Namangan davlat universiteti tabiiy fanlar va ekologiyaga oid ayrim muammolar


Tabiiy fanlar va ekologiyaga oid ayrim muammolar (Ilmiy maqolalar to’plami) XVII



Download 5,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet252/268
Sana23.06.2022
Hajmi5,91 Mb.
#697279
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   268
Bog'liq
TABIIY FANLAR VA EKOLOGIYAGA OID AYRIM MUAMMOLAR XVII

Tabiiy fanlar va ekologiyaga oid ayrim muammolar (Ilmiy maqolalar to’plami) XVII
245 
Tuproqlarning o ‘z-o‘zini melioratsiyalash jarayoni bo‘z tuproqlar mintaqasida beda, 
g‘o‘za, makkajo‘xori almashlab ekish tizimida, yuvuvchi suv tartibotida kuchayadi, ya’ni 
tezlashadi. 
Sizot suvlari
6
tarkibida magniy va kalsiy ionlarining miqdorlari ko‘p bo‘lsa, u holda 
tuproqning ma’lum chuqurliklarida zichlashgan arzik va sho‘rxokli qatlamlar hosil 
bo‘ladi. Buning sababini nisbatan sovuq minerallashgan sizot suvlarining kapillarlar 
bo‘ylab ko‘tarilishi va bu jarayonning isishi hisoblanadi. Ayrim hollarda sho‘rxokli 
qatlamlar ustida magniy karbonat miqdori ko‘payadi va o‘sayotgan o‘simlikning hayot 
faoliyatiga, o‘sishi va rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘simliklarning nobud 
boiishiga ham olib kelishi mumkin. 
Tuproqning sho‘rlanishi sizot suvlarining ko‘tarilishi va bu ko‘tarilish ma’lum 
bosimli bo‘lganda sodir bo‘lishi ma’lum.
Ko‘pchilik konus yoyilmalarida ularning chekka qismlari, tuproq sho‘rlanadi. 
Aravonsoy yoyilmasida ham shu hodisa o‘z o‘rnini topgan, lekin sizot suvlari endi adirlar 
o ‘rtasida tirkalma bosimli bo‘lib qolgan. 
Vodiyda, bo‘z tuproqlar mintaqasida tarqalgan tuproqlarning hamma tip va 
tipchalarni uchratish mumkin. 
Bu tuproqlar konus yoyilmalarida shakllangan bo‘lib, katta qismi o‘zlashtirilgan. 
Vodiyning markaziy qismida sho‘rxoklar, turli darajada sho‘rlangan o ‘tloqi, soz 
tuproqlar, qumlar, sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlar va boshqalar joylashgan. 
Sho‘rxoklarning kattagina qismi sholi ekish va boshqa meliorativ yo‘llar bilan 
o‘zlashtirilgan. Sholi o‘simligi ekish yoii bilan o‘zlashtirish yaxshi natijalarga olib kelgan. 
Bunda sholidan yaxshi hosil olinadi. Yerlarning sho‘rlik darajasi keskin pasayadi.
Masalan: A.M.Rasulov ma’lumotlariga ko‘ra, 1 metrli tuproq qatlamida sholi 
ekishdan oldin tuzlarning umumiy miqdori 6,6%, 2 m li qatlamda 3,3% bo‘lgan. 
Sholi ekishdan oldingi sho‘r yuvish ishlaridan keyin lm li 94 qatlamida 1,68%, 2 m li 
qatlamida 3,9% bo‘lgan. Kuzgi kuzatish ishlari sholini yig‘ib olgandan keyin olib borilgan. 
Uning natijasiga ko‘ra 2 m li qatlamda tuzlarning umumiy miqdori 1% ni tashkil qilgan. 
Keyingi yilning erta bahorida bu qatlamdagi tuzlarning miqdori 0,89% bo‘lgan, ya’ni 
qishki, kuzgi yog‘inlar ta’sirida yuvilish kuzatilgan. Ikkinchi yili sholi hosili yig‘ib 
olingandan keyingi ma’lumotlar yanada kichik raqamlarni tashkil qiladi. Birinchi yili 8,5 
sr/ga hosil olingan bo‘lsa, ikkinchi yili 15,2 sr/ga sholi olingan. 
Demak, har xil sho'rxoklarni davolovchi gidromeliorativ chora- tadbirlarga qo‘shib 
agromeliorativ usullardan foydalanish yaxshi natija beradi, ya’ni yerlarning sho‘ri 
yuviladi. 
Tuproq-meliorativ rayonlashtirish vodiy hududida litologik
7
, geomorfologik tuproq 
sharoitlari hisobga olingan holda bir necha tuproq-meliorativ rayonlar (tumanlar) 
ajratiladi.
6
 Sizot suvlar — yer ostidan sizib chiqadigan suv, zax suvi. «Meliorativ tuproqshunoslik: Agrokimyo va agrotuproqshunoslik. 
Yo'nalish talabalari uchun darslik» G'. Yo'ldoshev; Bosh muharrir Sh.Nurmatov; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus 
ta’lim vazirligi. - T .: Oʻzbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008
 
7
 Litologika - choʻkindi togʻ jinslari haqidagi fan. Choʻkindi togʻ jinslarining tarkibiy qismi, struktura va teksturasi, fizikkimyoviy 
xususiyatlari, hosil boʻlish sharoitlari va oʻzgarishi jarayonlarini oʻrganadi. «Meliorativ tuproqshunoslik: Agrokimyo va 
agrotuproqshunoslik. Yo'nalish talabalari uchun darslik» G'. Yo'ldoshev; Bosh muharrir Sh.Nurmatov; O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. - T .: Oʻzbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008
 



Download 5,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish