshunoslik: Agrokimyo va
agrotuproqshunoslik. Yo'nalish talabalari uchun darslik» G'. Yo'ldoshev; Bosh muharrir Sh.Nurmatov; O‘zbekiston Respublikasi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. - T .: Oʻzbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008